8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#140381
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 мавзу Мустақиллик йилларида Ўзбекистондаги маданий ва маънавий 37a3d104714e9808fd7663b9e95992aa (1)



8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy 

taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. 

Reja; 

1.  Ma‘naviy-ma‘rifiy  islohotlar  –  jamiyat  taraqqiyotining  ustuvor  yo‗nalishi 

sifatida. 

2.  Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi. 

3.  Ta‘lim rivojining o‗ziga xos xususiyatlari. 



1-masala.  Jamiyat  ma‘naviyati  mamlakat  barqarorligi  va  taraqqiyotining 

muhim  sharti  va  kafolatidir.  Biron-bir  mamlakat  o‗z  ma‘naviy  imkoniyatlarini, 

odamlar  ongida  ma‘naviy  va  axloqiy  qadriyatlarni  rivojlantirmay,  xalqning  milliy 

ruhini uyg‗otmay va  mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‗tarila 

olmaydi.  Shuning  uchun  ham  jamiyat  ma‘naviyatini  yuksaltirish  O‗zbekiston 

taraqqiyotining ustuvor yo‗nalishi deb belgilandi. 

Tarixdan  ma‘lumki,  mamlakatimiz  bir  necha  bor  ajnabiy  bosqinchilar 

hujumiga  duchor  bo‗lgan,  qaramlik  va  zulm  ostida  qolgan.  Buning  oqibatida 

xalqimizning boy  ma‘naviy  merosi,  urf-odatlari qadrsizlanishga  mahkum  bo‗lgan. 

Ayniqsa,  Rossiya  mustamlakachiligi  va  sovetlar  tuzumi  davrida  milliy 

qadriyatlarimiz,  urf-odatlarimiz  oyoq  osti  qilindi.  Ona  tilimiz,  boy  ma‘naviy 

merosimiz  qadrsizlantirildi,  ko‗plab  masjidu-madrasalar,  milliy  maktablar,  tarixiy 

yodgorliklar  buzildi,  qarovsiz  qoldi.  O‗zbekiston  davlat  mustaqilligini  qo‗lga 

kiritgan  kundan  boshlaboq  mamlakatimizda  boy  ma‘naviy  merosimizni  tiklash  va 

rivojlantirish,  jamiyat  ma‘naviyatini  yuksaltirish  davlat  siyosati  darajasiga 

ko‗tarildi.  Jamiyat  ma‘naviyatini  tiklash  va  yuksaltirishni  ta‘minlovchi  ma‘naviy-

ma‘rifiy islohotlarning yo‗nalishlari belgilab olindi. 

Mustaqillik  yillarida  boy  ma‘naviy  merosimizni  tiklash  tadbirlari  amalga 

oshirildi.  Milliy  madaniyatimizga,  jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  buyuk  hissa 

qo‗shgan  bobolarimiz  -  Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy,  Bahouddin  Naqshband, 

Xo‗ja  Ahmad  YAssaviy,  Al-Xorazmiy,  Al-Farg‗oniy,  Ibn  Sino,  Mirzo  Ulug‗bek, 

Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‗plab ajdodlarimizning 

milliy  va  ma‘naviy  merosi  xalqimizga  qaytarildi,  tavallud  topgan  kunlari  butun 



mamlakat  bo‗yicha  nishonlandi,  ruhlari  shod  etildi,  asarlari  nashr  etildi.  Ularning 

ma‘naviy  merosi  bugungi  kunda  xalqimizga  yangi  jamiyat  qurishda  ma‘naviy 

kuch-qudrat  bag‗ishlamoqda,  jamiyatimizni  ma‘naviy  yuksaltirishga  xizmat 

qilmoqda. 

Jamiyat  ma‘naviyatini  yuksaltirishda  tarixiy  xotira,  ajdodlar  tarixini  bilish, 

milliy  axloqiy  qadriyat  hamda  an‘analar  va  muqaddas  dinimizning  o‗rni  va 

ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‗z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma‘naviy 

merosga  tayanmay  va  uni  yanada  rivojlantirmay  turib  o‗z  kelajagini  tasavvur  eta 

olmaydi.  Shu  bois  mustabid  tuzum  davrida  soxtalashtirilgan  xalqimiz  tarixini 

xolisona,  haqqoniy  yoritish,  barcha  o‗quv  maskanlarida  Vatan  tarixini  o‗qitish 

borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.  

O‗zbek  xalqi  va  o‗zbek  davlatchiligi  tarixini,  tariximizning  boshqa 

sahifalarini  xolisona  ilmiy  asosda  yoritish  vazifalari  birinchi  Prezident 

I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‗lgan suhbatida, 

Vazirlar  Mahkamasining  1998-yil  27-iyulda  qabul  qilingan  «O‗zbekiston 

Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  tarix  instituti  faoliyatini  takomillashtirish 

to‗g‗risida»gi qarorida belgilab berildi. 

Mustaqillik  yillarida  Vatanimiz  tarixini  yoritish  va  o‗rganish  masalalari 

partiyaviylik,  sinfiylik  yondashuvlaridan,  hukmron  kommunistik  mafkura 

ta‘siridan  xalos  etildi.  Necha  10  yillar  davomida  buzib  ko‗rsatilgan  yoki  so‗z 

yuritilmay  kelgan  tarixiy  voqealarni  xolislik,  tarixiylik,  haqqoniylik  tamoyillari 

asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‗quv adabiyotlari yaratildi. 

Prezident  Farmoni  bilan  1996-yil  Amir  Temur  yili  deb  e‘lon  qilindi.  Amir 

Temur 


tavalludining 

660-yilligini 

nishonlashga 

bag‗ishlangan  tadbirlar 

O‗zbekistonda,  dunyoning  50  dan  ortiq  mamlakatlarida  o‗tkazildi.  YUNESKO 

qarori  bilan  Sohibqiron  yubileyi  jahon  miqyosida  nishonlandi.  Parijda  Amir 

Temurga  bag‗ishlangan  madaniyat  haftaligi,  «Temuriylar  davrida  fan,  madaniyat 

va  maorifning  gullab  yashnashi»  mavzuida  xalqaro  konferensiya  va  ko‗rgazmalar 

bo‗lib  o‗tdi.  Toshkent  shahrida  Amir  Temurga  haykal  qo‗yildi,  Temuriylar  tarixi 

davlat  muzeyi  tashkil  etildi,  uning  nomi  bilan  bog‗liq  tarixiy  yodgorliklar 




ta‘mirlandi. 

Istiqlol  yillarida  xalqimizning  o‗tmishiga,  boy  tarixiy  merosiga,  ma‘naviy 

qadriyat 

va 


an‘analariga  bo‗lgan  munosabat  tubdan  o‗zgardi.  Milliy 

madaniyatimizga,  jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  ulkan  hissa  qo‗shgan 

bobokalonlarimizning  ma‘naviy  merosi  xalqimizga  qaytarildi,  tavallud  topgan 

kunlari mamlakat va xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda. Jumladan:  

1991 yil ― Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 

1993 yil ― Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi; 

1993 yil ― Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi; 

1994 yil ― Mirzo Ulug‗bek tavalludining 600 yilligi; 

1995 yil ― Mahmud az ― Zamaxshariyning 920 yilligi; 

1996 yil ― Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 

1998 yil ― Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi; 

1998 yil ― Ahmad al-Farg‗oniy tavalludining 1200 yilligi; 

1999 yil ― Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi; 

2000 yil ― Burhoniddin Marg‗inoniyning 910 yilligi; 

2000 yil ― Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi; 

2000 yil ― Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 

2003 yil ― Abduxoliq G‗ijduvoniyning 900 yilligi; 

2004  yil  ―  Xoja  Ahror  Valiyning  600  yilligi  zo‗r  tantana  bilan 

nishonlanganligi fikrimizning dalilidir. 

Uzoq 


va 

boy 


tarixning 

hamda 


madaniyatimiz, 

shuningdek, 

ma‘naviyatimizning  ildizi  qadimga  borib  taqalishiga  guvohlik  beruvchi  Xiva  va 

Buxoro  shaharlarining  2500  yillik  to‗ylarining  o‗tkazilishi  jahon  madaniyati 

tarixining  ibtidosi  sifatida  ham  e‘tirof  etilgan  edi.  1999  yilda  ―Alpomish‖ 

eposining  1000  yilligi,  2001  yilda  ―Avesto‖  yaratilganining  2700  yilligi,  2002 

yilda  Termiz  shahrining  2500  yilligi,  2002  yilda  Shahrisabz  shahrining  2700 

yilligi,  2006  yilda  Qarshi  (Nasaf)  shahrining  2700  yilligi,  2006  yilda  Xorazm 

Ma‘mun  akademiyasining  1000  yilligi,  2007  yilda  Samarqand  shahrining  2750 

yilligi, 2007 yili Marg‗ilon shahrining 2000 yilligi, 2009 yilda Toshkent shahrining 




2200  yilligi  nishonlanishi  Vatanimizning  ma‘naviyat  sohasida  bardamligi  va 

shaharsozlik madaniyati ham baquvvatligini ko‗rsatuvchi dalil bo‗ldi. 

Vatanimiz ozodligi yo‗lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‗lpon, Fitrat, 

Usmon  Nosir  va  boshqa  xalq  jigarbandlarining  nomi,  izzat-ikromi,  hurmati  o‗z 

joyiga  qo‗yildi,  asarlari  chop  etildi.  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov 

tashabbusi  bilan  Toshkentda  mustamlakichilik  davri  qurbonlari  xotirasini 

abadiylashtirish  maqsadida  «Shahidlar  xotirasi»  yodgorlik  majmui,  «Qatag‗on 

qurbonlari  xotirasi»  muzeyi,  fashizmga  qarshi  janglarda  jon  fido  etgan 

xalqimizning  farzandlari  xotirasini  abadiylashtirish  maqsadida  «Xotira-maydoni» 

majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda  milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy 

xotirani tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g‗oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat 

qilmoqda. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish