6-Mavzu: Buxoro voxasi shaxarlari urbanizatsiyasi. (2 soat) Reja



Download 147,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi147,19 Kb.
#227462
1   2   3   4
Bog'liq
6 mavzu

Buxoroyi  Sharif  (Sharofatli  Buxoro)  —  qadimgi  Buxoroning  keng 

tarqalgan  nomlaridan  biri.  O‘rta  asrlarda  jahondagi  7  shahar:  Makka,  Madina, 

Quddus, Buxoro, Bag‘dod, Damashq, Mozori Sharifga diniy markaz sifatida shuhrat 

qozonganliklari  uchun  «Sharif»  unvoni  berilgan  edi.  Buxoro  qadimdan  turli  nomlar 

bilan  atalib  kelingan.  Ayniqsa,  Arab  xalifaligi  va  Somoniylar  davrida  shahar 

yuksalgan. 

Buxoroning 

nomlaridan 

«Foxira» 

(«Faxrli 

shahar») 

atamasi 

Narshaxiynnt  ta’rifi  bo‘yicha,  islom  dinining  barqarorligi  yo‘lida  qon  to‘kkan 

shahidlar  sharafiga  nisbat  qilib  berilgan.  Shahar  islomni  targ‘ib  qilish  va  qaror 

toptirish yo‘lida ham muhim rol o‘ynagan. Buxorodan islomiyat va hadis ilmlarining 

yirik  targ‘ibotchilari  va  tasnifchilari  (Imom  Buxoriy  va  b.)  etishib  chiqdi.  Islom 

huquqshunosligining  Buxoro  maktabi  tashkil  topdi.  Buxoroning  islom  dini, 

musulmon  axloqi, 

madaniyati  va  huquqshunosligining  Sharqdagi  kuchli 

markazlaridan  biriga  aylanishi  tufayli  unga    IX  asr  boshlaridayoq  «Qubbat  ul-

islom»  —«Islom  dinining  gumbazi»  degan  sifat  ham  beriladi.  Narshaxiyning 

guvohlik  berishicha,  mashhur  fiqhshunos  (huquqshunos)  olim  Xoja  imom  Abu 

Xafsi Kabir Buxoriy tufayli Buxoro «Qubbat ul-islom» deb atalgan. 

       O‘rta asrlarda Buxoro faqat islomiyatdagina emas, balki ilmu ma’rifat va 

madaniyat tarqatishda ham Movarounnahrda yirik markaz sifatida shuhrat topdi. 




Buxoroda turli asrlarda bino qilingan 200 ga yaqin madrasalarda o‘z davrida minglab 

tolibi ilmlar diniy va dunyoviy bilimlarni olib, butun O‘rta Osiyo bo‘ylab ziyo 

tarqatganlar. Shayx Sayfiddin Boharziy faoliyati tufayli Buxoroning shuhrati islom 

olamida yana ham ko‘proq tarqaldi. Shu sababli XIII asrdan boshlab unga yana bir 

sifat — «sharif» so‘zi qo‘yilib, u Buxoroyi sharif, ya’ni Sharofatli Buxoro nomi 

bilan yuritiladigan bo‘ldi. 

Abu Bakr Muhammad Narshaxiy(899 – 959) Abu Bakr Muhammad ibn 

Ja’far ibn Zakariyya al – Xattob ibn Sharik an – Narshaxiy – tarixchi olim. 

Buxoroning (hozirgi Vobkent tumanida) Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Tarjimai 

holiga oid ma’lumotlar kam. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943 – 

944 yillarda «Buxoro tarixi» nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri 

Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943 – 954)ga bag‘ishlagan. Asar qo‘lyozma 

nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda «Tarixi Narshaxiy», 

«Taxqiq ul–Viloyat» («Viloyat haqiqatini aniqlash»), «Axbori Buxoro» («Buxoro 

haqida xabarlar») kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan 

atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki 

asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha etib kelgan qismi 1128 yilda Quva 

shahridan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al – Quboviy arab 

tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham 

Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari qisqartirilgan va 

so‘nggi voqealar asosida to‘ldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini 

qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning 

«Hazoiq ul –ulum», Ibrohimning «Axbar–i Muqanna» kabi asarlaridan foydalanib, 

uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab o‘tgan davrdan 

keyingi, 1178 – 1179 yillardan 1220 yillarga qadar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar 

kirib qolgan. 

 

«Buxoro  tarixi»  asari  o‘zining  ilmiy  ahamiyatini  yo‘qotmagan  va  hozirgi 



kunda  Somoniylar  davri  tarixi  bo‘yicha  eng  noyob,  qimmatli  asar  hisoblanadi. 

Asarda  Somoniylar  davlatining  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy,  ijtimoiy  hayotiga  oid 

ma’lumotlar 

keltirilgan. 

Movarounnahr 

va 


Xuroson 

aholisining 

arab 

bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi  qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan 



ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. Narshaxiy saroy 

tarixchisi  bo‘lganligi  sababli  hukmron  tabaqa  siyosatini  yoqlab,  xalqning 

hokimiyatga chiqishini qoralagan.  

Imom  al  –  Buxoriy(810.21.7,  Buxoro  –  870.31.8,  Samarqand  yaqinidagi 

Xartang  qishlog‘i)  Buxoriy,  Imom  al  –  Buxoriy  (asl  ismi  Abu  Abdulloh 

Muhammad  ibn  Ismoil  al  –  Buxoriy)  –  islom  olamining  yirik  mutafakkiri,  buyuk 

muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Buxoriy 

umr  bo‘yi  hadislarni  to‘plash  va  tizimga  solish  bilan  shug‘ullangan,  ularni  sahih 




(to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. U jami 600 mingga yaqin 

hadis  to‘plagan  bo‘lib,  shundan  100  ming  «sahih»  va  200  ming  «g‘ayri  sahih» 

hadisni yoddan bilgan.  

Imom  al  –  Buxoriy  20  dan  ortiq  kitob  tasnif  etgan.  Ulardan  ayrimlari 

bizgacha  etib  kelgan.  Imom  al  –  Buxoriy  ilmiy  merosi  ham  boy  bo‘lib,  bunga 

kuyidagilarni aytish mumkin:  

  Imom al – Buxoriyning «Al – Jomi’ as – sahih» («Ishonchli to‘plam») deb 

nomlangan  («Sahihi  Buxoriy»  nomi  bilan  ham  ataladi)  4  jild  (juz)  dan  iborat 

hadislar  to‘plami  islom  olamidagi  boshqa  muhaddislar  tuzgan  hadis  to‘plamlari 

orasida eng ishonarli va mukammalidir.  



 

Download 147,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish