Takrorlash uchun savollar:
1. Kunjutning kelib chiqish tarixi va tarqalishi?
2. Kunjut eng ko„p ekiladigan qaysi davlatlarni bilasiz?
3. Kunjutning ekin maydoni qancha?
4. Kunjutning xalq xo„jaligidagi ahamiyati?
342
5. Kunjutning issiqlikka bo„lgan talabi?
6. Kunjutning yorug„lik va suvga bo„lgan talabi?
7. Kunjutning amal davri necha kunni tashkil etadi?
8. Kunjutning lotincha nomi?
9. Kunjutning rivojlanish davrlari bilasizmi?
10. Kunjutning tuproqqa bo„lgan talabi
Pedagogik texnologiya
“Muammmoli vaziyat”
O„tilgan mavzu yuzasidagi ma‟lumotlaringizga asoslanib “Muammoli
vaziyat” moyli o„simliklar orasida begona o„tlarning tarqalishi, zarari va bu
vaziyatni oldini olish va ularga qarshi kurashish chora tadbirlari haqida mustaqil
fikringizni bayon qiling.
“Muammmoli
vaziyat” turi
“Muammmoli vaziyat”
sabablari
Vaziyatdan chiqib ketish
sabablari
1.
2.
3.
1.
2.
3.
7.5. YERYONG„OQ (ARAXIS)
Ahamiyati
.
Yeryong„oq (xitoy yong„og„i) - qimmatli moyli va oziq-ovqat
o„simligidir. Yeryong„oq dunyoning juda ko„p mamlakatlarida jami 23,7 mln.
gektar maydonda yetishtirilib, gektariga o„rtacha hosildorlik 1,4 tonnani tashkil
etadi. Yetishtiriladigan eng ko„p mahsulot Hindiston, Xitoy va Amerika Qo„shma
Shtatlarining ulishiga to„g„ri kelib, aynan shu mamlakatlarda yetishtirilgan
mahsulotning 60-80% qayta ishlanadi. Dunyo bo„yicha eng yuqori hosildorlik
343
Xitoy (2,5-3,0 t/ga) va Amerika Qo„shma Shtatlarida (3,0-4,0 t/ga) qayd etilgan.
Respublikamizda bu ko„rsatgich or„tacha 1,5-1,8 t/ga dan, ilg„or innovatsion
yetishtirish texnologiyalari joriy etib parvarishlanganda, eng yo„qori hosildorlik
3,7-4,1 t/ga tashkil etgan.
Yeryong„oq urug„ining tarkibida 48-50% engil hazm bo„luvchi moy bo„lib,
sanoatda undan hushta‟am “araxis” moyi ishlab chiqariladi. Yeryong„oq moyi
mazasi bo„yicha zaytun moyidan qolishmaydi. Yeryong„oq moyidan turli sabzavot
ekinlaridan yuqori sifatli konservalar va margarin tayyorlashda, qandolatchilik
hamda parfyumeriya sanoatida keng qo„llaniladi. Birgina qandolatchilik sohasida
yeryong„oq 60 dan ortiq mahsulotlar jumladan: is‟temol moyi, shokoladlar,
pechene, xolva, kofe, konfet, muzqaymoqlar va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Yeryong„oq mag„zi tarkibida moydan
tashqari 26-28% yuqori sifatli engil hazm bo„luvchi oqsil, mineral va vitaminlar
mavjud.
Yeryong„oq poyasi mineral va vitaminlarga boy bo„lib, to„yimliligi bedadan
qolishmaydi. Yeryong„oq moyi ishlab chiqarish jarayonida ajratib olinadigan
kunjarasining tarkibini 48 foizini oqsil va 8 foizini moy tashkil etadi. Bu esa
bo„rdoqichilik, cho„chqachilik va parrandachilikda bebaho oziqa hisoblanadi.
Bundan tashqari yeryong„oq kunjarasidan non mahsulotlari ishlab chiqarishda ham
foydalaniladi. Yeryong„oq kunjarasi qo„shib tayyorlangan pechene va non
mahsulotlari juda mazali bo„lib, narxi balandligiga qaramasdan haridorgir
hisoblanadi.
O„simlik qoldiqlari tarkibida katta miqdorda fosfor, kaliy mavjud bo„lib,
tuproqni turli organik moddalar va minerallar bilan boyitadi.
Uy sharoitida yong„oqlaridan ajratib olingan po„stlog„i chorvachilikda qish
mavsumida yosh buzoqlar, sog„in va homilador sigirlar tagiga zax o„tkazmaslik
uchun solinadi. Sanoatda esa, ushbu yong„oq po„stloqlaridan qurilish mahsulotlari
344
(DSP, shovqindan himoyalovchi izolyator vositalari) ishlab chiqarishda ham
foydalanish mumkin.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |