2.Akademik kobiliyat - barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bulishlik. Bunday kobiliyatlarga ega bulgan ta’lim beruvchi uz mutaxassisligi buyicha bilimlar xajmidagina emas, balki ancha keng va chukurrok biladi, uz sport turi soxasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy xayotga doir kizikishlari bilan kup narsalarni urganib boradi. Tarbiyalanuvchilarda ma’lum fan buyicha bilim va kunikmalar shakllantirish jarayonida ma’lumotlarni boshka fanlar (fizika, anatomiya, fiziologiya, geometriya va x.k) bilan boglay oladi.
3.Perseptiv kobiliyat - kiska dakikalarda tarbiyalanuvchilar xolatini idrok kila olish fazilati, bu tarbiyalanuvchining,
tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish kobiliyati, tarbiyalanuvchi shaxsini va uning vaktinchalik psixologik xolatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan boglik bulgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday ta’lim beruvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bulmagan tashki belgilar asosida tarbiyalanuvchi ruxiyatdagi kuz ilgamas uzgarishlarni xam faxmlab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |