Xususiy korxonada
ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro
mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Xususiy
korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar
berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga
to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan
kam bo’lmasligi shart.
Mulkdor xususiy korxona xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlari, ijtimoiy
himoya choralarini ta’minlashi shart. U o’z xodimlari uchun amaldagi qonunchilikda
ko’zda tutilganidan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodyy shartnomalarni
belgilashga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |