24.Boshlang`ich tezligi 20 m/s bo`lgan mashina 1m/s2 tezlanish bilan harakat-lanib, 20s da qancha masofani bosib o`tadi?
A). 600m B) 400 m C) 200m D) 500m
25. Vaqt birligida jism tezligining o`zgarishi ......... deb ataladi?
A) … tezlik ... B) ..... kuch .... C) ..... chastota D) ..... tezlanish
3-NAZORAT ISHI
1-variant
Avtomobil g’ildiragi 0,5 minutda 60 marta tekis aylandi. G’ildirakning aylanish davri va chastotasini toping.
Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jismning aylanish davri 0,125 s, radiusi 1,5 m ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishi nimaga teng ?
Kuch deganda nimani tushunasiz ? Tabiatdagi kuchlar haqida ma’lumot yozing.
2-variant
Radiusi 30 sm bo’lgan ventilator parragining uchi 30 m/ s chiziqli tezlik bilan aylanmoqda. Ventilator parragining aylanish davri va chastotasini toping.
Poyezd egrilik radiusi 1000 m bo’lgan burilishda 54 km/ soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Poyezdning markazga intilma tezlanishini toping.
Nyutonning birinchi qonunini tushuntiring.
4-NAZORAT ISHI
Kuch birligini ko’rsating.
A) kg·m/s B) N C) kg·m2/s D) Pa
2. Jismga qo ‘yilgan kuch 2 marta, jism massasi esa 4 marta oshirildi. Jismning tezlanishi qanday o’zgaradi ?
A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi
C) 4 marta ortadi D) 4 marta kamayadi
3. Nyutonning uchunchi qonuni qaysi ta’rifda to’g’ri ko’rsatilgan ?
A) Ta’sir aks ta’sirni vujudga keltiradi, ular son qiymati jihatidan o’zaro teng.
B) O’zaro ta’sirlashuvchi ikki jism miqdor jihatdan o’zaro teng va to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonlarga yo’nalgan kuchlar bilan ta’sir qiladi.
C) O’zaro ta’sirlashayotgan ikki jismning kuchlari o’zaro teng bo’lib, qarama-qarshi tomonlarga yo’nalgan.
D) Ta’sir, aks ta ‘sirga teng bo ‘lib qarama-qarshi yo’naladi.
4. Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jism radiusi 2 marta oshirilsa, markazdan qochma kuch qanday o’zgaradi ?
A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi
C) 4 marta ortadi D) 4 marta kamayadi
5. Bir biriga qarama-qarshi harakatlanayotgan jismlarning massalari teng bo’lib, tezliklari 5m/s va 10m/s ga teng. To’qnashgandan so’ng ularni harakati qanday bo’ladi ?
A) 5 m/s, 1-jism yo’nalishida B) 5m/s, 2-jism yo’nalishida
C) 2 m/s, 1-jism yo’nalishida D) to’xtab qoladi.
6. Massasi 2 kg bo ‘lgan jism, 3 rad/s tezlik bilan aylanmoqda. Bunda markazdan qochma kuvh 18 N ga teng bo’lsa, aylanish radiusi nimaga teng ?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
7. Jismga 10 N kuch ta’sir etganda 5 s dan so’ng 10 m/s tezlikka erishdi. Uning massasi nimaga teng (kg) ?
A) 1 B) 3 C) 5 D) 7
8. Jismning tezligi va aylanish radiusi 2 marta kamaytirilsa, markazdan qochma kuch qanday o’zgaradi ?
A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi
C) 4 marta ortadi D) 4 marta kamayadi
9. Nyutonning II qonunining ifodasi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) F1=-F2 ; B) F=mg C) a=v²/R D) a=F/m
Do'stlaringiz bilan baham: |