10-Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari Reja Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari



Download 29,91 Kb.
bet1/4
Sana16.12.2022
Hajmi29,91 Kb.
#888890
  1   2   3   4
Bog'liq
10-мавзу маруза матни


10-Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari
Reja
1. Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari
2.O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari:
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog’liq huquqiy mexanizmlari.

Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosdagi kabi respub­likamizda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki kor­rupsiya jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan jinoyatchilik bilan bevo­sita bog’liqdir. “Bugungi kunda faqat iqtisodiyotga emas, balki, eng avvalo, respublikaning siyosiy va xalqaro nufuziga, jamiya­timizning ma’naviy-axloqiy nufuziga katta zarar yetkazayotgan eng xavfli illat - korrupsiyadir. U ayrim hollarda o’ta xavfli tusga kirmoqda”1. Korrupsiya va poraxo’rlik jinoyatning yopiq va eng qabih turi bo’lib, u boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod qilishi mumkin. Mansabni suiiste’mol qilish orqali mulkni talon-toroj qilish yoki poraxo’rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligi­ning eng xavfli ko’rinishlari bo’lib hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning g’ayriaxloqiy va g’ayriqonuniy odatlarini qonu­niylashtirish, qarindosh-urug’chilik, oshna-og’aynigarchilik, dav­lat byudjeti hisobidan o’z ehtiyojlarini qondirish va boshqalar korrupsiyaning yashirin shakli hisoblanadi. Korrupsiya o’zida bir necha jinoyatlarni mujassam­lashtiradi.


«Korrupsiya – mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi»2,
“Korrupsiya demokratik institutlar va qadriyatlar, etnik qadriyatlar va adolatga putur yetkazib hamda barqaror rivojlanish va huquq-tartibotga zarar keltirib, jamiyatning barqarorligi va xavfsizligi uchun vujudga keltiradigan muammo va tahdid”3,- degan ta’rif berilgan.
Xo’sh, tarixiy ildiz deb nimaga aytiladi, degan savol tug’iladi?. Bu savolga professorlardan J.Ya.Yaxshilikov va N.E.Muhammadiyevlar: “Falsafiy jihatdan qaraganda «tarixiy ildiz» tushunchasini tor va keng ma’noda talqin qilish mumkin. «Tarixiy ildiz» tushunchasi keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa muayyan subyektlar tomonidan bilish va o’zgartirishga qaratilgan narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini anglatadi”4,- degan ta’rifni berganlar.

Arastu ilmning barcha sohalarida ijod etar ekan jinoyatchilik masalasini ham e’tibordan chetda qoldirmagan edi. U jinoyatchilikning sabablari qatoriga qashshoqlikni, jamiyatning ba’zi bir a’zolariga assosiz imtiyozlar berish va ba’zi kishilarning siyosiy huquqsizligini, Shuningdek milliy ziddiyatlarni (aholining turli qabilalarga-bo’linishini) kiritadi. U ko’p jinoyatlar ortiqcha boylikka intilishdan kelib chiqadi, birinchi ehtiyojlar uchun predmetlarning yetishmasligidan emas deydi. U tug’ma jinoyatchi to’g’risidagi nazariyani inkor etib, qadrli yoki axmoq bo’lish kishining o’ziga bog’liq deydi. Ko’rsatib o’tilgan sabablar jinoyatchilikning bir turi hisoblangan korrupsiyaviy jinoyatchilik uchun ham xos xususiyatlardir. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi umumiy qoralash muhitini barpo etilmaganligi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etilishiga, uning miqyosi yanada kengayib odatlarga aylanib borishiga, oqibatda esa milliy taraqqiyot va xavfsizlikka tahdid soluvchi real xavf manbaiga aylanishiga olib keladi. Hozirda davlat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sohasida korrupsiyaning haddan tashqari ko’p uchrashi fuqarolarni qiyin bir ahvolda qoldirmoqda. Ayniqsa sog’liqni saqlash va ta’lim sohasida korrupsiyalashgan xodimlarning jazolanmasdan erkin o’z bilganlaricha ish tutishi, fuqarolardan bezbetlarcha pora so’rash hollari davlatni fuqaro nazarida obro’sini tushirmoqda. Birgina misol: O’zbekistan Respublikasi Bosh prokuraturasi keltirgan ma’lumotlarga ko’ra Andijon viloyati o’rta-maxsus kasb-hunar boshqarmasining mansabdorlari xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, viloyatdagi bir qator kollejlarda bajarilgan qurilish ishlari hajmiga qo’shib yozish, soxta dalolatnomalar tuzish orqali 357,2 mln. so’mlik byudjet mablag’larining talon-toroj qilinishiga yo’l ochib berishgan.


Korrupsiyaning mamlakatimiz xavfsziligiga solayotgan tahdidlari quyidagilardan iborat:

Download 29,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish