2- ma’ruza. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning janr xususiyatlari (2soat) Reja



Download 58,49 Kb.
bet3/8
Sana24.08.2021
Hajmi58,49 Kb.
#155288
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
folklor2-maruza

AFSONA – atamasi forscha “afsun –sehr-jodu” ma’nosini anglatuvchi so’zdan olingan bo’lib, fantastika-uydirma asosida yaratilgan nasriy hikoyalarga nisbatan qo’llanadi. O’tmishda bu atamaning o’rnida «caw» -sav so’zi ishlatilgan. M.Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» kitobida izohlanishicha, sav atamasi o’tmish voqealardan xabar beruvchi hikoya, qissa tushunchasini ifodalab kelgan.

Aristotel afsonalarni «Haqiqatdan xabar beruvchi yolg’on hikoyalardir» deb ko’rsatadi.



Afsona – o’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimgi, an’anaviy va keng tarqalgan janrlaridan biri. Hayotiy voqelikni xayoliy uydirmalar orqali bayon etadigan, biror ma’lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan og’zaki nasriy asarlar afsona deyiladi.

Afsonada hayotiy voqelikning tasviri epik talqinga bo’ysundiriladi. Etakchi motivlar tarkibi esa an’anaviy epik detallarga boyligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ko’pincha u ertakka o’xshab ketadi. Biroq ular ertaklar kabi qat’iy kompozistiyaga ega emasligi tufayli ulardan farq qiladi.

Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o’zi istagan shaklda aytaveradi. Demak, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janrdir.

Afsona sof axborot beruvchilik vazifasini bajaradi. U ko’pincha biror –bir voqea- hodisaga kishilarni ishontirish maqsadida aytiladi. Shuning uchun ko’pchilik afsonada bayon qilingan voqelikni haqiqat sifatida qabul qiladi.

Afsonada bayon qilinayotgan voqeaning o’tmishda bo’lib o’tganligiga alohida urg’u beriladi.

Epik tafakkurning tadrijiy taraqqiyoti nuqtai nazaridan qaraganda, afsonalar miflardan keyingi stadial bosqich sifatida shakllanganligi seziladi. Chunki ularning tarkibida mifologik obrazlar muhim o’rin tutadi. Ularda yana xalqimizning eng qadimgi mifologik tasavvurlari o’z ifodasini topganligi kuzatiladi.

O’zbek xalq afsonalarining syujet tarkibida turkiy va boshqa xalqlar mifologiyasi bilan bog’liq ko’plab qadimiy motivlar saqlanib qolgan.

Afsona kompozistiyasi ertaklarniki kabi an’anaviylikka, qat’iylikka ega emas. Uning syujet tuzilishi soda va qisqa. Afsonalar voqelikni g’ayritabiiy, fantastik tasvirlashi jihatidangina ertaklarga o’xshab ketadi, xolos.

Afsona syujetini turli mifologik, diniy hodisalar, geografik joylar nomi, tabiat hodisalari, ayrim tarixiy shaxs va voqealarga aloqador g’aroyib talqinlar tashkil etadi. Shunga ko’ra afsonalarning mazmun-mundarijasi rang-baranglik kaab etadi. Deyarli barcha afsonalarning syujeti bir yoki ikki epizoddan iborat bo’ladi. Syujet voqealari ko’pincha tugundan boshlanadi. Voqealar talqinida va tasvirida fantastika ustivorlik qiladi.

Afsonalarning asosiy personajlar tarkibi tarixiy shaxslar, xayoliy va mifik obrazlardan iborat.

Afsonalarda insonga homiy kuchlar haqida, osmon yoritgichlarining, er yuzida odamning, u yoki bu turmush predmetining, daryo – ko’llarning, urf-odatlarning paydo bo’lishi, ba’zi tarixiy shaxslarning g’aroyib faoliyati, shahar-qishloqlar, tarixiy obidalarning barpo etilishi, urug’-qabilalarning kelib chiqishi, ayrim kasb-hunarlarning yuzaga kelishi to’g’risida epik hikoya qilinadi. Binobarin, ularni g’oyaviy-mavzuviy yo’nalishi jihatidan shartli ravishda ikki guruhga bo’lib o’rganish mumkin:

1.Sof mifologik afonalar.

2. Tarixiy afsonalar.

Mifologik afsonalarda, asosan, er va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar, avliyolarning g’ayritabiiy ishlari, insonlarga ko’magi, mifologik pahlavonlar, er yuzida odamning paydo bo’lishi hakida hikoya qilinadi. Ularning epizodlarida islomga qadar amal qilgan qadimgi dinlarga aloqador talqinlar uchraydi. Ibtidoiy insonlarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, diniy e’tiqodlari namoyon bo’ladi.

Mifologik afsonalarning tuzilishi juda sodda bo’ladi. Ularda voqelik oddiy bayon qilinadi. Uning konflikti echimida fantastikaning hal qiluvchi rol o’ynashi- asosiy belgisidir.

Mifologik afsonalar miflar bilan genetik aloqadordir. Aniqrog’i, ularning aksariyati miflar asosida yuzaga kelgan. Sababi – ibtidoiy davrda mifologik qahramonlar muqaddas sanalgan va xalqning ma’naviy madadkoriga, ruhiy homiysiga aylangan. Bora-bora bu tasavvurlar unutilib, u haqdagi hikoyalar afsonalarda oddiy diniy hikoya qobig’ida saqlanib qolgan. Jumladan, Xizr nomi bilan bog’liq hikoyalar bunga misol bo’ladi. Xizr - mifologik obraz. U ba’zan cho’l piri, ba’zan hosildorlik homiysi sifatida talqin etiladi. Afsonalarda u obi hayot ichganligi uchun mangu barhayot, sehr-joduga ega, o’tda yonmas, zarb o’tmas qilib tasvirlanadi. U yana turli shakllarga evrila oladi: goh odam, goh jonivor, goh buyum ko’rinishida paydo bo’lib, odamlarga ko’mak beradi, yovuzlarga qarshi chiqib, ezgulikning g’alabasini ta’minlaydi.

Tarixiy afsonalar ma’lum bir tarixiy dalilyoki ma’lumot,tarixiy shaxs faoliyati haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan, tarkibida real tarixiy shaxslar bilan bir qatorda xayoliy va mifik obrazlar ham ishtirok etadigan og’zaki nasriy asarlardir. Ularning syujetni tashkil etuvchi voqealar bayonida reallik bilan badiiy to’qima o’zaro qorishib ketadi. Bunday afsonalarda real hayotda yashab o’tgan kishilar haqida hikoya qilinsa-da, tarixiy shaxsning haqiqiy biografiyasi emas, to’qima biografiyasi beriladi. Ularda hayot haqiqati fantastik tasvir qobig’iga o’rab ifoda etiladi.

Tarixiy afsonalar muayyan tarixiy dalil va ma’lumotni asoslash, izohlash, xalqqa tushuntirish uchun xizmat qiladi.

Tarixiy afsonalarda real toponimlar bilan birga xayoliy –mifologik makon ham tilga olinadi. Unga ko’ra qaxramon er osti yoki suv osti mamlakatlariga, afsonaviy tog’lar o’lkasiga safar qiladi.

Shuningdek, tarixiy afsonalarda dev, pari, ajdar, chilton, yuho, ya’juj-ma’juj kabi bir qattor xayoliy va mifologik personajlar mavjud d bo’lib, ular aniq obrazlar bilan muomala-munosabatda tasvirlanadi. Mifologik obrazlar afsona syujetida bajaradigan vazifasiga qarab ikki tipga bo’linadi:

a) asosiy qahramonga homiylik qiluvchi, yordam beruvchi mifologik personajlar;

b) asosiy qahramonga raqib sifatida harakat qiluvchi mifologik personajlar.

Tarixiy afsonalarga xos bu belgilar epik tafakkurning tadrijiy 0258taraqqiyot tizimida uning mifologik afsonalardan keyingi stadial bosqichda shakllanganligini ko’rsatadi.

O’zbek xalq tarixiy afsonalari mavzu yo’nalishiga ko’ra uch turga bo’linadi:




Download 58,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish