10.3.Korxona ishlab chiqarish quvvatlari va uning turlari. Korxona ishlab chiqarish quvvatlari hisoblash.
Ishlab chiqarish quvvati ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanib, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning darajasidir.
Ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarilayotgan maxsulot nomenklaturasi hamda xizmat ko‘rsatish doirasini xisobga olgan xolda aniqlanadi. Ishlab chiqarish quvvati sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyat imkoniyatlarini ifodalaydi.
Bozor sharoitida xo‘jalik faoliyatining sub’ekti u yoki bu mahsulotga bo‘lgan talabni qondirishga mo‘ljallangan.
Iste’molchilar talabi, bozorni marketing izlanishlari orqali aniqlanadi va talabdan kelib chiqib, korxonaning to‘liq ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi. Avvalo ishlab chiqarishning mavjud quvvatlari aniqlanadi, so‘ngra quvvatni oshiruvchi qo‘shimcha resurslar aniqlanadi. Talabning oshishi ko‘shimcha ishlab chiqarish quvvati kiritilishini talab qiladi. Iqtisodiy mustaqillik sharoitida iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar ham o‘zgara boshlaydi birinchi navbatda ishlab chiqarishni har tomonlama o‘zgartira olish, ikkinchidan tashqi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslashish kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqarish quvvati bir qator omillarga bog‘liq:
" ishlab chiqarish dasturining mehnat sig‘imiga;
" xo‘jalik subektining ish vaqtiga;
" asbob-uskunalarning ishlash vaqtiga;
" maxsulot ishlab chikarilayotgan xomashyo va materiallar tarkibi va sifatiga;
" ishlatilayotgan texnika va texnologiyalarning darajasiga;
" ishchilarning malakasiga.
Ishlab chiqarish quvvatining ko‘rsatkichlari uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishda muhim xisoblanadi. Quvvatning loyiha, kiruvchi, chiquvchi va o‘rtacha yillik turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish natijasida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin.
Kiruvchi quvvat - bu rejalashtirilgan davr boshidagi quvvat, buxgalteriya xisob-kitoblari asosida aniqlanadi.
Chiqish quvvati - bu xisobot davri oxiridagi quvvat. U xisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
bu yerda:
Mox - ohirgi xisobotga asoslangan quvvat;
Mb - boshlang‘ich quvvat;
Mya- yangi qurilish (kengaytirish, ta’mirlash) natijasidagi quvvat;
Me.ch - ekspluatatsiyadan chiqqan quvvat.
O‘rtacha yillik quvvat - o‘rta arifmetik xisob-kitobga tayangan, yil davomida ishga tushirilgan yoki to‘xtatilayotgan quvvatdir. Yil davomida korxona ega bo‘lgan o‘rtacha quvvat, bir yillik o‘rtacha quvvat deyiladi va u quyidagicha topiladi.
bu yerda:
Mb – yil boshidagi quvvat;
Mk– yil mobaynida kiritilgan quvvat;
Mch – yil mobaynida ishlab chiqarishdan chiqarilgan quvvat;
- ekspluatatsiya vaqtidagi oylar soni;
- ekspluatatsiyadan chiqqan muddatdan xisob-kitob muddatigacha bo‘lgan oylar soni.
Nazorat uchun savollar
«Mahsulot» va «xizmat» tushunchalariga izoh bering.
Mahsulotni o‘lchash usullari va birliklarini aytib o‘ting.
Mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga izohlab bering.
O‘rtacha yillik quvvat nima?
Ishlab chiqarish quvvati omillarini tushuntiring.
Kiruvchi va chiqish quvvatlariga izoh bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |