13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis


Bioorganik va bioanorganik kimyo xaqida



Download 264,73 Kb.
bet58/76
Sana22.06.2023
Hajmi264,73 Kb.
#952904
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
Bog'liq
13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis

105. Bioorganik va bioanorganik kimyo xaqida

Bioorganik kimyo — organik kimyo bilan biol.ning bir qancha sohalaridan tarkib topgan fan. 20-asrning 2-yarmida vujudga kelib, molekulyar biologiya, biokimyo va biol.ning boshqa tarmoqlari bilan chambarchas bogʻlangan holda rivojlanmoqsa. Asosan, biopolimerlar (oqsillar va peptidlar, nuklein kislotalar va nukletoidlar, lipidlar, polisaharidlar va boshqalar) hamda bioregulyatorlar (fermentlar, vitaminlar, gormonlar, jumladan fitogormonlar, shuningdek sintez yoʻli bilan tayyorlangan biologik faol birikmalar, mas, dori preparatlar, oʻstiruvchi moddalar, insektofungitsidlar, gerbitsidlar va h. k.ni tadqiq qiladi, ularni kimyoviy jihatdan toza holda sintez qiladi, tuzilishini aniqlaydi, bu moddalarning tuzilishi bilan biologik xossalari oʻrtasidagi bogʻlanishni ochib beradi, biopolimerlar, shuningdek tabiiy va sintetik bioregulyatorlar biologik taʼsirining kimyoviy tomonlarini oʻrganadi.


Bioorganik kimyo da asosiy muammolarning hal qilinishi biol.ning yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Eng muhim biopolimerlar bilan bioregulyatorlarning tuzilishini va xossalarini aniqlamasdan hayotjarayonlarining mohiyatini bilish, ayniqsa, koʻpayish (urchish) va irsiy belgilarning nayelga oʻtishi, hujayralarning oʻsishi, immunitet, xotira, nerv impulsi va boshqa murakkab hodisalarni boshqarish yoʻllarini topish mumkin emas. Fermentlarning tuzilishini va taʼsir mexanizmini oʻrganish asosida yuksak darajada faol katalizatorlar vujudga keltirish, muskul qisqarishini oʻrganish asosida kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga aylantirish, biologik sistemalarda axborot (informatsiya) saqlanishi va naslga utishi prinsiplari, hujayralardagi koʻp komponentoy sistemalarning oʻz-oʻzini boshqarish prinsiplaridan texnikada foydalanish muammolarini hal etish Bioorganik kimyo sohasida oʻtkaziladigan tadqiqotlarga bogʻliq.
Bioorganik kimyo tez o'sib bormoqda ilmiy intizom bu birlashtiradi organik kimyo va biokimyo. Biologik jarayonlarni kimyoviy usullar yordamida o'rganish bilan shug'ullanadigan hayot haqidagi fan.[1] Protein va ferment funktsiyasi bu jarayonlarga misoldir.[2]
Ba'zida biokimyo bioorganik kimyo uchun bir-birining o'rnida ishlatiladi; bioorganik kimyo biologik jihatlarga yo'naltirilgan organik kimyo ekanligini farqlash. Biokimyo tushunishga qaratilgan bo'lsa biologik jarayonlar bioorganik kimyo kimyo yordamida organik-kimyoviy tadqiqotlarni (ya'ni tuzilmalar, sintez va kinetika) kengaytirishga harakat qilmoqda biologiya. Tergov paytida metallofermentlar va kofaktorlar,
M ac, Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya institutida mikrobiologik B. asosida oʻsimlik chiqindilari (gʻoʻzapoya, changʻaloq, somon va chiqindilar)dan chorva mollari uchun ozuqa tayyorlashga erishildi; ayrim mamlakatlar (Braziliya)da maxsus mikroblar vositasida sellyulozadan qand yoki spirt olish, mol goʻngidan metan gazi olish B.si (ayniqsa, Xitoy, Braziliya va Yevropa mamlakatlarida) juda yuqori iqtisodiy samara bermoqda.Membranalar va immobillashgan fermentlar B.si vositasida xilmaxil jarayonlarni oʻlchash va nazorat qilish uskunalari ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek, fermentlar imobillashganda (biror bir sathga kimyoviy biriktirilganda) ularning aktivligi ortib, funksional holati bir qadar muddatga uzayadi. Bundan foydalanib biotexnologik jarayonlar (mas, membranalar oʻtkazuvchanligini boshqarish usuli, fermentlarni mobillash va boshqalar) yaratilgan. Bu sohada OʻzMU biol. va kimyo fakulteti (B. O. Toshmuhamedov, O. K. Toshmuhamedova, A. I. Gagelgans, M. M. Rahimov va boshqalar)ning hissasi katta.Xujayra B.si oʻsimlik, hayvon va odam xujayralarining sunʼiy sharoitda oʻsishi hamda koʻpayishi mikroorganizmlarnikiga oʻxshashligiga asoslangan.Odam va hayvon xujayralarini sunʼiy oʻstirish nodir biologik preparatlar, antitelalar va oqsil gormonlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini berdi. Oʻsimlik, hayvon va odam kasalliklarini aniqlash uchun monoklonal antitelalar (boshlangʻich birgina xujayra avlodlari ishlab chiqaradigan antitelalar) asosida oʻta sezuvchan diagnostik v ositalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Jumladan, Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutqoshidagi Radiopreparat" korxonasida va OʻzR Sogʻliqni saklash vazirligining Onkologiya va radiologiya institutida rak kasalligining ayrim turlarini oddindan aniklaydigan biotexnologik vositalar ishlab chiqarilmoqda. Fiziologik aktiv ikkilamchi birikmalarni sintez qilish faqat oʻsimlik xujayralariga xos xususiyatdir. Bunday moddalarga tibbiyotda va sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan alkaloidlar, glikozidlar, jumladan steroidli saponinlar, steroidli gormonal preparatlar olishda ishlatiladigan moddalar, efir yogʻlar, polisaharidlar, fitogormonlar va h. k. kiradi. Oʻstirilayotgan hujayra, odatda qaysi oʻsimlikdan olingan boʻlsa, shu oʻsimlikka xos ikkilamchi moddalarni sintez qiladi. Ammo xujayralarda sintez kdpinadigan biomassa miqdori oʻsimlik organlaridagiga nisbatan ancha kam boʻladi. Shuning uchun rentabelligi sanoat usulidagi xujayra B.si uchun tez oʻsadigan, yuqori biosintetik xususiyatga ega, oddiy ozuqali muhitda ham oʻsadigan, o smotik va mexanik taʼsirotlarga chidamli mutant liniyalar kerak.
Hujayra B.sining yana bir xususiyati xujayra totipotentligi, yaʼni sunʼiy oziklantirish va parvarishlash bilan bir xujayradan yetuk oʻsimlik olishdir. Mac, pomidor, tamaki, beda, sabzi va boshqa oʻsimliklar mana shu xususiyat asosida yetishtirildi; Oʻzbekiston Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida oʻsimlik hujayralaridan yetuk oʻsimlik yaratish ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Hujayralarni sunʼiy oʻstirish va parvarishlash asosida oʻsimliklarni klonal (vegetativ) koʻpaytirish B.si shakllandi (bu 90 oilaga mansub 433 oʻsimlik turi uchun ishlab chiqilgan). Bu usul kartoshka, meva daraxtlari va gullarning virussiz navlarini yaratish, seleksion fondni boyitish va yangi navlar yetishtirish imkoniyatini beradi.Gen va hujayra injeneriyasi B.si genetik injeneriya hamda hujayra injeneriyasining sintezidan vujudga keldi. B.ning bu soxasi yordamida mavjudotning maqsadga muvofiq foydali xossaga ega mikrob shtammlari, hujayra xillari, oʻsimlik navlari va hayvon zotlarini yaratish mumkin. Gen va hujayra injeneriyasi B.si injenerlik usuli bilan tirik mavjudotlarning oʻzgartirilgan irsiyati molekulyar genetikasini mukammal oʻrganish, foydali genlarni izlab topish va kerakli miqdorda ajratib olish, begona genlarni hujayra ichiga kiritib, irsiyatga ulash, ulangan genlarni yangi irsiyatda aktiv faoliyatini taʼminlab beruvchi vektor molekula (tarkibida restriktaza uchun fakat birgina eng qulay kesilish joyiga ega, transformatsiya boʻlgan hujayralarni saralashni osonlashtiruvchi marker gen saqlovchi va maksadga muvofiqyot genni xoʻjayin irsiyatiga ulab, uning mustaqil ishlashini taʼminlovchi molekulyar konstruksiya) yaratish, irsiyati oʻzgartirilgan hujayradan dori-darmon, ozuka moddalar, diagnostik vositalar ajratib olish yoki oʻsimlik navlarini yaratish maqsadida irsiyati uzgartirilgan hujayradan mukammal oʻsimlik formasini olish, har xil irsiy belgilarga ega va tabiiy sharoitda changlanmaydigan oʻsimlik hujayralari protoplastlarini elektr impulsi yoki polivinilpirrolidon ishtirokida^iriktirib, har ikkala oʻsimlikning foydali xususiyatlariga ega mukammal oʻsimlik yetishtirish (Germaniyadagi Maks Plank instituti xodimlari pomidor va kartoshka xujayrasini biriktirib, iddizida kartoshka tuganagi, poyasida pomidor mevasi yetiladigan yangi gibrid oʻstirdi) boʻyicha talaygina muvaffaqiyatlarga erishdi.


Download 264,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish