8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Respublikasi  Prezidentining  2017  yil



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#140381
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 мавзу Мустақиллик йилларида Ўзбекистондаги маданий ва маънавий 37a3d104714e9808fd7663b9e95992aa (1)

 

Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  28  iyul  №PQ-3160-sonli  Qarori  bilan 

Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazini qayta tashkil etildi

1



Bugungi  kunda  respublikada  7476  ta  moddiy  madaniy  meros  ob‘ekti 

                                                             

1

 

https://president.uz/uz/lists/view/841



 


mavjud.  SHundan,  7123  tasi  davlat  mulki,  353  tasi  xususiy  mulk  hisoblanadi. 

Jumladan, 4308 ta arxeologiya, 2079 ta arxitektura ob‘ekti, 694 ta mahobatli san‘at 

asari,  395  ta  diqqatga  sazovor  joy  bor.  Milliy  fondlarimizda  esa  2,5  milliondan 

ziyod muzey ashyolari, 100 mingdan ortiq yozma asarlar saqlanadi. 

Madaniyat  vazirligi  huzurida  ushbu  noyob  merosimizni  asrab-avaylab, 

kelajak  avlodga  bekamu  ko‗st  etkazish,  ularni  ilmiy  tadqiq  qilish,  saqlash  uchun 

mas‘ul  muassasa  —  Madaniy  meros  ob‘ektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan 

foydalanish  ilmiy-ishlab  chiqarish  bosh  boshqarma  mavjud  bo‗lgan  bo‗lsa-da, 

uning  ayni  paytdagi  faoliyatida  jiddiy  xatoliklar  va  muammolar  borligi  ko‗zga 

tashlanib  qoldi.  Ochig‗ini  aytadigan  bo‗lsak,  sohada  boshqaruv  tizimi  izdan 

chiqqan  edi.  Achinarlisi,  mavjud  moddiy  madaniy  meros  ob‘ektlarining  atigi  25 

foiziga muhofaza belgisi o‗rnatilgan bo‗lib, zarur hujjatlashtirish ishlari o‗z holiga 

tashlab  qo‗yilgan.  Hatto  5755  ta  ob‘ektning  kadastr  hujjatlari  ham  yo‗q. 

Boshqarma arxeologiya yo‗nalishida mutlaqo qoniqarsiz faoliyat olib borgan. 

Madaniy  meros  bo‘ektlarini  muhofaza  qilish  maqsadida  2018  yil  19 

dekabrda  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Moddiy  madaniy  meros 

ob‘ektlarini  muhofaza  qilish  sohasidagi  faoliyatni  tubdan  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  qarori  qabul  qilinishi  bilan  O‗zbekiston  Respublikasi 

Madaniyat  vazirligi  Madaniy  meros  ob‘ektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan 

foydalanish  ilmiy-ishlab  chiqarish  bosh  boshqarmasi  hamda  uning  mintaqalararo 

(mintaqaviy)  davlat  inspeksiyalari  negizida  O‗zbekiston  Respublikasi  Madaniyat 

vazirligi  huzurida  Madaniy  meros  departamenti  hamda  uning  Qoraqalpog‗iston 

Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  boshqarmalari  tashkil  etilmoqda. 

Departamentning  asosiy  vazifalaridan  biri  moddiy  madaniy  meros,  jumladan, 

arxeologiya  ob‘ektlari,  muzey  ashyolari  va  kolleksiyalari  hamda  madaniy 

boyliklarni  muhofaza  qilish,  ulardan  foydalanishga  oid  qonun  hujjatlariga  rioya 

etilishi  ustidan  davlat  nazoratini  amalga  oshirishdan  iborat.  Qarorga  asosan, 

Departamentning  vakolatlari  kengaytirilib,  moddiy  madaniy  meros,  jumladan, 

arxeologiya  ob‘ektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish  sohasida  yagona 

maxsus  davlat  muassasasi  etib  belgilandi.  Uning  qarorlari  davlat  va  xo‗jalik 




boshqaruvi  organlari,  mahalliy  hokimliklar  va  fuqarolar  tomonidan  bajarilishi 

majburiy  ekanligi  va  uning  rahbari  Madaniyat  vazirining  o‗rinbosari  hisoblanishi 

yangi tizimning mavqei va mas‘uliyati balandligini ko‗rsatib turibdi

1



2019  yil  30  martda  esa  Vazirlar  Mahkamasining  №230-sonli  O‗zbekiston 

Respublikasi  Madaniyat  vazirligi  huzuridagi  Madaniy  meros  departamenti 

faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish 

va  ulardan  foydalanishga  oid  ayrim  normativ-huquqiy  hujjatlarni  tasdiqlash 

to‗g‗risida

2

gi Qarori qabul qilindi. 



Respublikada  16  diniy  konfessiya  ro‗yxatga  olingan  va  rasman  faoliyat 

ko‗rstamoqda.  2200  dan  ortiq  diniy  tashkilotlar  ishlab  turibdi  va  ularda 

O‗zbekistonda  yashovchi  130  dan  ortiq  millat  va  elat  vakillari  o‗zlarining  diniy 

ehtiyojlarini  qondirmoqdalar.  2  mingdan  ortiq  masjidlar,  xristian  ibodatxonalari, 

sinagogalar va boshqa diniy markazlar ta‘mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta diniy 

ta‘lim  muassasasi  faoliyat  ko‗rsatmoqda.  1999-yilda  Toshkent  islom  universiteti 

ochildi.  2018  yil  16  aprelda  ―Diniy-ma‘rifiy  soha  faoliyatini  tubdan 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖

3

gi  PF-5416-sonli  Farmoni  bilan 



Toshkent  islom  unisersiteti  negizida  O‗zbekiston  Xalqaro  islom  akademiyasi 

tashkil etildi. 

O‗zbekiston  hududida  xalqning  ulug‗vor  va  shonli  tarixiga  oid  2000  dan 

ortiq yodgorliklar ta‘mirlandi. 

O‗zbek  xalqining  ming  yillar  davomida  shakllangan,  mustamlakachilik 

davrida  oyoq-osti  qilingan,  insonparvar  urf-odatlari  va  an‘analari,  madaniy 

qadriyatlari  ehtiyotlab  tiklandi  va  yangi  ma‘no-mazmun  bilan  boyitildi. 

Maqomchilar,  to‗y-marosim  qo‗shiqlari,  shoir-baxshilar  va  folklor-etnografik 

dastalarning  o‗nlab  ko‗rik-tanlovlari  o‗tkazildi.  Pianinochi  va  skripkachilarning 

simfonik  va  kamer  musiqalari,  zamonaviy  estrada  guruhlarining  festival  va 

tanlovlari bo‗lib o‗tmoqda. 

Mamlakatimizda  o‗zbek  tilining  xalq  va  davlat  turmushidagi  o‗rni  va 

                                                             

1

 



http://xs.uz/uzkr/post/nega-koplab-obidalarda-bazharilgan-koshin-ishlari-uch-jilga-bormasdan-tokilib-ketyapti

  

2



 

https://lex.uz/docs/4262171

  

3

 



https://iiau.uz/en-ca/akademiya1/prezident-qarori.html

 



ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o‗zbek tili o‗zbek xalqining 

ma‘naviy  mulki  ekanligi,  uning  ravnaqi,  qo‗llanilishi  va  muhofazasi  davlat 

tomonidan  ta‘minlanishi  belgilab  qo‗yildi.  Oliy  davlat  hokimiyati,  mahalliy 

hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish 

yuritish  asosan  o‗zbek  tilida  olib  borilmoqda.  2019  yil  21  oktyabrda  ―O‗zbek 

tilining  davlat  tili  sifatidagi  nufuzi  va  mavqeini  tubdan  oshirish  chora-tadbirlari 

to‗g‗risida‖gi  PF-5850-sonli  Prezident  farmoni,  2020  yil  10  aprelda  ―O‗zbek  tili 

bayrami  kunini  belgilash  to‗g‗risida‖gi  O‗RQ-615  sonli  O‗zbekiston  Respublikasi 

Qonunining  qabul  qilinishi  o‗zbek  tilining  maqomini  yanada  mustahkamlanishiga 

qaratilagn huquqiy chora hisoblanadi. 

Respublikamizning  ma‘muriy-hududiy  birliklari,  ko‗chalari,  geografik 

o‗rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‗zbek tilida yozib qo‗yildi. 

Natijada o‗zbek  xalqining  milliy  qadr-qimmati qayta tiklandi  va  mustahkamlandi. 

SHuningdek,  O‗zbekistonda  istiqomat  qilayotgan  barcha  millat  va  elatlarning 

tillari, qadr-qimmati ham o‗z o‗rniga qo‗yilgan. 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish