A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet16/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Nazorat savollari

  1. Sizningcha, har doim ham xalqaro huquq normalari ichki huquq normalaridan ustun bo‘la oladimi?

  2. Davlat konstitutsiyasidagi normalar hamda xalqaro huquq normalari o‘zaro zid kelib qolishi mumkinmi va bunday vaziyatlarda qay biri ustunlikka ega bo‘ladi?

  3. O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat oldida qanday majburiyatlarga ega?

  4. O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasi va betaraflik tushunchasini o‘zaro solishtiring.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. The Alabama Arbitration Arbitral Award, in J.B. Moore, History and Digest of the International Arbitrations to Which the United States Has Been a Party, Vol. 1 (1898). – P. 495.

  2. Vani Kentaro. Odatga aylangan betaraflik tizimining huquqiy tabiati. 2010 – Yaponiya,

  3. Riccardo Pisillo-Mazzeschi. The Due Diligence Rule and the Nature of the International Responsibility of States. GYIL, Vol. 35. 1992.

  4. Gerald Fitzmaurice. The General Principles of International Law. Recuiel des cours. Vol. 92. 1957.



III. Xalqaro huquq subyektlari. Davlatlarning tashkil topishi va tugatilishi. Yevropa Ittifoqining Yugoslaviya ishlari bo‘yicha konferensiyasi, 1992-yil 4-iyuldagi arbitraj komissiyasining 8-xulosasi. (Arbitration Comission, EC Conference on Yugoslavia, Opinion No 8, ILR, Vol.92, p. 199.)


(A.Xakimov)

Nizoning vujudga kelishi: sobiq Yugoslaviyaning parchalanishi va arbitraj komissiyasining tuzilishi. Mazkur ish sobiq Yugoslaviya Sotsialistik Respublikasining parchalanib ketishi jarayonida yuzaga kelgan, xalqaro huquq bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, ya’ni davlat, davlat sifatida tan olinishi va davlat vorisligi kabi holatlarni hal qilish masalalari bilan bog‘liq. Ushbu nizoni hal qilish maqsadida Yevropa Ittifoqining sobiq Yugoslaviya bo‘yicha arbitraj komissiyasini tashkil etishi va mazkur masala yuzasidan ittifoqchilarning takliflarini talab qilib chiqdi. Arbitraj komissiyasi 1991-yil 29-noyabrdan 1992-yil 4-iyulga qadar o‘nta xulosa bilan murojaat qilgan bo‘lib, ushbu kitobda asosiy e’tibor sakkizinchi xulosaga qaratiladi.
1991-yil may oyida sobiq Yugoslaviyada konstitutsiyaviy tuzumning halokatga yuz tutishi, keyinchalik – 25-iyun kuni Sloveniya va Xorvatiyaning o‘z mustaqilliklarini e’lon qilishi bilan ichki urushlar avj olib ketdi. Bu esa Yugoslaviyaning parchalanish jarayoni boshlanganini anglatar edi. 27-avgustda Yevropa Ittifoqi hamda Yevropaning siyosiy masalalarda hamkorlik qiluvchi boshqa a’zo mamlakatlari tashabbus bilan chiqib, Yugoslaviya prezidenti hamda hukumati, shuningdek oltita respublikalarning prezidentlari, Yevropa Ittifoqi va uning a’zo mamlakatlari bir stol doirasida uchrasha oladigan tinchlik konferensiyasini tashkil etdilar.
Bu chaqiriqda arbitraj komissiyasi konferensiyaning bir qismi sifatida tashkil etilishi, tegishli qo‘mita Yevropa Ittifoqi mamlakatlari sudlarining raislaridan besh nafarini tanlab olish yo‘li bilan arbitraj komissiyasi a’zolarini shakllantirishi va ular ikki oy ichida yakuniy qarorga kelishlari lozimligi aytilgan edi (p. 162-163).
1991-yil 20-noyabr kuni tinchlik konferensiyasi raisi arbitraj komissiyasiga xat yo‘llab, quyidagi savollar bilan murojaat qildi.

    1. o‘z mustaqilligini e’lon qilgan respublikalar sobiq Yugoslaviyadan ajralib chiqqanmi yoki yo‘qmi?

    2. sobiq Yugoslaviyani parchalanib ketgan deb hisoblash mumkinmi yoki yo‘qmi?

    3. agar parchalanib ketgan deb topish mumkin bo‘lsa, oltita respublikaning barchasi uning teng huquqli vorislari hisoblanadimi yoki yo‘qmi?

Bu savollarga javob birinchi xulosada keltirilgan bo‘lib, unda Yugoslaviya parchalanish jarayonida deyilgan edi (p. 166).

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish