31. Davlat organi davlat muassasasi, davlat tashkiloti tushunchalari va


Davlat  xizmatlari  islohotlarini  ma’muriy  islohotlar  tizimida  tutgan



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.08.2021
Hajmi0,58 Mb.
#153675
1   2   3
16.Davlat  xizmatlari  islohotlarini  ma’muriy  islohotlar  tizimida  tutgan 

o’rnini yoritib bering. 

O’z  javobingizni  milliy  va  xorijiy  olimlar  ilmiy  qarashlari  asosoda 

hamda qonun hujjatlari va boshqa manbalarga tayanib asoslantirib bering. 

Davlat  boshqaruvi  tizimida  olib  boriladigan  ma’muriy  islohotlar  borasida 

har  bir  davlat  tarixiy,  siyosiy  huquqiy  yoki  madaniy  xususiyatlardan  kelib  chiqib 

yondashadi.  Lekin  shu  bilan  birgalikda  ba’zi  bir  umumiy  xususiyatlar  ham  yo’q 

emas.  Bunday  umumiyik  birinchi  navbatda  olib  boriladigan  ma’muriy 

isohotlarning  maqsadi,  asosiy  yo’nalishlarida  namoyon  bo’ladi.  Ilmiy 

adabiyotlarda,  davlat  xizmati  sohasidagi  o’zgarishlarni  mustaqil  islohotlar 

yo’nalishi  sifatida  yoki  ma’muriy  islohotlarning  bir  ko’rinishi  sifatida  namoyon 

bo’lishini ko’rish mumkin.  

Davlat  xizmati  sohasidagi  islohotlar  turli  davlatlarda  har  xil  namoyon 

bo’ladi.  Anglosakson  va  roman-german  tizimiga  xos  davlatlarda  davlat  xizmatini 

tashkil  qilish  yoki  mavjud  muammolarni  hal  etishga  qaratilgan  islohotlar 

turlichadir.  Jumladan,  anglosakson  daavlatlarida  asosiy  kamchiliklardan  biri 

sifatida  davlat  xizmati  huquqiy  asoslarining  tizimlashmaganligida  hisoblansa, 

roman-german  davlatlarida  samaradorlikning  pastligi,  jamiyatda  uzilish  borligini 

ko’rish  mumkin.  Bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki,  davlat  xizmatini 

isloh  etish  uning  samaradorligini  oshirishga  hamda  tez  o’zgaruvchan  ijtimoiy-

iqtisodiy munosabatlarga moslashib borishiga xizmat qilishi lozim.  

Ma’muriy  islohotlar,  birinchi  navbatda,  davlat  xizmatchilari  tomonidan 

ko’rsatiladigan  xizmat  sifatini  oshirishni  nazarda  tutadi.  Olib  borilgan  isohotlar 

davlat  xizmatchisi  tomonidan  aholini  qabul  qilish  jarayonini  soddalashtirishi, 

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  tegishli  hujjatlarini  olish  jarayonini 

yengillashtirishi,  shuningdek,  davlat  tomonidan  ko’rsatilayotgan  xizmatlar 

to’g’risida aholi xabardorligini yaxshilashi lozim.  

Xorijiy  davlatlar  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  ma’muriy  islohotlar  davlat 

tuzilmalaridagi  boshqaruv  bilan  biznes  sohasidagi  menejmentni  yaqinlashtirib, 




xizmatlar  sifatini  oshirishga  hamda  boshqaruv  qarorlarini  operativ  qabul  qilishga, 

ularni amaga oshirishga xizmat qilishi lozim

1



Davlat  xizmati  islohotlari  jamiyatga  xizmat  qilishi  uchun  amalga 



oshirilishini ko’zda tutadi. Shu sababli aksariyat davlatlarda davlat xizmatchisining 

asosiy  majburiyatlaridan  biri  sifatida  qonunlar  va  inson  huquqlariga  rioya  qilish 

o’rnatilgan.  Ayrim  hollarda  davlat  xizmatchisining  shaxsiy  manfaatlari  jamiyat 

manfaatlariga  qarama-qarshi  bo’lishi  mumkin.  Bu  fanda  “manfatlar  to’qnashuvi” 

deb  ataladi.  Odatda  davlat  xizmmatchisining  shaxsiy  manfaatlari  bilan  xizmat 

majburiyatlari  o'rtasida  ana  shu  manfaatlar  to’qnashuvi  yuzaga  keladi.  Ma’muriy 

islohotlar mana shunday holatlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratiladi.  

Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, biron bir davlatda ma’muriy isohotlar 

oxiriga yetkazilgani yo’q. Chunki, jamiyatning rivojlanishi, undagi tub o’zgarishlar 

ma’muriy  islohotlarni  davom  ettirish  zaruratini  vujudga  ketiradi.  Shu  sabali, 

ma’uriy  islohotlar  har  qanday  davlat  boshqaruvining  ajralmas  elementi  sifatida 

namoyon bo’ladi. Islohotlar doimiylik xususiyatiga ega. 

 

 

                                                             



1

 Тихомиров Ю.А. Адмнистративное право  процесс: Полный курс.  М:Тихомиров, 2005. 123-стр. 




Kazus 

39.Arizachi X shikoyat arizasini quvvatlab, 1960 yil 12 iyun kuni Andijon 

shahrida  tug’ilganligini,  otasi  Z.  onasi  Y  ekanligini,  1980-yilda  qonuniy  nikoh 

asosida  C.ga  turmushga  chiqqanligini,  tug’ilganligi  shahar  FHDY  bo’limida 

tug’ilganlik  haqidagi  haqidagi  dalolatnoma  yozuvida  jinsi  “erkak”  deb  yozilishi 

natijasida  familiyasi  Ya,  otasining  ismi  N  deb  qayd  etilganligi,  ushbu  xatolikni 

to’g’irlash  maqsadida  FXDY  bo’limiga  murojaat  etganligi,  FXDY  bo’limi  rad 

javobi bergnligi, o’zini shaxsini tasdiqlovchi pasportida familiyasi Yu, ismi R, ota 

ismi  N  deb  yozilganliginia,  hozirda  nafaqaga  chiqish  uchun  tug’ilganlik  haqidagi 

dalolatnoma  yozuvida  jinsi  erkak,  ota  grafasi  N-vich,  familiyasi  Ya-ov  deb  qayd 

etilganligi  sababli  nafaqaga  chiqishga  to’sqinlik  qilayotganligini,  shuning  uchun 

sudga  murojaat  qilishga  majbur  bo’lganligini  bildirib,  FXDY  tomnidan  24  iyun 

1960  yil  kunidagi  2701-son  bilan  yozilgan  yozilgan  tug’ilganlik  haqidagi 

dalolatnoma  yozuvida  yozilgan  familiyasini  “Ya-v”  dan  “Ya-va”ga,  jinsi 

“erkak”dan  “ayol”ga  ,  ota  ismini  “N-vich”dan  “N-vna”ga  tuzatish  kiritishni 

Andijon  shahar  FXDY  bo’limiga  majburiyat  yuklash  haqida  hal  qiluv  qarori 

chiqarishni so’rab, tushuntirish berdi. 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish