Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo'lindi. U
muqaddima, olti bo'limga bo'lingan 158 moddadan iborat yedi.
Ushbu loyiha
yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi va¬rianti ishlab
chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiya¬viy komissiyaning
navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kons¬titutsiya loyihasi ustida olib
borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Majlisda Konstitutsiya loyiha¬sini
uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya)
tuzishga qaror qilindi
Umumxalq muhokamasi uch oy davom yetdi. Shu davrda O'zbekiston
Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo'ldi. Uning mazmuni
shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat
mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha
mehnatkashlar takliflari
asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom yettirish uchun
yana ikkinchi marotaba matbuotda ye'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi
davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127
moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta
modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi.
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqanida
keltiramiz: Loyihaning 1-moddasida «O'zbekiston - demokratik respublika» deb
yozilgan yedi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» «so'zini qo'shib qo'ygan.
Natijada bu modda «O'zbekiston - su¬veren demokratik respublika» tarzida bo'ldi.
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha yedi: «O'zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya...
vakolat bergan idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi.
Ya'ni, respublikada davlat ho¬kimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab... amalga
oshiriladi. Bu bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir
manbayi-dir» (7-m., 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi
o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlik kuchaydi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992-yil 7-dekabrda bo'lib o'tgan majlisida
Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-qizlar bi¬lan
yerkaklar teng huquqli
yekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza
qilinishi haqidagi moddalar bilan to'ldirishni taklif yetdi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda «O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Sessiya ishtirokchilari
yakdillik bilan 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar.
Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o'z taqdirini o'zi belgilashi
qoidasi mukammal tarzda o'rin olgan. Shu bois
yangi Konstitutsiya xalq
hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Xalq hokimiyati degan
ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki yekanligini anglatadi.
Xalq hokimiyati o'z vazifalarini ham bevosita, ham o'zi saylagan davlat organlari
orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat
hokimiyatining birdan bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko'zlab amalga
oshiriladi.
Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash
maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Bu tabiiy va o'tish davriga xos hodisa. Islo¬hotlar chuqurlashib,
jamiyatni
modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko'lami va miqyosi
kerigaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi
va huquqiy asosiga yega bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: