3 mundarija


Kurs ishi obyekti va predmeti



Download 1,24 Mb.
bet2/10
Sana12.06.2022
Hajmi1,24 Mb.
#657070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari 21 04 2022 (4)

Kurs ishi obyekti va predmeti. Kurs ishi obyekti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi va xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari hisoblanadi.
Kurs ishi predmeti esa mamlakatimiz bilan chet el mamlakatlari, xalqaro moliya tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan xalqaro moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.
Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Kurs ishi asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini riovlantirish orqali uning xalqaro moliya munosabatlaridagi o‘rnini yanada mustahkamlash yuzasidan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi maqsadidan kelib chiqib, quyidagilar Kurs ishi vazifalari etib belgilandi:

  • mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantishda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokining nazariy asoslarini o‘rganish;

  • xalqaro moliya tashkilotlariningamaldagi faoliyatini tahlil qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlarini jalb etishnong amaldagi holatini tahlil qilish;

  • mamlakatimiz tijorat banklarida xalqaro moliya tashkilotlarining resurslari bilan yirik loyihalarni kreditlash holatini tadqiq etish;




  • O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro moliya institutlar bilan hamkorlik aloqlarini yanada kengaytirish borasida tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqish;

Kurs ishi ishi tuzilmasining tavsifi. Mazkur kurs ishi ishi kirish, 2ta bob, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1 ta jadval, 1 ta rasmdan iborat va 34 betni tashkil etadi.

I BOB. XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI FAOLIYATI RIVOJLANISHINIG UMUMNAZARIY ASOSLARI

    1. Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi, nazariy va tashkiliy-


huquqiy asoslari

Xalqaro valuta-kredit hamda moliyaviy munosabatlarning institutsional tuzilishi o‘z ichiga qator xalqaro moliya tashkilotlarni qamrab oladi. Ko‘plab xalqaro moliya institutlar soha doirasida ko‘pgina vakolatlarga hamda yirik miqdordagi moliyaviy resursga ega bo‘lgan holda xalqaro valuta-kredit va moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi. Boshqalari esa, davlatlararo muhokama etish uchun turli xil forumlar tashkil etish hamda valuta-kredit va moliya siyosati bo‘yicha taklif, tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishning shakllanishi va rivoji xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatiga uzviy bog‘liq.


Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadida hukumatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. AQShlik iqtisodchi olim Damon P.Coppola mazkur iqtisodiy tashkilotlarga quyidagicha ta’rif beradi: “Xalqaro moliya institutlari rivojlanayotgan davlatlarga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun a’zo davlatlarning pul mablag‘laridan foydalanadigan mustaqil a’zo davlatlardan iborat bo‘lgan xalqaro banklardir”.
Xalqaro moliya tashkilotlarning vujudga kelishiga jahon iqtisodiyotining globallashuvi, xalqaro moliya bozorlarining va jahon valuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘lgan. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topa boshlagan va hozirgi kunda mamlakatlarning valuta – kredit va moliya munisabatlari sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni xalqaro darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynamoqda.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo‘lgan mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Tashkilotning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishi 3 bosqichda amalga oshgan bo‘lib, birinchi bosqichi birinchi hamda ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrga to‘gri keldi. Ikkinchi bosqichi ya’ni ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970-yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Uchinchi bosqichi esa 1980-yillarning boshlarida boshlangan. Negaki, ushbu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonining kuchayishi va integratsion jarayonlar jadallashgan. Jahondagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni hamkorlikda bartaraf etishga bo‘lgan ehtiyoj sezdilar hamda buning natijasida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga bo‘lgan talab ortib borgan.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish