1917 yil Oktabr to‘ntarishidan keyin mamlakat iqtisodiyotidagi o’zgarishlar


Oktabr to‘ntarishi. Turkistonda sovet tuzumining o‘rnatilishi, bolsheviklarning mustamlaka va shovinistik siyosati



Download 114,5 Kb.
bet23/24
Sana31.12.2021
Hajmi114,5 Kb.
#227836
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
1917-yil oktabr oyi tontarilishi

Oktabr to‘ntarishi. Turkistonda sovet tuzumining o‘rnatilishi, bolsheviklarning mustamlaka va shovinistik siyosati

1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) qurol kuchiga tayangan V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag‘darib tashlab, hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashdilar. Rossiyaning markazida yuz bergan voqealarning aks-sadosi oradan ko‘p o‘tmay Turkistonga ham yetib keldi.

28-oktabrda Toshkentning yangi shaharida rus ishchilari va soldatlari bolsheviklarning qutqusi bilan qurolli to‘qnashuvlarni boshlab yuborishdi. Ular general Korovichenko qismlaridan ustun keldilar. 1 noyabrda Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston Ko‘mitasi qamoqqa olindi. Toshkentda zo‘ravonlik yo‘li bilan sovet hokimiyati o‘rnatildi.

Hujjatlarning guvohlik berishicha, 1917-yilning kuziga kelib, o‘lka shaharlari, viloyatlari va uyezdlarida aholining hokimiyatni sovetlarga o‘tishini talab qiluvchi faol chiqishlari kuzatilmagan. Aksincha, joylardan kelib turgan xabarlar va telegrammalarda Muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatlash haqida gapirilar ekan, bolsheviklar va boshqa bosqinchilarning hokimiyatni sovetlarga berish haqidagi talablari fosh etilar, mamlakat taqdirini hal qiladigan Ta’sis Majlisini chaqirish g‘oyasi qo‘llab-quvvatlanardi.

Demak, 1917-yil noyabr oyining boshida bolsheviklar faqatgina qurol kuchiga tayangan holda Toshkent shahrida hokimiyatni qo‘lga kiritishdi. Bu holni arxivlarda saqlanib qolgan o‘sha davrga oid ko‘plab rasmiy hujjatlar ham isbotlaydi. Turkiston respublikasi rahbarlarida biri keyinchalik quyidagi fikrni e’tirof etishga majbur bo‘lgan edi: ”Turkiston bir necha o‘n yillar mobaynida chorizm mustamlakasi bo‘lib keldi va bu hol barcha ijtimoiy kayfiyat va munosabatlarda o‘zining o‘chmas muhrini qoldirdi. Samoderjaviye tomonidan olib borilgan mustamlakachilik kayfiyati va siyosati amaldorlar va xizmatchi unsurlardan tashqari hatto, rus temir yo‘lchilariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan edi. Shundan ma’lumki to‘ntarish ham, sovet hokimiyatini ham bu yerda faqat rus kishilari amalga oshirdi. Tub aholidan esa, mustamlakachi hokimiyatga aloqador kishilargina, unda qatnashishi mumkin bo‘lib, tub aholining qolgan qismi uchun bu g‘oyalar begona va tushunarsiz edi”.

1917-yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘lka rus ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III syezdida 15 kishidan iborat hukumat-Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda 8 o‘rin so‘l eserlarga, 7 o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq hukumat faqat rusiyzabon yevropaliklardan iborat bo‘ldi. Turkiston Xalq Komissarlari soveti (XKS) raisi lavozimini kasbi chizmachi bo‘lgan bolshevik F. Kolesov egalladi. Harbiy komissar qilib, izvoshchi Perfilyev, boshqa komissarlik lavozimlariga ham shunga o‘xshash kelgindilar tayinlandilar. Hukumat tarkibiga tub aholi vakillaridan bitta ham vakil kiritilmadi. Bu tasodifiy hol emas edi, albatta.

Turkistonda so‘l inqilobiy siyosiy guruhlar, ularning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bolsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal qildilar. Shu bilan birga Oktabr to‘ntarishidan keyin Rossiyada bo‘lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Mulkdorlar ekspluatator va ezuvchilar; Milliy ziyolilar, o‘qimishli, obro‘-e’tiborli xalq vakillari-milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; Islom dini rahnamolari-reaksion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi.

Turkiston o‘lkasidagi dastlabki sovet hukumatining ziddiyatli tarkibi mintaqada yevropalik aholi hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan edi. Yo‘qotilishi intizorlik bilan kutilgan mustamlakachilik, yangicha asosda boshlanib ketdi. “Turkistondagi mustamlakachilik hatto, sovet hokimiyati taraqqiyotining butun bir yo‘nalishini belgilab berdi”,-deb keyinchalik tan olgan edi G. Safarov.

Mahalliy millatlarni siyosiy jarayonga aralashtirilmaganligi o‘lka xalqlarining sovet hokimiyatiga bo‘lgan ishonchsizligini yanada kuchaytirdi. Hatto, Turkistondagi rus aholisining demokratik qatlamlari ham bolsheviklar va so‘l eserlarning bunday makkorona siyosatiga qarshi chiqdilar. Hukumat tuzishda ulug‘ davlatchilik shovinizmi aqidalariga amal qilinganligi yangi hokimiyatning siyosiy faoliyatini oldindan belgilab berdi.

Hokimiyat bolsheviklar qo‘liga o‘tishi bilan o‘lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo‘g‘inlari tugatilib, o‘rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Bu tasodifiy hol bo‘lmagan. Bolsheviklar hukmronligi zo‘ravonlik o‘rnatilgandagina saqlanib qolishi mumkin edi. Shuning uchun ham, Turkiston XKS 1917-yil 28 noyabrda o‘lkada qizil gvardiya bo‘linmalarini tuzish haqida qaror qabul qiladi. Bu bo‘linmalar sovet tuzumi va bolsheviklarga qarshi ko‘tarilgan dastlabki ongli chiqishlarni bostirishda faol ishtirok qildilar. Shu vaqtning o‘zida Butunrossiya Favqulodda komissiyasi (cheka) organlari va Inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Proletariat diktaturasining bu jazo organlari ozodlik va demokratiyani bo‘g‘ishda, to‘g‘ri fikrlaydigan kishilarni qatag‘on qilishda muhim qurol bo‘ldi va Vatanimizning tarixida o‘zining mash’um asoratlarini qoldirdi.

Turkiston XKS 1917-yil oxirlarida o‘z qarori bilan “Sho‘roi Islomiya” va boshqa mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo‘shildilar, ayrimlari sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatiga g‘oyaviy rahnamolik qildilar. Shunisi xarakterliki, “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining Toshkent sho`basi faqat 1918 yil 13 mayda yopildi.

Shunday qilib, dastavval Rossiya markazida qaror topgan sovet tuzumi Turkistonda ham o‘rnatildi. Zo‘ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet siyosati o‘zining ilk kunlaridan boshlab, Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik zulmini yuritdi. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik tizimi sovet Rossiyasi davrida yanada takomillashtirildi.



Fevral inqilobidan keyin Muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va qatʼiyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (oʻta soʻl) partiyalarning, mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tugʻdirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sotsialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining debochasi boʻladi, deb bong urdilar. 1917-yil avgust oxiri — sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida koʻpchilikni egalladi va qurolli toʻntarishga tayyorgarlik koʻrishdi.

24-oktyabrdan 25-oktyabrga oʻtar kechasi (yangi taqvim boʻyicha 6—7 noyabr) qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari „Qishki saroy“ga bostirib kirdi va Muvaqqat hukumat aʼzolarini qamoqqa oldi. Butun Rossiya Sovetlarining 2-sʼyezdida bolsheviklar dastlab soʻl eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat agʻdarilganligini qoʻllab-quvvatlab, „Tinchlik va Yer“ toʻgʻrisida dekretlar eʼlon qildilar. V.I.Lenin boshchiligidagi hukumat — Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sanoat shaharlarida tezlik bilan hukmronlikni oʻrnatdilar. Asosiy dushman — kadetlar partiyasi esa qonundan tashqari deb eʼlon qilindi, partiya yoʻlboshchilari qamoqqa olindi, matbuot erkinligiga chek qoʻyildi.

Shunga qaramay, Taʼsis majlisiga boʻlgan saylovlar (1917-yil 12-noyabr)da bolsheviklar faqat 25% ovoz oldi. 1918-yil 5(18)-yanvarda Petrogradda boʻlgan Taʼsis majlisi bolsheviklarning doʻq-poʻpisalardan iborat talablarini rad qilgach, ular tomonidan noqonuniy ravishda tarqatib yuboriddi. Bu holat mamlakatning parchalanishi va Rossiyada fuqarolar urushi (1918—1922) kuchayishiga olib keldi. 1918-yil mart oyiga kelib Rossiyaning anchagina hududida sovet hokimiyati oʻrnatildi. „Harbiy kommunizm“ siyosatiga oʻtilishi, qatagʻon organi — Butun Rossiya Favqulodda komissiyasi (VCHK)ning tuzilishi (1917-yil dekabr oyi) va Qizil armiyaning tashkil qilinishi (1918-yil fevral oyi) bolsheviklar gʻalabasini taʼminlab, ularning yakkapartiyaviy hukmronlikni oʻrnatishiga imkon berdi.

1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning Sovetlar qoʻliga oʻtishi uchun obʼyektiv shart-sharoitlar yoʻq edi, bolsheviklarning omma oʻrtasida taʼsiri ham oz boʻlgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq, Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar 27 oktyabrda Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurash boshladilar. Toʻrt kunlik janglardan soʻng Toshkentning yangi shahar qismida sovet hokimiyati oʻrnatildi (1917-yil 1-noyabr). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti agʻdarib tashlandi. Biroq qurolli toʻqnashuvda mahalliy aholi deyarli ishtirok etmadi. 1917-yil 15-22 noyabrda boʻlgan Turkiston Sovetlarining Oʻlka sʼyezdida soʻl eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat Turkiston oʻlkasi XKS (raisi F.I.Kolesov) tuzildi. Hukumat tarkibiga tub millat vakillaridan biron kishi ham kiritilmagan edi. Hokimiyatning Sovetlar tomonidan bosib olinishini taraqqiyparvar kuchlar (Fitrat, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Mustafo Choʻqay, Sherali Lapin va boshqalar) keskin qoralashgan. Turkistondagi sovet hokimiyati Muvaqqat xukumatdan meros qolgan harbiy kuchlar va boshqa qurolli kuchlarni oʻz qoʻliga toʻplab, Qoʻqonga hujum qiddi va Turkiston muxtoriyatini tugatdi (1918-yil fevral). Biroq Buxoroga qilingan bosqin (1918-mart) magʻlubiyatga uchradi (qarang Kolesov voqeasi).

Oktyabr toʻntarishi 20-asrda Rossiya va butun jahon uchun kuchli taʼsir qildi. Dunyo siyosiy tartibotida aql bovar qilmaydigan voqealar yuz berdi. Amalga oshirilgan Oktyabr toʻntarishini saqlab qolish uchun bolsheviklar butun ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ustidan diktaturani, yaʼni alohida shaxslarning hokimiyatini taʼminlab beruvchi harbiy-siyosiy rejimni oʻrnatdilar. Bu rejim sobiq SSSR hududida qatagʻon siyosatini amalga oshirdi. Garchi Oktyabr toʻntarishi 18—19-asrlarda shakllangan sotsialistik gʻoyalar bayrogʻi ostida amalga oshirilgan boʻlsada, aslida maqsad qanday qilib boʻlmasin davlatni qoʻlga olishga qaratilgan edi.



Bolsheviklar Oktyabr toʻntarishidan keyin oldingi imperiyachilik siyosatini izchil davom ettirdilar. 20-asrning 2-yarmida esa imperiya chegarasini Gʻarbiy Yevropagacha yetkazdilar. Dunyoning ikki qutbga boʻlinish jarayoni boshlandi. Bu ja-rayon 20-asrning 80-yillarigacha davom etdi. Oktyabr toʻntarishi insoniyat tarixiy taraqqiyotini butunlay teskariga burib yubordi. Jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi xususiy mulk, tadbirkorlik, savdo-sotiq, erkin harakat, shuningdek, erkin fikr avvaliga bir qolipga solindi, keyinroq butunlay taqiqlab qoʻyildi. Insoniyat yaratgan, tabiat inʼom etgan hamma narsalar davlat mulkiga aylantirildi. Sobiq Ittifoq hududidagi xalqlarning qadriyati asta-sekin yoʻqotila borildi. Yagona xalq, yagona oila, yagona til kabi sunʼiy qadriyatlar tiqishtirildi.

Xalqni, uning manfaatlarini nazarpisand qilmay, aslida xalq irodasiga qarshi amalga oshirilgan Rossiyadagi Oktyabr toʻntarishi 20-asrdagi davlat terrorizmini boshlab bergan siyosiy voqea edi.


Download 114,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish