1916-yilgi milliy ozodlik harakati toshkent shahri misolida


Idavr–1918-1924-yillar.IIdavr—1925—1935-yillar



Download 0,76 Mb.
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi0,76 Mb.
#890531
1   2
Bog'liq
1916-yilgi milliy ozodlik harakati toshkent shahri misolida

Idavr–1918-1924-yillar.IIdavr—1925—1935-yillar.
Tadqiqotchilarning 1918—1924 yillardagi 1davr yuzasidan olib borgan izlanishlari bu davrNing rivojlanishida quyidagi III bosqichning mavjudligini ko`rsatgan:
I bosqich. 1918 yil fevralidan 1920 yil martigacha. Bu davrda qurolli kurash boshlanib ommaviy xalq harakatiga aylangan. Voqealar rivoji, kurashni tashkil etishda Katta ergash, Kichik ergash va ayniqsa Madaminbek katta rol’ o`ynaganlar.
II bosqich. 1920 yil martidan 1922 yil oxirigacha.
Bu davrda kurash qo`rboshi SHermuhammadbek rahbarligida eng keskin tus olgan.
III bosqich. 1923—1924 yillar. Bu yillarda harakat vaqtinchalik susayib borgan. 1918—24-yillar mobaynida kurash uyushgan, tashkiliy tus olib, yirik qo`rboshilar tomonidan boshqarilgan, mayda qo`rboshilar soni 200 dan ortiq bo`lsada, ularni oliy darajadagi lashkarboshi, qo`mondonlik boshqarishga kirishgan, shu maqsadda o`tkazilgan o`ndan ortiq qurultoylarda kurash taktikasi, harakat hududlari, navbatdagi vazifalar belgilangan, oliy bosh qo`mondon saylangan.
Davra suhbati ishtirokchilari R.YO. Rajapovaning kurashning sabablari, m ohiyati va xarakteri haqida bildirgan ilmiy xulosalarini yakdillik bilan tasdiqlagan holda quyidagi masalalar yuzasidan o`z mulohazalarini bildirdilar:
1. "Bosmachilik" harakatini "istiqlolchilik" harakati deb nomlash masalasi.
Ushbu muammo tarixini o`rganish manbalari va tarixshunosligi.
Bu kurashda jadidlarning tutgan o`rni, munosabati.
Kurashning sabablari.
Qizil Armiyaniig faoliyati va unga nisbatan xalqning munosabati.
Tinch aholining kurashga munosabati.
Xorijiy davlatlarning roli.
Kurash frontidagi jinoyatchi unsurlar faoliyati qanday baholanishi kerak.
Harakatning davriy chegaralari.
Sovet davrida zo`rlik bilan qaror toptirilgan "bosmachilik harakati" atamasi tarixni soxtalashtiruvchi tuhmat tamg’asi bo`lgani, voqeaning asl mohiyatini mutlaqo noto`g’ri talqin etilganini yakdillik bilan e`tirof etgan ishtirokchilar Turkiston mustaqilligi uchun olib borilgan milliy ozodlik kurashining davomi, tarkibiy qismi bo`lgan bu harakatni qanday atash xususida turli fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tarix instituti ilmiy jamoasi bu kurash davomida nafaqat milliy ozodlik, balki mustaqil davlatchilik tuzish, Turkiston taraqqiyotini belgilash maqsadlari ko`zlangani tufayli bu kurash "istiqlolchilik" harakati deb ta`riflanishga loyiqdir, degan taklifni ilgari surdi. Aksariyat ishtirokchilar bu ta`rifning nihoyatda o`rinli ekanligini tan olgan holda, uni qo`llashni maqsadga muvofiq, deb ta`kidladilar. Olimlardan S. Xolboev bu jahon tarixshunosligida qo`llanib kelayotgan "bosmachilik" atamasi xorijda masalaning to`g’ri ta`rifiga ta`sir eta olmagani, faqat sovet tarixshuiosligida voqealar mohiyati buzilgani, "bosmachilik" so`zini sovet hokimiyati va qizil Armiyaga qarshi kurash sifatida qabul qilib, uning mohiyatini to`g’ri aks ettirgan holda shu atamani qo`l.kpmla da vom etishni taklif etdi. Biroqdavra suhbati ishtirokchilarp bu harakat Vatan ozodligi, yurt mustaqilligi uchun olib borilgan kurash ekanligi, qizil Armiya va sovet hokimiyati bunga keskin qarshilik ko`rsatgani uchun qAQSHatqich zarbalarga duch kelgani, bu harakat "bosqinchilik" emas mutlaqo xaloskorlik harakati bo`lgani tufayli uni "bosmachilik" deb atash ham mazmunan, ham shaklan, ko`chma va to`g’ri ma`noda ham mutlaqo noto`g’ri, deb ta`kidladilar.
Munozara ishtirokchilaridan e. YUsupov, X. Sodiqovlar "istiqpolchilik" juda keng ma`nodagi, aniq siyosiy reja asosidagi, ma`lum dastur, shiorlar qo`llagan harakat mazmunini anglatishini, sovet hokimiyatiga qarshi kurash esa qurolli, ommaviy harakat bo`lganini qayd etib, uni qanday ta`riflashni o`ylab ko`rish lozimligini ta`kidladilar. Biroq R.YO. Rajapo-va izlanishlar natijalari asosida ta`kidlashicha, sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan bu harakat milliy ozodlik kurashining tarkibiy qismi bo`lgan, aniq siyosiy maqsadni — Turkiston mustaqilligini ko`zlagan, "Turkiston turkistonliklar uchun!", "Turkistonga ozodlik" kabi shiorlarni ilgari surgan, ma`lum maqsadda uyushgan, o`z qo`mondonligiga, tashkiliy asoslarga ega harakat eifatida ko`lami, ommaviyligi, keskinligi jihatidan alohida ajralib turgan. SHularni nazarda tutib, uni "istiqlolchilik" deb ta`riflash maqsadga muvofiq deb topildi. Pirovardida, davra suhbati ishtirokchilari ko`pchilik ovoz bilan bu ta`rifni o`rinli deb topdilar va uni ilmiy is-te`molga kiritishga qaror qilindi. Lekin bu masala xususida haligacha turli qarashlar mavjud. Voqeaning mazmuni, mohiyati emas, shakli, aniqrog’i harakatni ta`riflovchi atama xususida matbuotda e`lon qilingan bu qarashlarga quyida batafsil to`xtalamiz.
Munozarada ushbu muammo manbalari hamda o`rganilish tarixi, ya`ni tarixshunosligi masalalariga ham to`xtalib o`tiddi. Jahon tarixshunosligida, ayniqsa Turkiyada ushbu muammoga qiziqish katgaligi, sovet tarixshunosligida masalani sinfiy qarashlar asosida yoritgan asarlarda qayd etilgan katta hajmdagi hujjat va ma`lumotlar esa tanqidiy ko`z bilan o`rganilsa, asqotishi alohida ta`kidlandi. Ushbu kurash voqealarini yorituvchi manbalar xususida fikr bildirib, olimlar asosiy arxiv ma`lumotlari Moskva va Sankt-Peterburg arxivlarida saqlanayotganini, ularning katta qismi ilmiy iste`molga kiritilmaganini, bevosita kurash ishtirokchilarining o`ziga tegishli hujjatlar qo`rboshilar bilan xorijga olib ketilganini, AQSH, Turkiya, Pokistonda qolib ketganini qayd etdilar.
Davra suhbatida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli kurashga jadidlar befarq bo`lmagani, kommunistik firqa tomonidan kuzatuv ostiga olinganiga qaramay, bu kurash frontiga ta`sir o`tkazish, ularga mafkuraviy yordam berishga uringani, ayrim sobitqadam jadidlar bu maqsadda 30-yillarning boshlariga qadar yashirin va oshkora ish olib borgani qayd etildi.
Sovet hokimiyatiga qarshi kurash sabablariga to`xtalib, munozara ishtirokchilari yakdillik bilan milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash — bosh va asosiy sababdir, degan xulosani bildirdilar.
Xorijiy davlatlarning sovet hokimiyatiga qarshi kurashda tutgan o`rni va roli haqida sovet tarixshunosligida qaror topgan va targ’ib etilgan qarashlar, ya`ni "bosmachilik chet el imperialistlari tomonidan tashkil etilgan' degan mazmundagi xulosalar va uni asoslash maqsadida yaratilgan asarlarni "uydirma" sifatida baholagan akademik e.YU. YUsupov "bu borada Aigliya o`z siyosiy manfaatlarini ko`zlab, kurashga xayrixohlik bilan qaradi xolos", deb ta`kidladi. Sovet tarixshunosligida 50-yillar o`rtasida "Turkistonda Oktyabr’ inqilobi va sovet hokimiyatini mustahkamlash uchun kurash" mavzusida yaratilgan hujjatlar, xotiralar to`plamini tayyorlashda qatnashgan, 80-yillar boshida "bosmachilik" harakati mavzusida chop etilgan asarlarning hammualliflaridan biri bo`lgan e. YUsupov hurfikrlik va oshkoralik sharoitida o`z fikrini to`liq bayon etishdan foydalanib, tarixni soxtalashtirish jarayonida sodir etilgan munofiqliklarni fosh etdi. e. YUsupovning sovet adabiyotlarini yaratish jarayonida yuqoridan berilgan ko`rsatmalar asosida yo`l qo`yilgan ko`zbo`yamachiliklar haqidagi e`tiroflari tarixni soxtalashtirishning guvohi sifatida bu soxta tarixning atayin to`qilgan ertakligini yana bir bor tasdiqladi.
Sovet hokimiyatiga qarshi kurash davridagi ayrim jinoyatchi unsurlarning talonchilik, zo`ravonlikka asoslangan faoliyati davra suhbati ishtirokchilarining alohida diqqat-e`tiboridagi masala bo`ldi. Murakkab va keskin vaziyat hamda og’ir iqgisodiy sharoitda umummilliy va umumxalq manfaatlaridan shaxsiy manfaatlarni ustun qo`yib, g’arazli maqsadlarda harakat qilgan bunday jinoyatchi guruxlar sovet hokimiyati tomonidan erk va ozodlik kurashchilarini obro`sizlantirish, qoralash uchun qo`l kelgan. Aslida esa bunday salbiy holat asosiy kurashdan mutlaqo yiroq bo`lib, uning maqsadlari va mohiyatini o`zgartira olmagan.
Ayrim ishtirokchilar (E. YUsupov, X. Sodiqov) bunday jinoyatchi guruhlar mavjud bo`lganini e`tibordan chetda qoldirmaslikni alohida qayd etdi. Bu xususda R.YO. Rajapovaning mulohazalari alohida e`tiborga molik bo`lib, uning ta`kidlashicha: "Uzoq davom etgan og’ir urush odamlar ruhiyatiga, xulq-atvoriga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmadi. Ochlik, judoliklarga hamma ham bardosh berolmadi. Un ming, yuz minglab kishidan iborat qo`zg’olonchilar orasida o`zlarining tor manfaatlari yo`lida talonchilik, o`g’rilik bilan shug’ullanib, muqaddas g’oyalarga xiyonat qiladiganlar ham bor edi. Lekin bunday salbiy holatlar uchun butun harakatni ayblash mas`uliyatsizliqtsir. O`z uyi, oilasidan uzoqtsa bo`lgan o`n minglab, yuz minglab qo`zg’olonchilar beqiyos jismoniy va ma`naviy muhtojliklarga dosh berib, o`z jonlarini ayamasdan, mardona va halol kurash olib bordilar. Ularning ko`pchiligi muqaddas orzular yo`lida jon berdilar".

Darhaqiqat, biror xalq yoki millat ichidan chiqqan ayrim jinoyatchilar uchun shu millat va xalqni jinoyatchilikda ayblash aqlga to`g’ri kelmaganidek, "bosmachi" nomi ostida haqiqiy bosmachilik bilan shug’ullangan to`dalar tufayli bu nomga tuhmat sifatida, noloyiq va nohaq duchor bo`lgan, shaxsiy va g’arazli maqsadlarda emas, xalq va millat erki, ozodligi uchun kurashganlarni qoralash yoki ularni o`z nomlari bilan, ya`ni masalan, milliy ozodlik uchun kurashganlar sifatida baholashdan cho`chish mantiqan mutlaqo noto`g’ri va adolatsizliqdir. Aniq hujjatlarning tasdiqlashicha, qo`rboshilardan Madaminbek bunday hodisalarga chek qo`yish uchun maxsus bo`linmalar tuzgan. Bundan tashqari professor H.Z. Ziyoevning xotirlashicha 50-yillarda O`zSSR FA Tarix instituti xodimlari tomonidan Farg’onaga "bosmachilik" harakati ishtirokchilari va guvoxlari xotiralarini o`rganish uchun ijodiy safar uyushtirilgan. Muloqotlarda partiya faxriysi Nishon Rizaev "20-yillarda chekistlar tunda atayin "bosmachilar"ga o`xshab (ya`ni sovet hokimiyatiga qarshi kurashgan mahalliy kuchlar nazarda tutilgan — D.Z.) kiyinib olib, qishloqlarni talashgani, begunoh odamlarni o`ldirishgani, bu bilan aholi orasida "bosmachilar — bosqinchi va qotil" degan fikr uyg’otishga harakat qilganliklari" haqidagi ma`lumotlarni qayd etgan. Bunday ma`lumotlar sovet davrida rasmiy xabarlar ham atayin soxtalashtirilganidan darak beradi, ularga nisbatan tanqidiy munosabatda yondoshish zarurligini, bu soxta manbalar haqiqiy ahvolni aks ettirmaganini yana bir bor tasdiqgsaydi.


Sovet hokimiyatiga qarshi kurashning davriy chegaralari xususida davra suhbatida turlicha fikr-mulohazalar bildirildi. X.S. Sodiqov, R.S. SHamsiddinovlar bu kurashni 1991 yilgacha bo`lgan davriy chegarada, R.A. Nurullin, R.YO. Rajapova 30-yillar boshigacha bo`lgan chegarada davrlashtirish lozim, degan fikrni ilgari surdilar. Tarixchilar vaziyat va imkoniyatga qarab goh kuchayib, goh susayib, ba`zan yashirin, ba`zida esa oshkora olib borilgan kurash voqealari haqida hozircha 30-yillar o`rtasiga qadar bo`lgan davriy chegarada ma`lum tasavvurlar va aniq ma`lumotlarga egadirlar. qurolli kurash voqealari 30-yillar boshiga qadar, ya`ni Stalinning "qatag’on" tegirmoni ishga tushgunga qadar davom etgani va bunga aloqador barcha shaxslar uning qurboni bo`lgani yanada aniq. Bu borada hali ko`p izlanishlar lozimligi shubhasiz. Ana shunday jumboqli, munozarali muammolar mavjudligini ko`rsatgan, qator masalalarga oydinlik kiritib, e`tiborga loyiq ma`lumotlardan boxabar etgan, ilmiy izlanishlarning dastlabki natijalari bilan tanishtirib. keyingi yo`nalishlarini belgilab olishga katta yordam bergan ushbu davra suhbati respublika ilmiy jamoatchiligining bu boradagi qarashlarini yanada aniqlashtirdi, bo`lajak tadqiqotlar, oldindagi vazifalar ko`lami va mas`uliyatini ko`rsatib berdi.
Turkistonda milliy ozodlik uchun kurash tarixshunosligining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan ushbu davra suhbatida ilgari surilgan masalalar yuzasidan izlanishlar, bahs va munozaralar keyingi yillarda ham davom etdi. 1995—1996 yillarda "Fan va turmush" jurnali sahifalarida "bosmachilik" degan tuhmat tamg’asini olgan, aslida sovet hokimiyatiga qarshi ozodlik uchun olib borilgan kurash voqealarini qanday nom bilan atash mumkin yoki lozim, degan mavzuda bahs ketdi. O`zR FA Tarix institutida ushbu muammo yuzasidaN nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilgan yosh tadqiqotchi Q. Rajabov o`z izlanishlarining ilmiy xulosalari asosida milliy istiqlol uchun olib borilgan bu harakatming mohiyatidan kelib chiqqan holda uni "istiqlolchilik harakati", qatnashchilarni esa "istiqlolchilar", deb ta`riflash lsmimligini ta`kidladi.
Tadqiqotchi S. Xolboev esa sovet hokimiyatiga qarshi kurashganlar — o`zlarini hech qachon "bosmachi" deb aytmaganidek, hech qachon "istiqlolchi" deb ham atamagan. Biroq ular milliy ozodlik, istiqlol uchun kurashning "bosmachilik" shakli va usullaridan foydalangani uchun bu atamani qizil Armiyaga qarshi bosmachilik deb atash mumkin, degan mulohazani ilgari surdi. SHuni alohida ta`kidlash lozimki, insoniyat tarixidagi hech bir urushda kurash usullari uning mohiyati va maqsadini belgilash uchun asos bo`lolmagan. Masalan, 1945 yilda Berlinga chekingan fashistlarni ta`qib etib borgan xalqaro ozodlik kuchlari fashizmning so`nggi qarorgohini tugatish uchun olib borgan hujumlarini "fashizmga qarshi bosmachilik" deb baholash mumkinmi?
Adolatsiz urushda, ya`ni bosqinchilik, talonchilik urushida ham, adolatli, ya`ni Vatan mudofaasi, erki va ozodligi uchun olib borilgan urushlarda ham to`satdan "hujum qilish", "bosish" usullaridan birdek, harbiy taktika sifatida keng foydalaniladi va tabiiyki, bu ularning mohiyati va maqsadini o`zgartira olmaydi. S. Xolboevning qarashlari ilmiy jamoatchilik tomonidan e`tirozlar bilan kutib olindi va o`z xayrixohlari, aniqrog’i hamfikrlarini topa olmadi.
Sovet hokimiyatiga qarshi kurashni qanday atash lozimligi haqida R. Umarov tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalarda esa muammoga butun O`rta Osiyo miqyosida yondoshilib, uning barcha davrlari va voqealarini beistisno qamrab olish uchun bu kurashni "qarshilik harakati" deb atash lozim, degan fikr asoslanadi. Muallif bu o`rinda O`rta Osiyoda sovet hokimiyatiga qarshi har xil maqsadlarda qo`liga qurol olgan turli ijtimoiy tabaqalar, siyosiy kuchlar, mahalliy va erli bo`lmagan xalqlar, millatlarning kurashlarini nazarda tutadi. "Istikdolchilar" deb atalishi lozim bo`lgan "qo`rboshi ergash va Xolxo`jalar sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borgan bo`lsalarda, pirovardida Qo`qon xonligini qayta tiklab, xon bo`lish niyatini ko`zlagani, bunday hukumat xalqqa haqiqiy istiqlolni bera olmasligi"ni ta`kiddab o`tadi. Bir qarashda bu fikr haqiqatdan uzoq emasdek tuyulishi mumkin.
Darhaqiqat, Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi kurashganlarni barchasini — oq gvardiyachilar, eserlar, kadetlar, rus dehqonlari ( krest’yanlar armiyasi)ni istiqyaolchilik, milliy ozodlik, mustaqillik uchun kurash tarkibiga kiritish mutlaqo noto`g’ri. Biroq Turkiston mustaqilligi uchun qo`liga qurol olgan mahalliy aholining vatan ozodligi yo`lidagi qonli kurashlarini sodtsagina qilib "qarshilik harakati" sifatida yoki uning tarkibida yoritish ularning tarixiy xizmatlarini, oliy maqsadlarini kamsitish, etarli darajada baholamaslik bo`lur edi. Turkiston mustaqilligi uchun mahalliy xalqlar olib borgan kurash sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan "qarshilik" harakatining muhim va keskin ko`rinishlaridan biri edi, albatta. Biroq bu harakat ayni paytda eng uyushgan, shiddatli va uzoq davom etgan xalq harakati, milliy ozodlik harakati edi. Aynan shu ommaviylik, umummilliy g’oyalar, oliy zzgu maqsadlar unga kuch va shiddat bag’ishladi, uni sovet hokimiyatiga qarshi boshqa harakatlardan ajratib turdi. Aynan shu sabablar tufayli bu kurash o`z maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqillik, milliy ozodlik uchun kurash sifatida ta`riflanishga loyiq va haqlidir. Ayrim qo`rboshilarning cheklangan dunyoqarashi, masalan, xonliklarni tiklash niyatlari kurashning mohiyatini, uning ozodlik uchun olib borilganini inkor eta olmaydi, sovet tarixshunosligida tadqiqotchilar ongiga singdirilgan qarashlar va mezonlar, ya`ni umummilliy, umumxalq ahamiyatiga molik muhim tarixiy hodisalarni baholashga tor, shaxsiy yoki sinfiy manfaatlar nuqtai nazaridan yondoshish, qanday oqibatlarga olib kelgani ma`lum. Buning natijasida umumxalq manfaati va milliy g’oyalarning ahamiyati puchga chiqarildi. Butun tarix, ayniqsa milliy ozodlik harakatlari tarixi soxtalashtirildi. g’arazli maqsadlarda kurashga qo`shilgan kishilar hech qachon omma orasida obro`-e`tibor qozona olmagan. Ayrim qo`rboshilar orzu qilgandek xonlik tuzumini tiklash — qoloq, konservativ tuzumga qaytish bo`lur edi, lekin sovet hokimiyatiga qarshi ommaviy xalq harakati o`sha davrdagi eng demokratik hukumatlardan biri sifatida baholanishga loyiq bo`lgan Turkiston muxtoriyatining ag’darilishiga javoban boshlandi, uning g’oyalari ozodlik uchun kurash bo`ldi, kurashning boshqa sardorlari, g’oyaviy rahnamolari ham Turkiston muxtoriyati kabi hukumat tarafdori edilar, buni zamondoshlar ham ta`kidlagani yuqorida ko`rsatib o`tildi. erk va ozodlik uchun qo`lga qurol olib jangga kirgan ajdodlarimiz ularning davlat idorasi usulidagi tasavvuridan qat’i nazar, eng avvalo, mustamlakachilik kishanlaridan xalos bo`lish uchun kurashganlar. Fikrimizcha, bu maqsad yo`lida olib borilgan ushbu kurashning ahamiyatini uning ayrim ishtirokchilarining dunyoqarashi va tasavvuri cheklanganligi tufayli inkor etish, soddalashtirish adolatdan emas.
O`rta Osiyo hududida sovet hokimiyatiga qarshi shu erli bo`lmagan aholining boshqa maqsadlarda, masalan, hokimiyat, adolat yoki boshqacha tuzum uchun olib borgan kurashlari yoki siyosiy faoliyati qarshilik harakati sifatida baholanishga loyiq, albatta.
Turkiston xalqlari, ayniqsa ularning sardorlari ezgu ni-yatlar bilan muqaddas ozodlik uchun jangga otlangan mard insonlar bo`lganini keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tasdiqgsamoqtsa. Xususan qo`rboshilar haqida e`lon qilingan maqolalarda qayd etilgan asosli ma`lumotlar shundan dalolat beradi. Ushbu muammo tadqiqiga munosib hissa qo`shayotgan tadqiqotchilarning xizmatlari tufayli sovet davrida man etilgan, e`tibordan chetlatilgan arxiv hujjatlari, xorijiy adabiyotlar va boshqa manbalarda qayd etilgan ma`lumotlar asosida istiklolchilik harakatining eng yirik, tanikli va fido-iy sardorlarining qiyofasi, faoliyati tiklanmoqda. CHunonchi bu borada faol ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi Q. Rajabov Kichik ergash, Katta ergash, Madaminbek, SHermu-hammadbek qo`rboshilarning harbiy faoliyati, siyosiy qarashlari, maqsadlari, insoniy fazilatlari, o`zaro munosabatlari, dunyoqarashlari haqida qiziqarli ma`lumotlarni aniqlab, e`lon qildi. qo`rboshilar nafaqat erkaklar, balki ayollardan ham etishib chiqqanligi, ular jasurlikda erkaklardan qolishmaganligi haqidagi ma`lumotlar, ayniqsa diqqatga sazovordir.
Qo`rboshilari haqida turli manbalar — arxiv hujjatlari, muhojirlar xotiralari, xorijiy adabiyotlarda qayd etilgan ma`lumotlar Turkiston xalqlarining mustabid sovet hokimiyatiga qarshi kurashlari nihoyatda keng qo`lamga, chuqur ildizga, g’oyaviy, tashkiliy, harbiy asoslarga ega bo`lgan, erk va ozodlikni ko`zlagan ommaviy harakat bo`lganligidan dalolat beradi.
Qo`rboshilar va umuman, istiqlol uchun qo`lga qurol olgan fidoiy insonlar haqida salbiy tasavvurlarni qaror toptirishda sovet tarixshunosligigina emas, sovet tuzumining harbiy, siyosiy mafkuraviy bo`g’imlari, CHK, Favqulodda komissiya GPU (Bosh Siyosiy Boshqarma) ning xizmatlari ham katta bo`lgan. CHunonchi, R. SHamsutdinovning SHermuhammadbek haqida GPU (Bosh Siyosiy Boshqarma) tomonidan tarqatilgan uydirma va qo`rboshining unga javoban raddiyasi haqida ma`lumot beruvchi maqolasi sovet hokimiyatining kommunistik partiya, GPU, CHK (Favqulodda Komissiya) va shu kabi tashkilotlari "o`z muxoliflarini tuzoqqa ilintirish, xalq orasida obro`sini to`kish maqsadida hech qanday qabihdiqdan qaytmaganligi"ni ko`rsatuvchi yana bir dalildir. Ma`lum bo`lishicha, sovet hokimiyatining tegishli tashkilotlari bu borada nafaqat Turkiston hududida, balki xalqaro miqyosda ish olib borganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:



1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T., 2008.
2. Istiqlolimizning tarixiy ildizlari. Davra suhbati. "SHarq YUlduzi". 1995. № 11-12. –B. 3-29.
3. Rajabov Q. Istiqlolchi degan ma`qul "Fan va turmush". 1995. № 3. –B.28-29.
4. Rajabov Q. Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati yo`lboshchilari. Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sashifalaridan. T.: 1995. –B. 51-62;
5. Umarov R. "Qarshilik harakati" — hammasini qamraydi. "Fan va turmush". 1996.
6. Usenbaev K. 1916 god: geroicheskie i tragicheskie stranits’. Bishkek. 1997.
7. Xolboev S. Aslining o`zi to`g’ri. "Fan va turmush".1995. № 3. B.29.
8. SHamsutdinov R.T. Bosmachilar kim bo`lgan? "Fan va turmush". 1997. № 1.
9. SHamsutdinov R.T Farg’ona qo`rboshilari "Fan va turmush". 1997. № 2.
Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish