2- ma’ruza. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning janr xususiyatlari (2soat) Reja



Download 58,49 Kb.
bet5/8
Sana24.08.2021
Hajmi58,49 Kb.
#155288
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
folklor2-maruza

3. Kasb-hunarlar haqidagi afsonalar. Bularda u yoki bu kasb-hunarning kelib chiqishi, ularning piri haqida hikoya qilinadi. Aytaylik, bo’yoqchilik kasbining kelib chiqishi Hazrati Ayyub, temirchilik kasbining kelib chiqishi Dovud payg’ambar nomi bilan bog’lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi.

Xullas, afsonalarda epik ruh hukmronlik qiladi. Ular axborot berish vazifasi bilan bir qatorda estetik vazifani ham ado etadi.

Afsonalar hayotiy voqealarni xayoliy uydirmalar vositasida aks ettirishi,tarkibida mifologik obrazlar va tushunchalarni saqlab qolganligi, tasvirda fantastikaning hal qiluvchi rol o’ynashi jihatidan rivoyatlardan farq qiladi. Rivoyatlar esa hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasidagina aks ettiradi va u yoki bu voqea haqidagi ma’lumotni tasdiqlash vazifasini bajaradi.

Ma’lumki, o’rta maktab darsliklarida «To’maris» va «Shiroq» asarlari, odatda afsona namunasi sifatida o’rgatiladi. Holbuki ular rivoyat janriga mansub asarlardir. Negaki, ularni tasdiqlovchi aniq tarixiy dalillar mavjud. Bu asarlarning qisqacha mazmuni Gerodot va Polien kabi Yunon tarixchilarining asarlarida bizgacha etkazib berilgan va ularda To’maris bilan Shiroqning yashab o’tgan tarixiy shaxs ekanligi e’tirof etilgan.

O’zbek xalq afsonalari eng qadimgi davrlarda yaratilgan manbalarga ham kiritilgan. Jumladan, Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridagi «Kayumars» afsonasi, Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asaridagi Siyovush afsonasi M.Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» kitobidagi «Oltin qon» afsonasi shular jumlasidandir. Umuman, turli tarixiy asarlar, diniy kitob va yodnomalarda juda ko’p afsonalar bizgacha etib kelgan. Afsonalarni yozib olish va ommalashtirish, asosan, XIX asrning oxirlaridan boshlangan. O’sha davr vaqtli matbuoti bu sohada fidoyilik ko’rsatgan.

XX asrning 30- yillarida afsonalarni yozib olib, ommalashtirishga nisbatan ilmiy e’tibor kuchaytirildi. Hozirgacha «Asotirlarva rivoyatlar (M.Murodov, M.Shayxova), «Ipak yo’li afsonalari» (M.Jo’raev), «Bobolardan qolgan naqllar» (M.Jo’raev, U.Sattorov), «Buxoro afsonalari» ( M.Jo’raev. R.Saidova) kabi to’plamlarda afsonalarning ko’plab namunalari e’lon qilindi.

O’zbek xalq afsonalarini ilmiy tadqiq etishda K.Imomov, U.Jumanazarov, S.Ro’zimboev, M.Jo’raev kabi olimlarning xizmatlarini alohida e’tirof etish mumkin.


Download 58,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish