3. Qiyosiy fonetikada bir-biriga yaqin tillarning fonetik xususiyatlari qiyoslab o`rganiladi. Masalan, o`zbek va rus tillarini qiyoslab o`rganish maktablarda shu tillarni o`qitishning metodik muammolarini hal qilishda yordam beradi.
4. Eksperimental fonetikada fonetik biliklar va hodisalar maxsus asboblar yordamida tekshiriladi. Bunda olingan natijalar nazariy xulosalarning ishonchliligi ta’minlanadi.
Fonetik birliklar va ularning turlari
Fonetik birliklardeganda so`z yoki qo`shimchalarning shakliy tomonini hosil qiladigan va ularning ma’nolarini farqlash, chegaralash vazifalarini bajariladigan birliklar tushuniladi. Bunday birlikalar so`z va qo`shimchalarning qaysi tomoni (shakl va mazmun) uchun muhimligi jihatidan ikki guruhga bo`linadi: 1. Segment (ingl. qism, bo`lak1) birliklar so`z yoki qo`shimchalar tarkibida birin-ketin kelib, o`zaro ulanadigan birliklardir. Bularga nutq tovushlari va bo`g`in kiradi. 2. Ustsegment (supersegment) birliklar qo`simcha, so`z, jumla, gap yoki matnning mazmun tomoniga aloqador birliklardir. Bu guruhga urg`u, ohang (intonatsiya), to`xtam (pauza) kiradi.
Quyida shu birliklar bilan batafsil tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |