XX ASRNING 20-40-YILLARTOA
MAD AN IY-M USIQIY HAYOT
Mavzu rejasi:
1. Ijtimoiy va musiqiy-madaniy muhit. Badiiy havaskorlik
jamoalaming tashkil topishi va professional san’atning rivojlanish
jarayoni.
2. Respublikada maxsus musiqa
o‘quv
maskanlarning
ochilishi, faoliyati.
3. Professional teatrlaming bunyodga kelishi. Ilk o‘zbek
drama, opera va baletlari.
4. O'zbekiston radio eshittirish komiteti tashkil topishi va
musiqiy targ‘iboti.
5. Radio va 0 ‘zbek davlat filarmoniyasi qoshidagi ijrochi
jamoalar faoliyati.
6. Bastakorlik san’ati namoyandalari. O'zbekiston kompozi-
torlar uyushmasining tashkil topishi va faoliyati,
1918-yildan boshlab madaniyat va san’at ishlarini davlat o‘z
ixtiyoriga oldi. Milliy madaniyat va san’atni yuksaltirish sohasida
hokimiyat turli qarorlar qabul qildi va ulami amalda joriy etishga
astoydil kirishdi.
1919-yilda Turkiston respublikasi Xalq maorif tashkiloti
qaramog‘ida teatr boiim i ochildi va uning zammasiga quyidagi
vazifalar yuklandi:
1. Respublikadagi jamiki teatr ishlariga umumiy rahbarlik
qilish.
2. Havaskor va professional ijodiy jamoalaming ish faoliyatini
yuksaltirish va repertuarlarini boyitish.
4.
Respublika bo‘ylab muntazam ravishda markaz va vilo-
yatdagi tomoshabinlarga doimiy ravishda gastrollar uyushtirish.
Mazkur bo‘limning boshlig‘i lavozimiga Iskandar Valijonov
tayinlandi. 1920-yil 28-aprelda “Musiqa - etnografiya” bo‘limi ham
23
ochildi. Bu bo‘limga atoqli kompozitor va etnograf (kelgusida
0 ‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti) V.A.Uspenskiy, uning
o‘rinbosari qilib atoqli kompozitor - etnograf N.N.Mironov va
bo‘lim xodimi etib, atoqli shoir - dramaturg G‘ulom Zafariylar
tayinlandi. Zikr qilingan ikki bo‘lim birgalikda reja asosida ish olib
borib, o‘zbek xalqini musiqiy va teatr merosini ilmiy o‘rganish,
to‘plash va targ'ibot ishlari bilan band bo‘ldilar. Yillar davomida bu
bo‘limlar turli tadbirlar o‘tkazdi va o‘zbek xalq san’atini targ‘ibot
qilib keldi.
20 - 30-yillarda musiqa va teatr san’atlarining zamonaviy
ruhda rivojlanishiga ma’lum imkoniyatlar yaratib berishga turli
moliyaviy va ma’naviy choralar, yordamlar hokimiyat tomonidan
berib turildi. 0 ‘zbekistonning poytaxti va barcha viloyatlardagi
zavod - fabrika, yirik korxonalar, o‘rta ta’lim maktablarida, o‘rta va
oliy hunar dargohlarida ashula va raqs ansambllar hamda teatr
to‘garaklari birin-ketin paydo bo‘la boshladi. Ulaming soni juda
ham ko‘p edi. Bu havaskorlik to‘garaklaming ayrimlari kelgusida
professional teatr, konsert tashkilotlarini bunyodga kelishida tamal
toshini qo'ydilar va iste’dodli san’at arboblari yetishib chiqishga
ham
zamin
yaratdilar.
Respublikada
badiiy
havaskorlar
jamoalarining bunyodga kelishlarida va rivojlanish jarayonida
kasaba uyushmalar tashkilotlami roli ham samarali bo‘ldi. Ulaming
zimmasiga maorif xodimlari bilan birgalikda, klub, madaniyat va
istirohat bog‘larida, qizil choyxonalarda, maktab, hunar texnikum va
institutlarda, qishloq joylarda havaskor xalq ashula va raqs
ansambllar teatr jamoalarini tashkil qilish, ulaming san’atlarini
namoyish etish, ommaviy kechalar, ko‘rik-tanlovlar, kamaval-
tomoshalar, maxsus tadbir kechalar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Shuningdek mazkur davrda o‘zbek ashula va raqs ansambl-
laridan tashqari respublikaning katta korxonalarida baynalmilal xor
va damli cholg‘ular orkestrlari, harbiy orkestrlardan tashqari, rus
xalq cholg‘ulari orkestri va ansambllari, simfonik orkestr, maxsus
raqs ansambl jamoalari bunyodga keldi. Ular orasida Toshkent temir
yo‘l korxonasi qaramog‘ida 1923-yilda tashkil topgan o‘zbek va rus
havaskorlar to‘garaklari, Toshkent tramvay tresti qaramog‘idagi,
o‘zbek ashula va raqs ansambli, rus ashula raqs ansambli hamda
katta damli cholg‘u orkestr, xor jamoasi, 1927-yili havaskorlar
24
simfonik orkestri, damli orkestr, bayanchilar ansambli, 1918-yilda
respublika matbuot birlashmasi qoshidagi “Lira” nomli madaniyat
uyida mashhur dirijyor V.V.Leysek o‘zbek dramto‘da, o‘zbek xalq
ashula va raqs ansambli, rus xalq dramto‘da, rus xalq cholg‘ular
orkestri, bolalar va kattalar ishtirokida ikkita damli orkestrlar tashkil
etib, ularga rahbarlik qildi. Nomlari tilga olingan havaskorlar
jamoalari musiqiy va teatr san’atlarini rivoj topishlariga tamal
toshini qo'ydilar. Ular turli ко‘rik-tanlovlarda faol qatnashib,
kundalik hayotda xalqqa xizmat qildilar. Dirijyor V.V.Leysek
0 ‘zbekistonda badiiy havaskorlik san’atining rivojlantirishida olib
borgan ulkan xizmatlari uchun 1928-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi
mehnat qahramoni va 1935-yili 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
san’at arbobi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
1918-yili “Turkiston Xalq konservatoriyasi” nomli musiqiy
o‘quv dargohi tashkil topdi. Uning tashkilotchilari fizika,
matematika o‘qituvchilari, havaskor violonchelchi A.M.Popov va
skripkachi E.A.Chernyavskiylar mazkur o‘quv dargohini ochish
niyatlarini matbuotda e’lon qildilar. E’londa ko‘rsatilgan muddatda
Toshkentda
istiqomat qilayotgan san’atkorlardan
32 kishi
musiqadan yoshlarga dars berishga o‘z xohishlarini bildirdilar. Xalq
konservatoriyasi ish faoliyatini reja asosida boshqarish maqsadida 9
kishidan iborat Kengash tuzildi. Kengash raisi lavozimiga shifokor,
kompozitor, dirijyor I.Gizler-Arskiy, bir yildan so‘ng xonanda
V.A.Karelin, kengash kotibi lavozimiga E.A.Chemyavskiy va
a’zolariga
kompozitor,
dirijyor
N.N.Mironov,
kompozitor
V.A.Uspenskiy, xormeyster V.F.Sakovich, violonchel cholg‘usi
ijrochisi general V.M.Kox, A.M.Popov va konservatoriyaning
xo'jalik ishlarini olib borishga D.AXukonin saylandilar. Mazkur
Xalq konservatoriyasining asosiy vazifasi xalqqa musiqadan
boshlang‘ich ma’lumot berish, birorta cholg‘u-sozda ijro etishni
o'rgatish va xonandalik mutaxassisligidan saboq berishdan iborat
edi. 0 ‘qish muddati va dasturi aniq belgilanmaganligi sababli har
bir o‘qituvchi tashrif buyurgan o‘quvchi-talabaning qobiliyati va
imkoniyatini nazarga olgan holda dars bergan. Birinchi o‘quv yili
musiqada o‘qishni xohlaganlaming soni 500tadan oshib ketdi.
Ikkinchi o‘quv yilida esa lOOOga yaqinlashdi. 0 ‘quv xonalari
yetishmasligi sababli konservatoriyaning bir nechta filiallari tashkil
25
etila boshlandi. Xususan: Toshkent temiryo‘ lining ishchi va
xizmatchi xodimlari uchun 1919-yili “Privokzalnaya” nortili boiim
(filial) ochilib, bu bo‘limni xormeyster V.F.Sakovich boshqardi.
O'sha yili Toshkentning baland masjid rohat bog‘ida “Eski shahar”
bo‘limini kompozitor VA.Uspenskiy boshqardi. U eng avval
mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bilan tanishdi. Ta’lim jarayoni
ikki yo‘nalishda joriy etildi, ya’ni o'zbek xalq musiqasini og‘zaki
o‘zlashtirish hamda nota uslubi va ko‘p ovozli musiqa nazariyasini
o'rganishdan iborat edi.
Mazkur jarayonni amalda joriy etish uchun maxsus dastur
tuzilib, shaharda istiqomat qiluvchi mashhur o‘zbek san’atkor-
laridan: Hofiz Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, tanburchi Shoba-
rot aka, doirachi Shojalil, dutorchi-doirachi Abdusoat Vahobov,
changchi Ismat, g'ijjakchi Qurbonxon Hakimov, naychi Imomjon
Hakimov, g‘ijjakchi Solixon Xoji kabi ustalami yoshlarga dars,
saboq berishga taklif qildilar. V.A.Uspenskiy talabalarga nota
yozuvi va musiqa nazariyasidan dars berdi.
Pianinochi Saodatxonim Yenikeyeva mazkur cholg'uda dars
berish bilan bir qatorda tarjimonlik vazifasini ado etardi.
E.A.Dyakova bilan fortepianoda chalishni talabalarga o'rgatishdi.
1919-1920-yillarda “Turkiston Xalq konservatoriyasi” kabi
musiqiy muassasalar Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon,
Andijon shaharlarida ham tashkil topdi.
1921-yilda Buxoroda A bdurauf F itrat tashabbusi bilan
birinchi “Sharq musiqa m aktabi” ochildi. Ma’lum vaqtgacha
Fitrat o‘zi rahbarlik lavozimida faoliyat olib bordi. Ko‘p asrlik
milliy musiqa merosimizni saqlab qolish, iste’dodli yoshlardan
yetuk mutaxassislami tayyorlashdek oliy maqsad ila maktabga
“Shashmaqom”dan saboq berish uchun Ota Jalol Nosirov, Domla
Halim Ibodov, Ota G‘iyos Abdug‘ani, Abdurahmon Umarov kabi
ustozlarni ishga taklif qildi. 1925-yili yangi o‘quv yilidan boshlab
“Buxoro davlat Sharq musiqa maktabi”ning o‘quv dasturiga
yevropa nota yozuvi, solfedjio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi
kabi yangi fanlar hamda yevropa cholg‘ularida ijro etishni o'rgatish
kabi o‘zgartirishlar kiritildi.
1924-yili Toshkent davlat birinchi musiqa - internat tex-
nikum tashkil topdi. Toshkent xalq konservatoriyasida ishlagan
26
ko‘p pedagoglar ushbu texnikumga ishga o‘tdilar. Mazkur o‘quv
dargohi respublikamizning musiqiy hayotida va o‘rta ma’lumotli
san’atkorlami tarbiyalashda samarali xizmat qilganligini ta’kidlash
lozim. 1930-yili ushbu musiqa texnikumida o‘zbek xalq musiqa
merosini o‘rganish, notaga yozish bo‘limlari ham ochiladi.
Mualliflik ishlariga Shorahim Shoumarov, notaga yozish ishlariga
esa Viktor Uspenskiy rahbarlik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |