2 – mavzu: Qadimgi davr Sharq xalqlari madaniyati. Reja


Karimda “Ilm” so‘zi asosida “Alima” – bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy



Download 32,42 Kb.
bet9/10
Sana10.06.2022
Hajmi32,42 Kb.
#649500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Karimda “Ilm” so‘zi asosida “Alima” – bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo‘lgan oyat ham “Iqra...” “O‘qi” so‘zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: “O‘qi! Sening o‘ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o‘rgatadi” deb nozil qilingan. Ko‘rinadiki, islom e’tiqodi avval boshdanoq insonni o‘qib-o‘rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab yetishiga targ‘ib etadi. Mustaqillik tufayli farzandlarimizning dunyoviy bilimlari bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plangan hadislar, naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlarlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bo‘ldik. Jismoniy va ma’naviy poklikka intilish islom ahloQining, Rasululloh hadislarning yana bir muhim mavzu yo‘nalishidir.
Xullas islom barcha mo‘minlarni to‘g‘ri yo‘lga chorlovchi, insonparvar din ekanligini anglab yetishimiz zarur. Shundagina dindan ma’naviy va ma’rifiy tarbiyada foydalanish zaruratiga to‘g‘ri yondoshamiz. Sharq halqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma’naviyatimiz va ma’rifatimizga chuqur ta’sir o‘tkazgan tasavvuf (so‘fizm) ta’limoti VIII asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik – bu dunyo hoyu-havasidan voz kechish) harakati ko‘rinishida bo‘lib Bag‘dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida keng yoyilgan. So‘fiy boshqa odamlardan o‘zini pok va g‘aribona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo‘lishi va faqat ilohiy ruhga qo‘shilishni maqsad qilib qo‘yishi bilan tubdan farq qiladi. So‘fiy uchun na dunyodan, na ohiratdan ta’ma bo‘lmasligi kerak. Buyuk so‘fiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: o‘zingdan o‘tding, Olohga yetding. Hazrat xoja Bahouddin aytadilarki: Bizning hech narsamiz yo‘q, lekin hech narsamizdan kamimiz yo‘q. Tasavvuf – so‘fiylik insonni o‘rganar ekan, avvalo, kishining ko‘ngliga, diliga tayanadi, ko‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko‘ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi. Tasavvufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo‘yish jism ehtiyoji va nafs ta’masidan kelib chiqadi, deb o‘rgatiladi. Komil inson bo‘lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta’masini yengish kerak. Demak, tasavvuf ilmi – inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Ahmad Yassaviy xikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bo‘lishga chaqirishda foydalanish o‘rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash – nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblangan. Nafsga mag‘lub shoh – qul, nafsdan ustunlakka erishgan g‘arib – shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo‘lmagan kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan.O‘z xikmatlaridan birida shunday deydi: Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur, Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur.Movaraunnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
Xoja Bahouddinning “Ko‘ngil Ollohda bo‘lsinu, qo‘ling esa ishda” xikmatlarining inson ma’naviy dunyositakomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Download 32,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish