Boshqa kompyuter turlari bilan apparat va dasturiy moslik. Boshqa kompyuterlar turi bilan apparat va dasturiy moslik - bu kompyuterda boshqa kompyuterning texnik elementlarini va dasturiy ta’minotini ishlash imkoniyatini berishi tushuniladi.
Kо‘p masalali ish tartibida ishlash imkoniyati. Kо‘p masalali ish tartibi bir vaqtning о‘zida bir necha dasturlar ustida hisoblashlarni bajarish imkonini beradi (kо‘p dasturli ish tartibi) yoki bir necha foydalanuvchi uchun (kо‘p foydalanuvchili ish tartibi). Mashinaning bir necha qurilmalarini vaqt bо‘yicha ustma-ust ishlatish (bir vaqtda bir necha qurilmani), bunday ish tartibida kompyuterning samarali unumdorligini jiddiy oshirishga imkon yaratiladi.
Ishonchlilik. Ishonchlilik – bu tizimning unga qо‘yilgan vazifani tо‘liq va tо‘g‘ri uzoq vaqt davomida bajarish xususiyatidir.