Kalibrlar egri chizig’i chizish uchun 1 ml eritmada 1; 2; 3; 4 mkg fosfor bo’ladigan КH2РO4 ning standart eritmalari tayyorlanadi. Shu standart eritmalar bilan yuqoridagi rangli reaktsiya qilinib, ularning optik zichligi FEK da aniqlanadi. Abtsissa o’qiga standart eritmalarning kontsentratsiyasi, ordinata o’qiga optik zichlik (FEK ko’rsatkichi) qo’yiladi (22-rasm).
Tekshirilayotgan ob‘ektdan fosforga qarab DNK miqdorini quyidagi formula yordamida hisoblab topish mumkin:
bu yerda: a-kalibrlash egri chizig’i asosida topilgan fosfor miqdori (mkg); 50-minerallashtirilgan DNK ning umumiy hajmi (ml); 10,1-fosfor miqdorini DNK ga o’tkazish uchun koeffitsient; 5-rangli reaktsiya uchun olingan gidrolizat.