61
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
I. Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish
Darsning turi
nazariy-demonstrativ (ko‘rgazmali)
O‘qitishning usul va
texnologiyalari
suhbat,
savol-javob, “Ekspress” usuli
O‘qitishning shakllari
yakka tartibda, qatorlar bilan,
sinf bilan ishlash
AKT va interfaol vositalar
o kompyuter
o elektron doska
o smart doska
o proyektor
o televizor
o kolonkalar
Ko‘rgazmali qurollar va
o‘qitish vositalari
o darslik
o taqdimot
o video
o rasmlar
o plakatlar
o tarqatma
kartochka-vazifalar
o amaliy vazifalar
o laboratoriya vazifalari
o test varaqalari
o so‘rovnoma
II.
Motivatsiya
Ish yuritish sirlarini bilmoqchimisiz?
III. Yangi tushunchalar
Matn protsessori, Office dasturlari, MS Word, Word interfeysi,
hujjatni tahrirlash uskunalari, hujjatning formatlari.
Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi
Hozirgi kunda hujjatlar yaratish, kitob, darslik,
gazeta va jurnallar,
buklet va otkritkalarni chop etishning yangi usul va vositalari
qo‘llanilmoqda. Chunki elektron shakldagi hujjatlarni kompyuterda
tez va oson usullarda qayta ishlash, chop etish, ko‘paytirish yoki
elektron pochta orqali jo‘natish imkoniyati mavjud.
Windows operatsion tizimi tarkibidagi
Блокнот, WordPad
kabi
matn muharrirlarining vazifalari cheklanganligini o‘tgan mavzularda
bajarilgan mashqlardan bilib oldingiz. Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilarga yanada qulaylik
yaratish maqsadida
Microsoft Office
(offis paketi) deb nom olgan dasturlar to‘plamini yaratdi.
1992-yilda yaratilgan bunday dasturlar paketiga faqat 4 ta ilova: Word, Excel, PowerPoint va Mail
dasturlari kiritilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 10 taga yetdi. Bugungi kunda ham Office
paketi dasturlarining versiyalari (lahjalari) kundan-kunga o‘zgarib, takomillashib bormoqda.
O‘quvchilar mavzuga oid asosiy tushunchalarni daftarga yozib oladi va amaliy mashgulotni bajarish
maqsadida kompyuter oldiga o‘tiradi.
Yangi
mavzu
O‘qituvchi:
Doskada sana, mavzu yoziladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘tilgan bob bo‘yicha tezkor test savollarini
tarqatadi. O‘quvchilarga 5 daqiqa vaqt beriladi va testlar yig‘ib olinadi. Ekranda slaydlar yordamida
yangi mavzu bayon qilinadi.
62
MS Word — MS Office
amaliy dasturiy ta’minot
oilasiga kiradi va aynan matn terish, uni
rasmiylashtirish, matnga jadval, rasm va
turli obyektlarni joylashtirib, uni bezashda ishlatiladi.
Daftarga yozib oling!
O‘quvchilar vazifalarni bajarib bo‘lgach, o‘qituvchining javobi yoki slaylarda berilgan javoblar bilan
solishtiradi.
Mustaqil ish
O‘zingizni sinab ko‘ring
O‘quvchilar 49-betdagi dastur interfeysini tashkil etgan bo‘limlar bilan tanishib, ish daftariga yozib oladi.
Dasturni ishga tushiring. Ribbon tasmasida joylashgan Menyu bo‘limlarini birma-bir ochib, unga
kiritilgan vazifalarni tahlil qilgan holda shu bo‘limning asosiy vazifalarini yozing.
Главная –
Вcтавка –
Дизайн –
Разметка страницы –
Ссылки –
Рассылки –
Рецензирование –
Вид –
Dars
13
O‘qituvchi:
Bolalar, darslikning 13-mavzusida MS Word dasturini ishga tushirish usullari ko‘rsatilgan, hozir
Sizlar shu ko‘rsatma asosida Microsoft Word dasturini ishga tushirish usullarini bajarib ko‘rasiz.
1-usul.
Ish stolida joylashgan
Пуск
yoki
tugmachasini bosing. Ochilgan bosh menyu panelida
sichqoncha ko‘rsatkichini
Все программы
bo‘limi ustida bir oz ushlab turing. Natijada, shu
kompyuterga o‘rnatilagan faol dasturlar ro‘yxati hosil bo‘ladi.
2-usul.
Ish stolida ikonkaning ustiga bosing.
3-usul.
Ish stolining masalalar panelida piktogramma tugmachasini bosing.
Dastur ishga tushirilgach, ekranda uning ko‘rinishi (interfeysi) hosil bo‘ladi.
50-betdagi savol va topshiriqlarni og‘zaki bajarish. Matnda berilgan piktogrammalar o‘rniga
48-betda keltirilgan jadval asosida shu piktogrammalarning vazifasini yozing va matnni to‘ldiring.
Uy vazifasi