Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliyqism: Salomlashish,davomatni aniqlash, sinf tozaligini kuzatish, diyorimizda va dunyoda bo`layotgan voqealar bilan o`quvchilarni tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`quvchilarga jadval to`ldirish topshirig`I beriladi.
Fransiyaning iqtisodiy hayoti
|
Fransiyaning siyosiy hayoti
|
1.
2.
3.
|
1.
2.
3.
|
Jadvalni to`liq ishlagan o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Uchinchi Respublika ichki siyosati. 2.Siyosiy ahvol. 3.Iqtisodiy hayotdagi o`zgarishlar. 4.Ijtimoiy harakat.
Respublika hukumati ichki siyosatda bir qator muliim tadbirlarni amalga oshirdi.Chunonchi, 1881—1882-yillarda ta'lim to'g'risida qonunlar qabul qilindi. Unga ko'ra maktab cherkovdan ajratildi.Ta'limning dunyoviyligi ta'minlandi.13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun majburiy bepul ta'lim joriy etildi.Maktablarda ta'¬lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo'ldi.Oliy pedagogik bilim yurtlarida o'qituvchi kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Majburiy ta'lim dasturida o'g'il bolalar uchun gimnastika predmeti majburiy deb belgilandi. Bundan o'smirlarni bo'lajak harbiy xizmatga jismonan yetuk qilib tayyorlash maqsadi ko'zda tutilgan edi.Qiz bolalar uchun litseylar ochildi.Maxsus oliy o'quv yurtlarida ayol o'qituvchilar ham tayyorlana boshlandi.1884-yilda kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi. Ishchilar o'z kasaba uyushmalari va mehnat birjalarini tuzdi. Bu birjalar ishsizlar haqida, ularning turmushi haqida g'amxo'rlik qila boshladi.Munitsipal kengashlarga o'z merlarini saylash huquqi berildi.Bungacha ular markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar edi.Mamlakatda respublikani mustahkamlash tobora chuqur qaror topa bordi.1876-yilgi Senatga bo'lgan saylovlarda respublikachilar qo'li baland keldi.Bungacha davlatni boshqargan monarxiya tarafdori bo'lgan prezident Mak-Magon iste'fo berishga majbur bo'ldi.Mamlakatda ichki siyosiy hayotning o'ziga xos bir xususiyati, — bu ko'ppartiyaviylikning qaror topganligi bo'ldi. Ularning icliida radikallar, sotsialistlar va respublikachilar partiyalari yetakchi nufuzga ega edi.
Siyosiy reaksiya „Dreyfus ishi"dan mamlakatda demokra¬tiyaga qarshi tashviqotni kuchaytirish, millatchilik, shovinistik kayfiyatlarni yanada avj oldirish uchun foydalandi.Mamlakatda ADreyfusning josus emasligiga, hali haqiqiy jo¬sus fosh etilmaganligiga ishonuvchilar bor edi.Ular haqiqiy josusni fosh etish uchun tekshiruvni davom ettirdi.
A. Dreyfus 1906-yildagina to'la oqlandi. mamlakatda o'zgarishlar mo'tadil siyosiy barqarorlik ta'minlandi.Bunga XIX asr 90-yillarining o'rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli erishildi. 1913-yilda 1900- yildagi 5,4 mln. tonna o'rniga 22 mln. tonna temir rudasi qazib chiqarila boshlandi. Bu sohada Fransiya AQSH va Germaniyani ortda qoldirdi. Sanoatda yangi tarmoqlar (elektrotexnika, avtomobil va kimyo) tez rivojlana boshladi. Natijada, sanoatda xizmat qilayotgan aholi ning soni 36 foizga yetdi.40 foiz aholi qishloq xo'jaligida band edi. Fransiya eksportida jun birinchi, ip-gazlama ikkinchi, shoyi gazlama uchinchi, fransuz vinolari to'rtinchi o'rinni egalladi. Fransiyaning chetga kapital chiqarish quvvati yanada ortdi.Bu borada u dunyoda Buyuk Britaniyadan so'ng ikkinchi o'ringa chiqdi. 1914-yilga kelganda Rossiyaga 13 mlrd., Buyuk Britaniya va AQSHga 5 mlrd., Janubiy Amerika davlatlariga 6 mlrd. frank miqdorida kapital chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |