4-mavzu: G‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri reja


Xo‘sh, korrupsiya darajasini keskin tushirish uchun nimalarni qilish kerak?



Download 67,51 Kb.
bet24/25
Sana02.05.2020
Hajmi67,51 Kb.
#48540
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
4 mavzu

Xo‘sh, korrupsiya darajasini keskin tushirish uchun nimalarni qilish kerak? Bu erda beshta asosiy aspektni keltirish mumkin:

1) Korrupsiyaga qarshi tizimli yondashish. Bu erda nafaqat korrupsionerlarga jazo muqarrarligini ta’minlash, balki korrupsiyaga sabab bo‘layotgan tizimni isloh qilish nazarda tutiladi. Masalan, agar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiya kuzatilsa, demak ushbu xizmatlarni soddalashtirish, elektron tartibda taqdim etish, ularning transparentligini ta’minlash, bir insonga (xoh boshliq, xoh oddiy xizmatchi bo‘lsin) qaror chiqarish yoki chiqarmaslik huquqini bermaslik va hokazo.

2) Sudlarni mustaqil, oshkora, qonun doirasida ishlashini ta’minlash. Agar oddiy fuqaro sudda adolat topmasa, uning huquqlari poymol qilinadigan bo‘lsa, tizimli xato yuzaga keladi. Umuman olganda, huquq-tartibot organlari, prokuratura va boshqalar adolat va qonun doirasida ish ko‘rishlari darkor.

3) Bularni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun yana bitta omil - bu erkin va kuchli fuqarolik jamiyati. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini, majburiyatlarini bilmasalar, ular talab qilish mexanizmlariga ega bo‘lmasalar davlat va nodavlat institutlarni korrupsiyaga qarshi ruhda ishlatish qiyin. SHu bilan birga, mustaqil OAV roli ham juda muhim.

4) Muvozanatni saqlaydigan tizim yaratilishi va muvaffaqiyatli ishlashi kerak. O‘z-o‘zidan ma’lumki, hokimiyatning uch bo‘g‘ini (Ijro, Sud va Qonunchilik) muvozanatni saqlasalar va fuqarolarning institutlar ustidan nazorati bo‘lsa, korrupsiyaga imkoniyatlar keskin kamayishi mumkin. Bu erda nepotizm, taniish-bilish, mahalliychilik va boshqa illatlar yo‘q bo‘lishi asta-sekin boshlanadi.

5) Iqtisodiy rag‘batlar albatta, mavjud bo‘lishlari shart. Ushbu stimullar korrupsiya orqali qo‘shimcha daromad olish istagini mutlaq yo‘qotadi. Masalan: AQSHda sizni tezlikni oshirganingiz uchun politsiya xodimi to‘xtatsa, jarimadan qutilish uchun unga pora berib qocha olasizmi? Albatta! Faqat pora 1 yoki 2 million dollar bo‘lishi kerak. Nima uchun? CHunki politsiyachi yaxshi xizmati uchun qator preferensiyalarga ega. Masalan, kreditga uy, avtomashina, maishiy texnika va boshqalarni olishi mumkin, nafaqasi yuqori bo‘lishi mumkin. Demak, u sidqidildan xizmat qilishga harakat qiladi. Bunday misollar ko‘p.

Bolalarni chaqaloqligidan korrupsiyaga qarshi ruhda tarbiyalash darkor. Bir tomondan korrupsiyaga yo‘l ochmasdan tizimli ish yuritilsa, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ishlar tadbiq etilishi darkor.Bu erda milliy g‘oyaning insoniylik, vatanparvarlik prinsiplari, masalan, birovning haqini olmaslik, o‘g‘rilik qilmaslik, aldamaslik va boshqa xalqimizga xos amallardir. Endi tanish-bilishchilik, mahalliychilik va boshqa illatlardan voz kechish kerak.SHuni tushunish kerakki, agar inson hozir korrupsiyaga aralashib o‘z ishini bitirib olsa, juda qisqa fursat ichida o‘zi uchun «ijobiy natija»ga erishishi mumkin, lekin bu natija jamiyat va aslida o‘zi uchun ham uzoq muddatgacha salbiy oqibatlarni olib keladi. CHunki «bumerang effekti», albatta, ishlaydi. Qilmish-qidirmish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida tegishli tashkilotlar ishtirokida ko‘plab harakatlar amalga oshirib kelinmoqda.

Milliy g‘oya targ‘iboti bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni xalqga etkazib berishda Senat a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, YUristlar malakasini oshirish markazi, tegishli idora va muassasalar rahbarlari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita yaqindan ko‘maklashmoqdalar.

Bugungi kunda korrupsiyani oldini olish borasida qilinayotgan sayi-harakatlar, uning samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalar muhokama markazida bo‘lib qolmoqda.Jumladan: “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish bugungi kunning dolzar vazifalaridan biridir.

2017-2018 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish jarayonini tezlashtirishda muhim huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda. Jumladan, bu borada “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarni amaliyotga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, jamiyatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish uchun bugun qabul qilinayotgan qonunlar hamda qonunosti hujjatlarning sifatini oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish, yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi omillarni o‘rganish asnosida unga qarshi kurashishning aniq chora va mexanizmlarini qo‘llash davr talabiga aylanmoqda.

Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni, bunda iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy choralarning ahamiyati haqida ko‘plab masalalar hal etilishi nazarda tutilib kelinmoqda.



Tegishli vazirlik va mutasaddi idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish, davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligi va samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanishga doir amaliy taklif va tavsiyalar berilishi lozimdir. Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib turishdan iborat.



Download 67,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish