1867-1918-yillarda – Gabsburglar sulolasi Avstriya-Vengriya imperiyasini boshqargan.
XIX asrning so’ngi choragida - Avstriya-Vengriya Yevropaning rivojlangan davlatlariga nisbatan qoloq mamlakat edi.
1890-yilda – shahar aholisi butun Avstriya-Vengriya aholisining faqat uchdan birini tashkil qilardi.
1898-yilda – Vengriyaning ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari imperiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmini tashkil etgan.
XX asr boshlariga kelib – ssuda kapitali, asosan, Venadagi yirik banklarda to’plandi.
1869-yilda – Vena shahrida ishchilarning ommaviy namoyishi o’tkazildi.
1884-yilda – Avstriya hukumati ishchilar harakatiga qarshi “favqulotda qonun” joriy etdi.
1889-yilda – Avstriya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.
1907-yilda – Avstriya hukumati saylov tizimi islohoti haqida qonun qabul qilishga majbur bo’ldi.
1868-yilda – Chexiyada qamal holati joriy etildi.
1880-yilda – Chexiyada sud va ma’muriy ishlar uchun ikki til joriy qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |