6-Mavzu. Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalari (4 soat) Reja : Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalalari



Download 316,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana05.04.2022
Hajmi316,58 Kb.
#529673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6(1)

Individning o „z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni 
yana esga tushirishi xotira deyiladi. 


Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy 
jarayonlar alohida ajratib ko’rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil 
psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o’sha 
faoliyat bilan belgilanadi. 
Xotira mexanizmlarini o’rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan 
boshqalaridan ustunroq bo’lib, fanda turli yo’nalishlar va nazariyalarning ilgari 
surilganligi bilan ma‘lumdir. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlarining 
shakllantirilishida subektning faolligi qanday rol o’ynashiga va faollikning 
mohiyatiga qanday yondashuviga bog’liq holda tasniflash va baholash mumkin. 
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir 
bo’ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog’liqligi xotiraning har xil turlarini 
ajratish uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari 
uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo’linadi: 
1)
faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga 
qarab xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so’z-mantiqli turlarga bo’linadi; 
2)
xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko’ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
turlarga bo’linadi; 
3)
materialni gancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra 
(uning faoliyatdagi roli va tutgan o’rniga bog’liq ravishda) xotira qisqa muddatli, 
uzoq muddatli va operativ turlarga bo’linadi. 
Shu o’rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab 
bolish tavsiya etiladi: 
Anglanganlik qonuni. 
Oddiy, lekin murakkab qonun, ya‘ni berilgan
 
materialni 
qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni xotirada mustahkam muhrlagan 
bo’lamiz. 
Qiziqish qonuni. 
Anatol Frans «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni
 
ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli 
qiziqish
bilan 
munosabatda bo’lishimiz va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda tutgan. 
Ilgarigi bilimlar qonuni. 
Ma‘lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p
 
bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari 
o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz, siz 
ilgarigi tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga 
aylangandagina yangilariga zamin bo’la oladi. 
Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. 
Biror materialni eslab qolishdan avval,
bo’lg’usi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab 
qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun juda kerak deb, muhimligini 
anglasangiz, u narsa xotirada muhim saqlanadi. 
Assotsiatsiyalar qonuni. 
Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham
 
yozgan. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada 
ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, muayyan xona o’sha erda ro’y bergan hodisani 
ham eslatadi. 


Ketma-ketlik qonuni. 
Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish oson, uni
 
teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma‘lumotlarni ma‘lum tartibda 
joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga 
muvofiqdir. 
Kuchli taassurotlar qonuni. 
Eslab qilinadigan narsa to’g’risidagi birinchi
 
taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin 
bo’ladi va siz uchun ahamiyatli ma‘lumotlar oqimida eslanayotgan material ham 
yaxshi esga tushadi. 
Tormozlanish qonuni. 
Har qanday yangi ma‘lumot o’zidan oldingi
 
ma‘lumotni tormozlaydi. Oldingi ma‘lumotning o’chib ketmasligi uchun, yangini 
esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko’rishingiz kerak
3

Kasb xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira - xodimning ilgari idrok etib 
amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor xizmat faoliyatiga aloqador va uni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlarni eslab qolish
esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi 
xislat»
4

Kasb xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga 
erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab 
qolish, keyin esga tushirish jarayoni subekt faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi va 
bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog’liq.Faoliyatning maqsadi bilan 
bevosita bog’liq material ko’proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash 
jarayonidan ham kuchli bo’ladi. 

Download 316,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish