Tinchlik ko‘chasi Kavsar Turdiyeva Menda sira so‘lmas gullar,
Qushlar yayrar chamanda.
Qizlar esa qo‘g‘irchog‘in
Ismin qo‘yar Samanta.
Tinchlik – hayot poydevori,
U orzu qay dillarda.
Shuning uchun takror-takror
Jaranglaydi tillarda.
Ahillik ko‘chasi O‘rtamizdan o‘tmas qil,
Biz ahilmiz, ha, ahil.
Bu his kundan kun oshar,
Bizda har kuni hashar.
Bitmayaptimi uying?
Boshlanyaptimi to‘ying?
Darsdan oldingmi ikki?
Yo boshqa ishing chakki?
Demak, bil shu on, shu dam,
Yetib keladi yordam.
Barcha-barcha ko‘chalar,
190
Urishganlar nechalar.
Havas bilan qarashar,
Bizga kelgach yarashar.
1. She’rlarni ifodali o‘qing.
2. Tinchlik va ahillik ko‘chasining qaysi
xislatlarini bilib oldingiz?
She’rlarni yod oling.