Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar va h. k.) ishtirok etadi; 77 o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini biladi va ularga rioya qila oladi; davlat ramzlarini biladi, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata oladi; maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.) ishtirok etadi hamda muomala madaniyatiga amal qila oladi; sinfda va oilada o‘z o‘rnini biladi, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay oladi; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam bera oladi; sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylaydi. A1+ jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga munosabat bildira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |