Metall qazilma boyliklari
. Temirni massa ulushi 20-40% marganets
rudalarida Tomditov, Sulton, Uvays tog`laridan topilgan. Mis o`rta Tyan- Shan
Qurama tog`lari uchun xos. Pb, Zn konlari Janubiy, G`arbiy Hisor tog`larida
joylashgan. Rudaning asosiy minerallari – pirit, sfalerit, galenit, xalkopirit.
Noruda minerallari –kvarts, tseretsit, xloridlar, karbonatlar. Janubiy Tyan-Shanda
volьfram konlar topilgan.Molibden- Xisor, Qo`rama, Chotqol tizimlarida
uchraydi. Vismut rudalari Chotqol, Qurama tog`larida topilgan. Cr va CH konlari
ham bor - Janubiy Farg`onada. O`zbekiston radioaktiv metallar zahirasi bo`yicha
dunyoda oldingi o`rinda turadi. Al xomashyosi, boksit rudalari bor, paleozoy,
mezozoy qatlamlarida uchraydi, lekin alohida konlari yo`q. Allunit rudalari
Qo`rama, Chotqol, Hisor tog`larida uchraydi. Kaolin (oq gil) homashyosi
Angrenda topilgan.
Mineral tuzlar, osh tuzi, kaliy tuzlariga boy O`zbekistonda kamroq
uchraydi.
Oltingugurt Farg`ona vodiysida Qizilcha, Andijon, Qurshob, Ustyurtda
uchraydi. Fosforit konlari Ovminzatov, Bo`kontov, Toshqazgan tog`da topilgan
va 95% mineral o`g`it sifatida ishlatiladi. Nomettall foydali qazilmalar:
6
glaukonitli qumtoshlar, bollastanit, grafit (30 ta konlari bor), asbest (Sulton
Uvays), korund, topaz (CHotqol), feruza, ametist, safsar tog` billuri, yasama
nefrit, lazurit, marmarsimon oniks kabi qimmatbaho toshlar topilgan.
O`zbekistonda gips, ohaktosh, shag`al, qumshag`altosh mavjud.
O`zbekiston sanoatida elektr energiyasi, neft, ko`mir, benzin, po`lat, sulfat
kislota, mineral o`g`it, sun’iy tola, paxta moyi, tsement ishlab chiqarish yo`lga
qo`yilgan. O`zbekiston 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga
kiradi. 159 ta neft- gaz koni ochilgan, ulardan 115 tasi Ustyurtda, 10 tasi
Surxondaryoda, 27 tasi Farg`onada, 7 tasi Buxoro-Xivada joylashgan.
O`zbekistonda neft koni 1904-yilda ochilgan. Farg`ona vodiysi Chimyon neft
konida sutkasiga 130 t. neft olingan. O`sha yili Oltiariq neft qayta ishlash zavodi
ochilgan. O`zbekistonda neft sanoati shunday boshlandi. 1913-yilda 13 ming
tonna neft qazib olindi. 1940-yil Respublikada neft konlar soni 11 ga yetadi.
Oltiariq va Farg`ona neftini qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg`ona
zavodi surkov moylari va yonilg`i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Oltariq neft
gaz koni ochilgandan keyin Frantsiyaning TEKHEP firmasi bilan hamkorlikda
1993-yil Buxorodagi Qorovulbozor tumanidagi qurilayotgan neftni qayta ishlash
zavodi nihoyasiga yetib qoldi. 1995-yil dastlabki mahsulotni berdi. Bu zavodlarda
yuqori oktanli benzin V-92, aviabenzin, dizel yoqilg`isi, koks, parafin, motor
moylariga qo`shilmalar, motor surkov moylari, kerosin, bitum, mazut, 50 dan
ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Gaz sanoati yoqilg`i energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog`i.
Neft gazdan sanoat maqsadida foydalanish uchun 15 km uzunlikda birinchi
gazoprovod Andijonda 1944-yilda qurilgan. Gaz ishlab chiqarish 50-60- yillarda
boshlandi. Gaz qazib olish sanoati Buxoro, Qashqadaryo, Farg`ona, Surxondaryo
va Qoraqalpog`iston Respublikasida rivojlangan.
1960-yil ayrim shahar va qishloqlarni gazlashtirish boshlandi. O`zbekiston
tabiiy gazi 3500 metr chuqurda bosim 600 atm. joylashgan. 1972-yil Muborak
gazini qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushib va aralashmalardan
tozalash imkonyati yaratildi. SHo`rtanda gaz kompleksi qurildi. Sрo`rton-
7
Sirdaryo-Toshkent gazoprovodi ishga tushdi.
Sho`rtan gaz kompleksida jahonda 1-chi bo`lib molekulyar elak (g`alvirlar)
qo`llanildi. Qazib olinayotgan gazning 98% oltingugurti gaz konlariga to`g`ri
keladi. Farg`ona neft Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho`rtangaz
kompleksida yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |