6-sinf Fizika Sana: “A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi: Kirish



Download 2,52 Mb.
bet78/110
Sana28.06.2021
Hajmi2,52 Mb.
#103536
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110
Bog'liq
6-sinf kanspekt

Darsning mavzusi: Ichki energiya va uni o'zgartirish usullari

Darsning maqsadi :

  • Talimiy maqsad: O’quvchilarda jisimlarning ichki energiyasi tushunchasini o’quvchilar ongida shakillantirish.

  • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

II.Dars turi: Maruza

III.Dars jixozi: Isitish asbobi,probilka,propka

IV. Darsning xronologik tuzilishi:




Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10

3

Yangi mavzuni tushuntirish

15

4

Darsni mustaxkamlash

10

5

Uyga vazifa.

2


Darsning borishi

1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.Yuqlama qilish.Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish

2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

3.Yangi mavzuning bayoni:
Mexanik hodisalar bo'limida Siz jismlarning ikki xil energiyaga ega bo'lishi bilan tanishgan edingiz. Jismlarning o'zaro ta'siri tufayli ega bo'lgan energiyasini potensial va harakati sababli olgan energiyasini kinetik deb atalgan edi. Modda tuzilishi bo'limida esa, barcha moddalar mayda-mayda zarrachalar - atom yoki molekulalardan tashkil topganligi, ularning to'xtovsiz harakatda ekanligi ham sizga ma'lum. Mana shunday harakatlari tufayli zarrachalar ham kinetik energiyaga ega bo'ladilar. Suyuqiik va qattiq jismlarda zarrachalar ma'lum tartibda o'zaro ta'sirlashib joylashganlaridan potensial energiyaga ega bo'ladilar. Bu energiyalar moddaning ichki tuzilishini tashkil etgan zarrachalarga taalluqli bo'lganligidan moddaning ichki energiyasi deb ataladi. Uni chuqurroq tushunish uchun quyidagi misolni qaraylik. 30°C li suvdagi molekulalar 80°C li suv molekulalaridan nimasi bilan farqlanadi? Ular faqat molekulasining tezligi bilan farq qiladi. 80°C li suv molekulasining tezligi, 30°C li suv molekulasining tezligidan kattaroq bo'lar ekan. Demak, kinetik energiyasi ham katta. Bundan 80°C li suvning ichki energiyasi 30°C li suvning ichki energiyasidan katta bo'lishi kelib chiqadi. Bu mulohazalardan temperaturaga ham ta'rif berish imkoniyati tug'iladi. Temperatura - moddani tashkil etgan zarrachalarning o'rtacha kinetik energiyasi o'lchovidir.

Oldingi mavzulardan ma'lumki, moddaning temperaturasini uni isitish yo'li bilan ko'tarishdan tashqari, ish bajarib ham oshirish mumkin. Masalan, tangani olib, uni mo'ynaga ishqalasangiz qiziydi. Ishqalanish tufayli jismlarning qizishidan qadimgi odamlar yog'ochni ishqalab olov hosil qilganlar. Yog'ochning yonishi uchun uning temperaturasini 250°C ga ko'tarish kerak. Yog'ochni ishqalab bunga erishish osonmi? Urinib ko'ring.

Hozirgi kunda ham olovni ishqalanishdan foydalanib hosil qilinadi. Buning uchun gugurt cho'pini qutisiga ishqalash kifoya! Faqat, bunda gugurt cho'pi kallagiga o'rnatilgan moddaning yonish temperaturasi ancha kichik bo'lganligidan tez yonadi. Gugurtni XIX asrning 30-yillarida ixtiro qilishgan. Unda yonish temperaturasi 60°C bo'lgan fosfordan foydalanilgan. Gugurtni ixtiyoriy bir yuzaga, hatto etik tagiga ishqalansa ham yonadigan bo'lgan. Tez yonish xususiyatiga ega bo'lganligidan yong'inlar chiqishiga sabab bo'lgan hamda zaharli ekanligidan xavfli fosfor o'rniga boshqa yonadigan qorishmani 1855-yilda Shvetsiyada o'ylab topishgan.

Ichki energiyani ish bajarib oshirish mumkinligini «havo chaqmog'i» deb ataluvchi qurilmada ko'rish mumkin. Qalin organik shishadan yasalgan silindr ichiga benzin bilan ho'llangan paxta qo'yiladi. So'ngra porshenni pastga tez bosilsa, paxta yonib ketadi. Bunda havoni siqishda ichki energiyasi ortadi va temperaturasi ham ortib paxta yonadi. Gaz tashqi kuch bilan siqilsa, temperaturasi ortishi ma'lum bo'ldi. O'z-o'zidan kengaysa nima bo'ladi? Bunday kengayishda bajarilgan ish gazning ichki energiyasi hisobiga bo'ladi. Shu sababli uning temperaturasi pasayadi. Uy-ro'zg'orda ishlatiladigan sovutkich (xolodilnik) lar shu asosda ishlaydi.



Yuqorida aytganimizdek, ichki energiya moddani tashkil etgan zarrachalarning potensial energiyasi bilan ham belgilanadi. Masalan, 0°C da suv ham, muz ham mavjud bo'ladi. Lekin molekulalarining o'zaro joylashishlari turlicha bo'lganligidan 0°C li suvning ichki energiyasi, 0°C li muznikidan katta bo'ladi. Ichki energiya, shuningdek, jism massasiga bog'liq bo'ladi. Katta o'lchamdagi dazmol, xuddi shunday temperaturali kichik dazmolga nisbatan ko'proq kiyimni dazmollay oladi. Agar 100°C gacha qizdirilgan 1 kg li po'lat sharni 1 litrli suvga solinsa, aynan 100°C li 0,5 kg li po'lat shar solinganiga qaraganda ikki barobar ko'proq isitar ekan. Bundan tashqari, ichki energiya modda turiga ham bog'liq. Buni quyidagicha tajribada ko'rish mumkin. Bir xil massali aluminiy va qo'rg'oshin sharlarni 100°C gacha qizdiraylik. So'ngra ularni bir xil idishdagi suvlarga solaylik. Bunda aluminiy shar solingan suv ko'proq qiziganini ko'ramiz. Demak, massalari va temperaturalari teng bo'lgan, lekin turli moddalardan yasalgan jismlarning ichki energiyalari turlicha bo'lar ekan.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish