Bastakorlik ijodiyoti
Asosan mumtoz, qisman xalq ijodiyoti bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan bastakorlik sohasi qariyb bir yarim, ya’ni ming yillik tarixiy
davr mobaynida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Uning qator
sifatlarini anglash borasida “bastakor” so‘zining lug‘aviy ma’nosi
ham e’tiborlidir. Atoqli maqomshunos olim I.R.Rajabovning bergan
ta’rifiga ko‘ra, “bastakor” forscha so‘z bo‘lib, uning zamirida “kuy-
ni tashkil etuvchi unsurlami bir-biriga bog‘lovchi” degan ma’no
yotadi (“basta” - bogiangan, “kor” - ish, ishlovchi ma’nolarida).
Bastakorlikning musiqa ijodiyotidagi mohiyati ma’lum qonun-
qoidalar bilan bevosita bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Bunda,
bastakor ko‘p asrlik an’anaviy kuylaming ritmik va ohang
variantlarini yaratishi, shuningdek kuy yo‘llariga yangi lavhalar,
tayyor holdagi avjlar kiritishi nazarda tutiladi. Ashula yo‘llariga
yangi she’rlami moslab tushira bilgan san’atkorlar ham bastakor
nomiga sazovor bo‘ lganlar.
Ma’lum bo‘Iadiki, bastakorlar musiqa amaliyotida keng
qo'llanib kelingan kuy andozalari asosida ham musanniflik
qilganlar, ularni (kuylami) she’riyat namunalari bilan bogiab,
ashula yo‘llarini ham yaratganlar. Bunda badiiy an’ana - eski va
yangi ijodiy hodisa o‘rtasidagi biridan-biriga o‘tib boruvchi uzviy
aloqa - keyingi davr ijodkorlari tomonidan qabul qilingan va
rivojantirilgan g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar tarzida namoyon
boiadi. Bu jarayonda bastakorlar iste’dodi ana shu an’analar
doirasida badiiy mahorat ko‘rsata bilishga, tabiiy holda yangi
imkoniyatlami yuzaga keltirishga, “tanish” shaklu-shamoyilning
yangi qirralarini ochib berishga xizmat qiiadi, Zotan, tarixiy
rivojlanish jarayonida badiiy merosxo‘rlik yo‘li bilan asrlar
davomida ustozdan-shogirdga meros o‘tib kelayotgan musiqiy
qadriyatlar muayyan tarixiy shart-sharoitlarda turlicha ko'rmish
kasb etib kelgan. Binobarin, badiiy an’ana yangilikni mustasno
34
etmaydi, balki yangilik uchun muhim zamin, poydevor asos bo‘lib
xizmat qiladi. Muqim an’anani yangilik bilan boyitish uchun esa,
tabiiyki, har bir ijodkordan badiiy an’anani teran anglash hamda
yuqori mahorat talab qilinadi8.
0 ‘tmishdagi bastakorlik ijodiyoti bilan hozirgi davr bastakorlik
ijodiyoti orasida albatta tafovutlar bor. Bastakorlar mumtoz musiqa
hamda xalq musiqa ijodiyotining chuqur bilimdonlari, ustoz sozanda
va xonandalardir.
Respublikamizda XX asr mobaynida maxsus musiqa o‘quv
yurtlari tashkil etilishi munosabati bilan ta’lim tizimida an’anaviy
bastakorlik emas, balki Yevropacha kompozitorlik mutaxassisligiga
ustuvor ahamiyat berildi. G‘arbda shakllangan musiqiy yaratuv-
chilik yo‘nalishida esa aksincha, kompozitorlik ma’lum bir “Musiqa
yozuvchisi” mutaxassisligini anglatgan.
Musiqa merosimizning yangilanishidagi tashabbuskor
targ‘ibotchilari bastakorlardir. Bastakorlarimiz hozirda mavjud
maqom turkumlari zaminida noyob asarlar yaratmoqdalar. Shu bilan
bir qatorda, ulaming ijodida yangi uslubiy yo‘nalish va ijodiy
maktablar shakllandi. Shu asnoda bastakorlaming ijodiy mahsuli
bo‘lmish turli kuy, qo‘shiq va ashulalar musiqiy xazinamizni yanada
boyitib bormoqda. Bastakorlik ijodiyotida sozandalik va xonandalik
faoliyati qadimdan alohida ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirgi
kunda ham bastakorlarimiz ijrochilik hamda ijodkorlikning o‘zaro
uzviy bog‘liqligini o‘z faoliyatida ko‘rsatib kelmoqdalar.
XX
asming 20 - 40-yillarida zamonaviy musiqiy san’atning
rivojlanish jarayonida bastakorlik ijodiyoti muhim o‘rin egalladi.
Ya’ni ana shu davr dan boshlab poytaxt va viloyatlarda istiqomat
qilgan har xil yoshdagi xalq bilan hamnafas boigan bastakorlar
mehnatkash ommaning fikr o‘ylarini, orzu-umidlarini va respublika
hayotida ro‘y berayotgan muhim voqealami, madaniy - ma’naviy
o‘zgarishlami o‘z ijodlarida aks ettirdilar. Ular an’anaviy bir ovozli
musiqiy uslubida zamon talabi va xalq ruhiga moslab turli
mavzularda klassik va zamondosh shoirlaming she’rlariga ommaviy
va lirik qo‘shiqlar, sahna asarlariga esa xalq musiqa merosidan
* «Bastakorlik ijodiyoti'’ mavzusi yoritilishida tadqiqodchi Ch.Ergashevaning “0 ‘zbek kasbiy musiqasida nazira
an’analari” mavzusidagi dissertatsiyasi materialiaridan foydalanildi.
35
ijobiy foydalangan holda noyob hamda betakror musiqiy asarlar
yaratdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |