1. Ўзбек халқ эртаклари indd



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana31.12.2021
Hajmi0,87 Mb.
#231863
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
1 uzbek khalk ertaklari

ILON PARI
O‘tgan zamonda bir podshoh yakka o‘zi ovga chiqib, ov 
qilib yurib, uzoqda bir narsa ko‘ribdi. Podshoh sekin borib 
qarasa, daraxt tagida bir pari qiz dam olib o‘tirgan emish. 
U qizni ko‘rgan zamon hushidan ketibdi. Birozdan so‘ng 
o‘ziga kelib qarasa, pari suv keltirib podshohning yuziga 
sepib turgan emish. Podshoh uning qo‘lidan suvni ichib, 
o‘zi bilan birga saroyga olib kelibdi.
Podshoh  qirq kecha-yu qirq kunduz   to‘y-tomosha  bi-
lan  pari  qizga uylanibdi.
Oradan bir necha vaqt o‘tgach podshohning darmoni  
qurib,  rangi sarg‘ayib, tusi o‘zgara boshlabdi. Nihoyat pod-
shoh vaziriga aytibdi:
– Ey vaziri a’zam,   men   uylanganimdan   buyon dar-
monim  qurib, kuchim borgan  sari  kamayib,  holsizlana  
boshladim. Nima qilmoq kerak? – debdi. Vazir:


  84  
– To‘g‘ri aytasiz, taqsir, rangingiz ham sarg‘ayib, tusi-
ngiz o‘zgarib, oriqlab bormoqdasiz. Bu holni bir sinchiklab 
tekshirishga to‘g‘ri keladi. Taqsir, xafa  bo‘lmasangiz,  men  
sizga  bir  sir  aytaman,  maylimi? – debdi. Podshoh:
– Mayli, ayt,– debdi. Vazir:
– Taqsir, tag‘in bu dashtdan olib kelgan qizingiz Ilon 
pari bo‘lmasin. O‘tmishda qarilar:
– Dashtda ko‘lvar ilon bo‘ladi. Qirq yil odam ko‘rmasa 
u pariga aylanadi-da, odamga kunduzi pari bo‘lib, kechasi 
ilon bo‘lib ko‘rinadi, – der edilar. Xotiningiz tag‘in ilon 
bo‘lmasin, – deb gumon qilaman, – debdi. Podshoh:
– Unday bo‘lsa, nima qilaman? – deb so‘rabdi.
– Agarda  xo‘p desangiz, avval  uni   aniq  bilish   kerak, 
keyin uning chorasini ko‘ramiz, – debdi vazir.
Vazir o‘ylab turib podshohga shunday yo‘l ko‘rsatibdi:
– Taqsir, bir kun kechqurun xotiningizga osh buyurasiz. 
Qozonga sabzi-piyozni solib qovurib,   suvga   ketganda,   
qozonga   bir   hovuch tuz tashlab yuboring. Oshni pishirib 
tayyorlab olib keladi, birga yeysiz. So‘ngra osh juda sho‘r 
bo‘lib ketibdi-ku, deb ko‘p choy-suv ichadi. Siz ham icha-
siz. So‘ngra qolgan ishni kechasi bilasiz.
Podshoh o‘sha kuni vazir aytgandek qilibdi.
Xotini sabzi-piyozni qovurib, suvga ketganda, bir hovuch 
tuzni qozonga tashlab yuboribdi. Osh sho‘r bo‘libdi. Podshoh 
zo‘rg‘a yebdi. Pari esa uyalganidan oshdan ancha yebdi. Sho‘r 
bo‘lgani uchun ko‘p choy va suv ichishibdi. Kechasi yotib 
uxlashibdi. Yarim kechada podshoh uyg‘onib qarasa, yo-
nida katta, uzun ilon yotgan emish, Ilon pari cho‘llab, sekin 
o‘rmalab hovlidagi hovuzga boshini cho‘zib suv shimiribdi. 
Boshi hovuzda bo‘lsa, dumi podshohning yonida emish. Pod-
shoh qo‘rqqanidan hech narsa deyolmay jim yota beribdi. Erta 
bilan podshoh qarasa, yonida pari yotgan emish. Bu sirni hech 
kimga aytmabdi. Faqat vaziriga aytibdi. Vazir podshohga:


  85  
– Taqsir, endi siz bir amallab bu xotiningizdan ajral-
masangiz bo‘lmaydi. Buning chorasi shunday bo‘ladi. Bir 
temir qafasdan uy qurdirasiz. Bir amallab aldab xotini-
ngizni shu uyga olib kirasiz, o‘zingiz chiqib keyin eshikni 
berkitib, tagidan o‘t yoqtirasiz, shu bilan Ilon pari kuyib 
o‘ladi, – debdi.
Podshoh vazirning aytganini qilibdi. Bir temir qafas-
dan uy soldiribdi. Uyga xotini bilan birga kiribdi. Birozdan 
so‘ng podshoh qafas uydan chiqib, ustidan qulf solibdi, 
so‘ngra tagidan o‘t qo‘ydiribdi. Bir chinqirib Ilon pari ku-
yib o‘libdi. Shunday qilib, podshoh uning tashvishidan qu-
tulib qolibdi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish