Tizimli, mahalliy va tashqi interfeyslar turi. Interfeyslarning turli turlari mashina qismlari о‘rtasidagi axborot almashuvining turli tezligini taʻminlaydi, turli sondagi va turli xil tashqi qurilmalarni ulashga imkoniyat beradi hamda simsiz aloqa kanalini ishlatadi.
Tezkor xotira sig‘imi. tezkor xotira sig‘imi megabaytlarda о‘lchanadi. Eslatma, 1 Mbayt = 1024 Kbayt = 10242 bayt.
Kо‘pchilik zamonaviy amaliy dasturlar 16 Mbayt sig‘imdan kam bо‘lgan tezkor xotira bilan ishlamaydi yoki ishlasa ham juda sekin ishlaydi.
Nazarda tutish kerakki asosiy xotira sig‘imini ikki hissa oshirilsa, murakkab masalalarni yechishda (xotiraga yetishmovchilik sezilganda) kompyuterning samarali unumdorligini taxminan 1,41 marta oshiradi (kvadrat ildiz qonuni).
Turli turdagi tezkor xotiralari – SDRAM, DDR DRAM, DR DRAM va boshqalar - turlicha funksional imkoniyatlarga egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |