2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

Hosilni yig„ib olish
. Silos uchun ekilgan makkajo„xori donining sut-mum 
pishish davrida o„riladi. Bunda KSK-100, Vixr, KS-18 va boshqa zamonaviy 
rusumli kombaynlari ishlatiladi.
Don uchun ekilgan makkajo„xorining doni to„la pishganda, so„ta qobiqlari 
quriganda yig„ishtirib olinadi. Bunda «Xersonets-200», «Xersonets-72» rusumli 
maxsus kombaynlar ishlatiladi. Bu kombaynlar bir yo„la makkajo„xorini o„rish, 
poyasini maydalash, so„talarni poyadan ajratib olish va ularni qobig„ini archish 
kabi ishlarni bajaradi. So„talar esa xo„jalikda oddiy molotilka yoki kombaynda 
yanchiladi.
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Sug„oriladigan yerlarda makkajo„xorining o„tmishdoshlari? 
2. Makkajo„xorining ekish muddatlari nimaga bog„liq bo„ladi? 
3. Makkajo„xorining ekish me‟yorlari qanday aniqlanadi? 
4. Makkajo„xorining ekish usuli qanday bo„ladi? 
5. Makkajo„xorining oziqaga talabi qanday bo„ladi? 
6. Makkajo„xori qanday sun‟iy changlatiladi ? 
7. Makkajo„xori qaysi rivojlanish davrida qo„shimcha oziqlantiriladi? 
8. Makkajo„xori qaysi rivojlanish davrida suvni ko„p talab qiladi? 
Pedagogik texnologiya 
Insert jadvali 
 
Insert jadvalini to„ldirish qoidasi:
O„qish jarayonida olingan ma‟lumotlarni 
alohida 
o„zlari tizimlashtiradilar-jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda 
belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq: 
“V”- men bilgan ma‟lumotlarga mos; 
“-“-men bilgan ma‟lumotlarga zid; 
“+”-men uchun yangi ma‟lumot; 
“?”-men uchun tushunarsiz yoki ma‟lumotni aniqlash, to„ldirish talab etiladi. 


141 
V
+

?
 
 
2.8. JO„XORI 
Ahamiyati. 
Jo„xori eng muhim don ekinlaridan hisoblanib, oziq-ovqat yem-
xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega.
Jo„xori donidan un tayyorlanadi. Lekin, uning unidan yuqori sifatli non hosil 
bulmaydi. Shuning uchun oqjo„xori uniga 30-50% bug„doy uni qo„shib non 
tayyorlanadi. Jo„xorining donidan mahalliy taom «go„ja» tayyorlanadi.
Jo„xorining doni va poyasi yem-xashak sifatida ishlatiladi. Uning doni uy 
parrandalari va hayvonlar uchun to„yimli ozuqa hisoblanib, uni butunligicha yoki 
yorma holda berish mumkin. Donining tarkibida 70% kraxmal, 12% oqsil, 3,5% 
yog„ moddalari bo„lib, bir kilogramm donining to„yimliligi 1,22 oziq birligiga 
teng.
Jo„xorining poyasi mollarga ko„k xolicha beriladi, shuningdek undan xashak 
va donining sut-mum pishish davrida o„rilganda sifatli silos tayyorlanadi. 
Jo„xorining sut-mum pishish davrida o„rilib tayyorlangan silosining 100 kg 
to„yimliligi 22 oziqa birligiga teng. Jo„xorining barglari va poyasi 
makkajo„xorinikiga nisbatan mayin o„sish davrining oxirida ham yashil tusini 
yo„qotmaydi.
Jo„xori o„rilgandan so„ng, yangi bachki (qo„shimcha) poyalar hosil qilish 
xususiyatiga ega, shu sababli uni bir yilda ikki, ba‟zan uch martagacha o„rib olish 
mumkin. Lekin, jo„xori erta o„rilganda va tuproqda nam yetishmagan vaqtida 
o„zining poyasi va barglarida sinil kislotasini hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday 
ko„k poya bilan boqilgan mol zaharlanishi mumkin. Shuning uchun jo„xori erta 
o„rilganda, uni biroz so„litib yoki quritib molga berish kerak.


142 
Jo„xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan spirt va 
kraxmal olinadi. Qandli navlarining poyasidan shinni (qiyom), supurgisimon 
navlaridan esa xo„jalik supurgisi va har xil shyotkalar tayyorlanadi. Qandli 
navlarining poyasi tarkibida 10-12% qamish shakari va 1,2-2,0% glyukoza bo„ladi. 
Bu navlardan olingan shinni (qiyom) konserva sanoatida ishlatiladi.
Nihoyat, jo„xori agrotexnik ahamiyatiga ham ega, u qurg„oqchilikka, tuproq 
sho„riga chidamli o„simlik hisoblanadi. Uni takroriy ekin sifatida ekish mumkin, 
chopiqtalab o„simlik bo„lganligi uchun boshqa ekinlar bilan almashlab ekish 
mumkin.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish