3-ish. III guruh kationlarini reaksiyalari va aralashmasini analizini bajarish


Uchinchi guruh kationlari aralashmasining analizi



Download 106,75 Kb.
bet25/27
Sana31.12.2021
Hajmi106,75 Kb.
#278187
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
3-ish III guruh kationlari

Uchinchi guruh kationlari aralashmasining analizi

Biz yuqorida guruh reagentining ta'sirini ko'rib chiqqanda guruh reagenti ta'siridan uchinchi guruh kationlarining sulfidlar va gidroksidlar holida cho'kishini aytib o'tgan edik. Uchmchi guruh kationlari aralashmasini analiz qilganda ularning turli xossalariga muvofiq uch guruhga bo'linishidan foydalaniladi.



Uchinchi guruh kationlari aralashmasining analizi tekshiriladigan eritmada fosfatlar va gidrofosfatlar bo'lganda murakkablashadi, chunki bu ionlar uchinchi guruh kationlari bilan fosfatlar hosil qilib cho'kadi. Uchinchi guruh kationlariga birinchi va ikkinchi guruhlar kationlari aralashgan bo'lsa, ikkinchi guruh kationlari oksalatlar hosil qilib, uchinchi guruh kationlari bilan cho'kadi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan va boshqa cho'kmalar hosil qiladigan ionlar aralashmada ishtirok etgani holda, cho'ktirish neytral yoki ishqoriy muhitda olib borilsa, ikkinchi guruh kationlarining oksalatli, magniy ioni, ikkinchi va uchinchi guruh kationlarining fosfatli cho'kmalari tushadi. Agar barcha kationlar aralashmasi analiz qilinayotgan bo'lsa, yaxshilab yuvib ajratilgan cho'kma eritiladi va analiz taxminiy sinashlardan boshlanadi.

Cho'kma sulfidlar, gidroksidlar, oksalatlar, fosfatlar va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin.

  1. Cho'kmani eritish uchun unga KNO2 ishtirokida 6 N HNO3 eritmasi qo'shiladi va eritma biroz qizdiriladi. Natijada ikkinchi grappa kationlari sulfatlaridan boshqa barcha cho'kmalar eritmaga o'tadi. Nitrat kislotada eritgandan so'ng ham cho'kma qolsa, aralashmada sulfatlar boigan bo'lishi mumkin.

  2. Taxminiysinashlar.Agar aqat uchinchi guruh kationlari tekshirilayotgan bo'lsa, aralashmada temir (III), temir (II) va fosfat ionlar borligi tekshirib ko'riladi.

Fosfatlarni topish. Fosfatlar borligini tekshirishda may da chinni kosacha yoki tigelga 2-3 tomchi tekshiriladigan eritmadan tomizib, unga 2-3 tomchi konsentrlangan nitrat kislota eritmasi qo'shiladi va aralashma qurigunicha bug'latiladi. Bunda aralashmadagi fosfatlarni (NH4)2MoO4 bilan topishga xalaqit beradigan HC1 eritmadan yo'qotiladi. Quruq qoldiqqa 2-3 tomchi HNO3 va 2-3 tomchi NH4NO3, hamda 3-5 tomchi (NH4)2MoO4 qo'shiladi. Aralashmada yetarli konsentratsiyali fosfat ioni bo'lsa, sovuq sharoitda ham sariq rangli (NH4)3H4[P(Mo2O7)6] cho'kma hosil boiadi:

H3PO4 + 12(NH4)2MoO4+21HNO3 → (NH4)3H4[P(Mo2O7)6] ↓ + 21NH4NO3+10H2O

Agar aralashmadan fosfat ioni topilsa, uni eritmadan yo'qotish zarur.

Fosfat ionini yo'qotish usullari.

1. Ammoniy molibdat ta 'siridan yo 'qotish sifat analizida cheklangan holda qo'llaniladi. Sababi shundaki, keyinchalik molibdat ionning o'zini yo'qotish kerak bo'ladi.

2. Temir (III) xlorid ta'siridan yo'qotish ancha murakkab bo'lib, uning murakkabligi temir (III) fosfatning FeCl3 ishtirokida eruvchanligi bilan bog'liq. Agar cho'ktirish natriy atsetat ishtirokida qaynatib amalga oshirilsa, qiyinchilikning oldi olingan bo'ladi. Atsetat ion ishtirokida moi miqdordagi temir (III) ionini hosil qilgan kompleks birikma qaynatilganda quyidagicha parchalanadi:

[Fe3(CH3COO)6(OH)3] + 3H2O → 3Fe(OH)2CH3COO↓+ 3CH3COOH

Bunda fosfatni ajratish juda oson tuyulsa-da, aralashmada oksikislotalar va spirtlar ishtirok etsa, kompleks birikma qaynatilganda ham parchalanmaydi. Shuning uchun tekshiriladigan aralashma tarkibidagi oksikislotalarni konsentrlangan nitrat kislota ta'siridan parchalash kerak bo'ladi. Buning uchun aralashma avval chinni kosachada konsentrlangan nitrat kislota bilan qaynatiladi, eritma bug'latilib, so'ngra quruq qoldiq xlorid yoki nitrat kislotada eritiladi. Bu usulda FeCl3 ni qo'shishdan oldin Co2+ va Ni2+ ionlarini ajratish talab etiladi. Co2+ va Ni2+ ionlarini ammoniy sulfid bilan ajratish vaqtida suffidlar oksidlanib, sulfatlarga aylanishi va ikkinchi guruh kationlarini sulfatlar shaklida cho'ktirishi mumkin. Bu analizni qiyinlashtiradi.


Download 106,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish