Morfologik tahlil
personalni boshqarish ayrim funktsiyalarini amalga
oshirish uchun hamma takliflardan eng maqbulini tanlab olishga qaratilgan.
Personal bilan suhbatlashish (interv’yu olish)
ish jarayonini tahlil etish uchun
zarur axborot olishga qaratilgan.
So’roqnoma
— eng kam xaraj-at talab etadigan usul bo’lib, personalning fikr-
mulohozalarini so’roqnomalar orqali o’rganishni ko’zda tutadi.
Faol kuzatuv
— ish vaqtini xronometraj qilish maqsadiga qaratilgan.
Personal to’g’risida keng ko’lamli axborot to’plashga qaratilgan yuqoridagi barcha
uslublardan turli shakllarda foydalanish mumkin. Ammo, bu uslublardan foydalanishda albatta,
quyidagi tamoyillarga rioya qilish kerak:
1.
Muvofiqlashtirish, me’yorlash, ma’muriy choralar (rahbarlik vakolatlaridan
foydalanish), yo’riqnoma, ruxsat berish.
2.
Iqtisodiy rag’batlantirish, mukofotlash, foyda taqsimotida ishtirok, ijtimoiy to’lovlar,
moliyalash, personal uchun xarajat-larni tahlil etish, iqtisodiy mezonlarga qarab baholash,
kreditlash.
3. Personal marketingi, mehnat faoliyatini tashkil etish,rejalashtirish, prognozlash,
mavjud, tarixan tarkib topgan kadrlar boshqarmasi tizimini tahlil etish.
4.
Ijtimoiy-psixologik qiziqtirish, ishontirish, tarbiyalash, amaliy va shaxsiy xislatlarini
baholash, attestatsiyadan o’tkazish, ijtimoiy masalalar, mojarolar va tanglik holatlarni hal
etish, moslashtirish, kasbga yo’naltirish, shaxsiylashtirish.
5.
Huquqiy-professional himoya, shartnomalar tuzish va ularga amal qilinishini
tekshirish, huquqiy ruxsat berish va muvofiqlashtirish.
Umuman olganda personalni o’rganishning zamonaviy uslublari, birligidan, xodimlar
salohiyatini aniqlash uchun ularning shaxsiy xislatlari va qobiliyatlarini, ikkinchi tomondan
korxona (firma)ni rivojlantirish istiqbollari hamda ish faoliyatining yangi yo’nalishlarini
hisobga olgan holda personalga qo’yiladigan miqdor va sifat talablarini o’rganishni talab
qiladi.
Personalni boshqarishning “yuqoridan quyiga” tizimi kadr-larni tanlash, baholash,
rag’batlantirish va rivojlantirish bo’yicha qaror qabul qilishni markazlashtiradi.
Boshqaruvning “quyidan yuqoriga” tizimi esa qaror qabul qilishni barcha darajalar bo’yicha
taqsimlaydi.
Personalni boshqarishni tashkil etishda ijro mas’uliyati guruhga yoki shaxsga
yuklatilishi muhim ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish topshirig’ini guruh bilan ijro etish tizimi personalni tanlashda ijtimoiy
o’zaro muvofiqlikka alohida e’tibor qaratilishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |