Tashkiliy qism: O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Bumerang” metodidan foydalaniladi.
Yangi mavzu bayoni: Tovushqatorda joylashgan asosiy yeti pog’onadagi notalar zarur bo’lgan paytda yarimtonga ko’tarilishi yoki yarim tonga pasaytirish mumkin. Bunday hollarda maxsusbelgilardan foydalaniladi. Bu belgilarga “alteratsiya belgilari” deyiladi. Alteratsiya belgilari “diyez”,“bemol”, “bekar” deb nomlanadi. Nota yozuvida bu belgilar nota oldiga qo’yilib, nota nomidan so’ng aytiladi. Musiqa asarlarida diyez va bemol belgilari sol kalitidan keyin yozib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |