88
Maley, W. The Afghanistan Wars. - N ew York: PALGRAVE
MACMILLAN. 2002. - P. 43-44.
1986-yilning yozida yuqoridagi vazifa bajarildi va AXDPning
ikki oqimi ilk bora siyosiy jihatdan birlashdilar. Ammo, ular
o‘ rtasidagi ichki kurashlar baribir to‘xtamadi. Najibullo boshqaruvni
o'zgartirishga harakat qildi va eski tartiblardan voz kechish yo‘lidan
bordi. Dastlab hukumatga partiya a’zolari kiritildi va partiyadan
tashqarilar boshqaruvda ishtirok eta olmasligi belgilandi.
Muhammad Najibullo yangi hukumatni shakllantirish chog‘ida
yangi kadrlar bilan bir qatorda Savr inqilobidan buyon davlat
ishlarida yetakchi vazifalami bajarib kelayotgan bir qator shaxslarga
ham yana ishonch bildirdi va ularga muhim davlat lavozimlarini
topshirdi. Jumladan, dastlabki vaqtda Muhammad Rafiy mudofaa
vaziri, Aslam Vatanjar esa ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat
yuritishdi.
Najibullo yuqori lavozimli shaxslami vazifalarga tayinlashda
ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. Masalan, Najibullo hukumati davrida
Hoji Muhammad Chamkaniy Inqilobiy kengash bosh maslahatchisi
lavozimiga tayinlangan edi. Vaholanki, ushbu shaxs siyosatni
umuman tushunmaydigan, umri davomida dehqonchilik bilan
shug‘ullangan qabila oqsoqollaridan biri edi, xolos.
Najibullo markaziy hokimiyatdan norozi bo‘lib kelayotgan
Paktiyo viloyati aholisiga va xonlariga ko ‘pgina masalalarda
imtiyozlar berib yubordi. Bu esa mazkur hududda tinchlik va
barqarorlikning o‘matilishiga emas, balki imtiyozlami bo‘lishish
masalasida yana bir necha inqirozli holatlar kelib chiqishiga sabab
bo‘ldi.
1987-yilning yanvar oyida Najibullo o ‘zining “Milliy yarashuv”
siyosatini e ’lon qildi. Uning mazkur dasturi mazmun-mohiyatiga
ko‘ra, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan voqea edi. Chunon-
chi, dasturda mamlakatdagi fuqarolar urushini to ‘xtatish, ijtimoiy-
siyosiy holatni yaxshilash va mujohidlar bilan koalitsion hukumat
tuzish kabi bir qator islohotchilik xarakteriga ega jihatlar qamrab
olingan edi. “Milliy yarashuv” siyosati negizida mamlakat ijtimoiy-
siyosiy hayotini liberallashtirish yotar edi.
“Milliy yarashuv” siyosatidan kelib chiqib rasmiy Kobul
mamlakatdagi siyosiy holatni yaxshilash hamda urushni to‘xtatish
bo‘yicha mujohidlar bilan muzokaralar olib borish uchun olti oy
davomida harbiy harakatlami to ‘xtatib turish haqida e ’lon qildi.
Ammo, bu hech qanday natija berm adi va m uxolifat kuchlari
o ‘z harbiy harakatlarini to ‘xtatmadilar hamda mamlakatda si
yosiy inqiroz davom etdi. Kobul hukumati “M illiy yarashuv”ni
amalga oshirish uchun chora-tadbirlar izlay boshladi. Bu borada
AXDP siyosiy monopoliyasining bekor qilinganligi e ’lon qilindi
va muxolifatni koalitsion hukumat tuzishga chaqirdi. Ammo,
Najibullo hukumati m uxolif partiyalaming mamlakat siyo
siy hayotidagi rolini e’tiborga olmadi. M uxolif partiyalar sovet
qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishi bilan birga Najibullo
hukumatining iste’fo berishini ham talab qila boshladilar. Shu
sababli Kobul hukumati muxolifat bilan kelisha olmadi.
Shunday bo ‘lsa-da, Najibullo hukumati “Milliy yarashuv”
siyosatida barcha afg‘on fuqarolari siyosiy partiyalarga birlashishi
hamda siyosiy hayotda ishtirok etishlari mumkin ekanligini e’lon qil
di va bu bilan muxolifatga nisbatan bir qancha jiddiy yon berishlarga
borishni m a’qul ko‘rdi. 1987-yilning iyunida “Milliy yarashuv”
siyosatidan kelib chiqib, A fg‘onistonda ko‘ppartiyaviylik tizimi
e ’lon qilindi va mamlakat siyosiy hayotini liberallashtirish
boshlandi. 1987-yil iyulda “Siyosiy partiyalar to ‘g‘risida”gi Kon-
stitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonun qabul qilinishi
bilan ko‘pgina partiyalar faol siyosiy holatga o‘tdi. Har bir siyo
siy partiyaning rahbari A fg‘onistonni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturini alohida-alohida e ’lon qila boshlaydi.
1987-yilning noyabr oyida Najibullo butunafg‘on oqsoqollari
kengashi - Luye Jirgeni chaqirishga qaror qildi va ushbu yig‘ilishda
mamlakat boshqaruviga oid masalalar muhokama etildi. Shu
ningdek, mazkur yig‘ilish doirasida Najibullo o‘z hokimiyatini
legitimlashtirishni ham maqsad qilgan edi. Natijada Afg‘ onistonning
yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakatning mazkur Asosiy
Qonuniga ko‘ra islom dini A fg‘onistonning asosiy dini ekanligi va
shariat ahkomlari muqaddas ekanligi belgilab qo‘yildi. Asosiy Qo-
nun ham, undan kelib chiqib qabul qilinuvchi barcha qonun-qoida-
lar ham shariat qonunlariga mos kelishi belgilab qo‘yildi. Mamla-
katning rasmiy nomi Afg‘oniston Demokratik Respublikasidan
Afg‘oniston Respublikasiga o‘zgartirildi. Davlatning siyosiy tuzumi
demokratik tuzumdan parlamentar demokratiya shakliga o‘zgartirildi.
Mamlakatning Asosiy Qonuniga binoan, barcha partiyalarga siyosiy
erkinlik berildi. Endilikda ular parlamentga bo‘ladigan saylovlarda,
hukumatni shakllantirish va boshqarishda ishtirok etish huquqiga
ega bo‘ldilar.
1988-yilning aprelida parlamentga saylovlar b o ‘lib o ‘tdi. Qo-
nun chiqaruvchi organ hisoblanmish parlamentda to ‘rtdan bir qism
o‘rin mujohidlarga ajratildi, 22,6% o ‘rinni esa AXDP egalladi89.
Mujohidlar parlamentdagi o‘rinlami rad etdilar.
1988-yil mayida Najibullo hech bir siyosiy partiyaga a ’zo
bo‘lmagan Muhammad Hasan Sharqni bosh vazir etib tayinlaydi va
unga yangi “koalitsion” hukumat tuzishni topshiradi. Najibulloning
bu ishi uning yaqin safdoshlari tomonidan m a’qullanmadi. Chunki,
Muhammad Hasan Sharq o ‘z faoliyatida butkul neytral bo‘lishga
intildi va uning hali ham davlat tizimlarida nisbatan kuchli mavqega
ega bo‘lib qolayotgan AXDP bilan munosabatlari ijobiy tus olmadi.
1988-yilning may oyida Muhammad Hasan Sharq rasman
Afg‘oniston bosh vaziri etib tayinlanib ish boshlagach, hukumat
a ’zolarining yarmi unga nisbatan norozilik bildirdilar. Ammo
Najibullo o‘z siyosatini o‘zgartirmadi va bosh vazirga ishonch
bildirdi.
Muhammad Hasan Sharq “Milliy yarashuv” siyosatini o‘zgacha
yuritdi. 1988-yilning o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida u
mamlakatdagi mavjud ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, “afg‘on
xalqi muxolifatga qaraganda AXDPga ko‘proq ishonadi”, - degan
fikrni ishonch bilan ta’kidladi90. Muhammad Hasan Sharqning
Do'stlaringiz bilan baham: |