4-bob. Umumiy montaj ishlarida ishlatiladigan yuk ko‘tarish mashinalari



Download 5,21 Mb.
bet3/24
Sana31.03.2022
Hajmi5,21 Mb.
#520378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
yuk kotarish

4.1-rasm. Reykali domkrat
a - umumiy ko‘rinish; b – to‘xtatgich; 1 - korpus; 2 - reyka;3 - buriladigan yuk ko‘taruvchi kallak; 4 - taglik; 5-dasta; 6- uzatma; 7 - val; 8- tishli g‘ildirak; 9- xrapovikli g‘ildirak.
Yukni tushirishda dasta qarshi tomonga aylantiriladi va bir vaqtning o‘zida xrapovikli g‘ildirakni bo‘shatib rezba o‘ngga harakat qiladi. Reykali domkratlar yordamida 6 tonna yukni 0,6m balandlikka ko‘tarish mumkin.
Vintli domkrat bronza gayka 8 li korpus 1 to‘g‘ri burchakli yoki trapesiyasimon rezbali vint 2, yuk kallagi 3 va tresheshkali dastak 6 dan iborat. Dastak vintning doirasimon qismiga erkin o‘rnatilgan. Tresheyka vintni kvadrat qismiga kiygizilgan tishli g‘ildirak 4 va ushlagich 7 dan iborat. Vintni yo‘nalishiga bog‘liq holda ushlagich o‘z o‘qi 5 ning chetki holatlaridan biriga buriladi va prujina 10 ni to‘xtatgich 9 bilan ushlab turiladi.



4.2-rasm. Vintli domkrat
1-korpus; 2-vint;3-yuk kallagi; 4-tishli g‘ildirak; 5-o‘q; 6-dasta;
7-ushlagich; 8-gayka; 9-to‘xtatgich; 10-prujina.
Vint-gayka jufti o‘z-o‘zini to‘xtatib yukni ushlab tura oladi. SHuning uchun vintli domkratlarda to‘xtatish qurilmasi yo‘q. Vintli domkratlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 50 tonnagacha, yuk ko‘tarish balandligi esa 0,35m. Ko‘tarilayotgan yuk miqdori 20 tonnadan ortganda dastakdagi kuchlanish ortadi.
Gidravlik domkrat(4.3-rasm) korpus vazifasini bajaruvchi silindr 6, porshen 5, nasos 1, so‘rish 3, haydash 4 va tushirish 7 klapanlaridan iborat.
4.3-rasm. Gidravlik domkrat
1-nasos; 2-bak; 3-so‘rish klapani; 4-haydash klapani; 5-porshen; 6-silindr; 7-to‘kish klapani; 8-dastak.9-gayka; 10-shtok; 11-silindr; 12-porshen;
13-tutkich; 14-tirak plita.
Ishchi suyuqlik sifatida mineral moy yoki muzlamaydigan aralashmadan foydalaniladi. Moy uchun bak 2 korpus bilan birga tayyorlanadi. Dastak 8 orqali nasos plunjeriga ilgarilanma-qaytma harakat beriladi. Bunda plunjer o‘ngga harakat qilganda suyuqlik bosim ostida haydash klapani orqali asosiy silindrdagi porshen ostiga tushadi.
Dastak yuritmali gidravlik domkratlar 200 tonna yukni 0,18÷0,2 metrga ko‘taradi. Mashina yuritmasi bo‘lgan gidravlik domkratlar esa 500 tonnagacha yuk ko‘taradi.

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish