69
yalmog‘iz kampir bolaning orqasidan yetay deb qolibdi.
Oqshom o‘tib tong otay deb qolibdi. Bolaning oldidan
bir yaxshi to‘qimlangan eshak chiqib qolibdi. Bola toyni
shu yerga tashlab, eshakka minib yana qocha beribdi. Es-
hak ham charchab, yalmog‘iz kampir yetay deb qolibdi.
Bolaning oldidan egar-yuganlangan bir
yaxshi ot kishnab
chiqib qolibdi. Bola eshakdan tushib, otga minib yana
qocha beribdi. Yalmog‘iz kampir quvlayveribdi. Shu kuni
oqshomgacha chopib, ot ham charchab qolibdi. Yalmog‘iz
kampir yana bolaga yetay deb qolibdi. Bola oldidan jihoz-
langan nor tuya chiqib qolibdi. Bola otni shu yerga tashlab,
tuyani minib qochibdi. Kampir quva beribdi. Shu kuni tuni
bilan yurib tuya ham charchab qolibdi, yalmog‘iz kampir
ham yetay deb qolibdi. Bir joyga borsa, yo‘lda ko‘p poda
uchrabdi. Bola tuyani shu yerga tashlab, poda ichiga kirib
minay desa, hech qaysisi mindirmabdi. Bolaning ko‘ziga
bir buzoq ko‘rinibdi. Bola
borib darrov buzoqqa minib
qochaveribdi. Kuni bilan qochib, kun kech bo‘lib qorong‘i
govgum bo‘lib qolibdi. Kampir yana yetay deb qolibdi.
Buzoq og‘zini ochib nafasini yuborgan ekan, tuman tu-
shib qolibdi. Yalmog‘iz kampir bolaning qorasini ko‘rmay
adashibdi. Buzoq bolani bir tog‘ning kamariga olib borib-
di. Bola buzoqning ustidan tushib, belidagi kamari bilan
buzoqni bog‘lamoqchi bo‘libdi. Buzoq bolaga:
– Meni bog‘lama, men hech qayerga ketmayman, sen
bilan do‘st bo‘laman, – debdi. Bolaning qorni ochib, uyidan
beliga o‘rab chiqqan nonidan yeb, qolganini yana beliga tu-
gib qo‘yibdi. Shu yerda bola bilan buzoq uxlab, oqshom
o‘tib tong otibdi. Buzoq o‘tlab kelaman deb tog‘
ustiga chi-
qib ketibdi. Tog‘ga chiqib qarasa, tog‘ning narigi tomonida
katta qo‘rg‘on, atrofi mevazor ekan. U yerga har yili yozda
podshoh ko‘chib kelib shikor qilar ekan. Buzoq o‘tlab-
70
o‘tlab shu podshohning qo‘rg‘oniga borib qolibdi. Pod-
shoh qizining qirqta cho‘risi bor edi, hammasi ham sho‘x-
sho‘tanoq qizlar edi. Buzoqni ko‘rib ushlab olishdi. Ustiga
chopon solib minib, hovlining ichida u yoqdan-bu yoqqa
o‘ynay boshlashdi. Podshohning qizi ko‘shkida o‘tirib bu-
larni tomosha qilayotsa, cho‘rilar kelib:
– Siz ham buzoqqa mining, – deyishdi. Podshohning
qizi buzoqqa minishni nomus qilib:
– O‘zlaring minib o‘ynay beringlar, men shu yerda to-
mosha qilib qarab o‘tiraman, – dedi. Cho‘ri qizlar yana:
– Mining,
juda mingich ekan, – deb qo‘ymagandan
keyin:
– Ha, bir minib ko‘ray-chi, – deb buzoq ustiga minibdi.
Buzoq hovlining goh u boshiga, goh bu boshiga yo‘rg‘alab
yuribdi. Podshohning qizi:
– Ha, bu juda yuvoshgina buzoq ekan-da, – deb kech-
gacha buzoq ustida yuraveribdi. Kun kech bo‘lganda bu-
zoq chopib darvoza oldiga borib, bir og‘zini ochib, nafasini
chiqaribdi. Tuman tushib, cho‘rilarning ko‘ziga podshoh-
ning qizi ko‘rinmay qolibdi. Buzoq podshoh qizini olib,
tog‘dan oshib, do‘stining oldiga qizni olib kelib:
– Mana, bu qizni senga olib keldim. Endi meni so‘y, ikki
ko‘zimni bir joyga, butun tanamni bir joyga ko‘m, – debdi.
Bola buzoqning gaplarini qulog‘iga olib buzoqni so‘yibdi.
Butun
tanasini bir joyga, ikki ko‘zini bir joyga ko‘mibdi.
Bola bilan qiz ertasi uyqudan tursa, buzoqning ikki ko‘zi
ikkita tozi bo‘libdi, butun tanasi yaxshi bir hovli bo‘libdi.
Ravotning ichiga har turli kashtali gilamlar to‘shalgan, har
xil jihozlar bilan yasatilgan. Qiz bilan yigit shu ravotda
yashay beribdi. Yigit ikkita tozi itini ovga olib chiqibdi.
Ovlab borib bir daryo labiga kelib qolibdi. Qarasa, daryo
labida yalmog‘iz kampir turibdi. Yalmog‘iz kampir bolani
ko‘rib, qochib suvga tushib ketibdi. Bola tozilariga:
– Ol, shu kampirni, qo‘yma! – debdi. Tozilari bolaga qarab:
71
– Biz suvga tushamiz, suvning betiga qon chiqsa, quvo-
naver, yiring chiqsa, yig‘layver, – deb yalmog‘iz kampir
orqasidan suvga tushib ketibdi.
Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin,
suvning betiga yi-
ring chiqibdi. Bola yiringni ko‘rib yig‘layveribdi. Darrov
suvning betiga qon chiqib, daryoning hamma suvi qip-
qizil bo‘lib ketibdi. Bola quvonib tursa, tozisi yalmog‘iz
kampirning ikki oyog‘idan sudrab chiqib qolibdi. Bolaning
dushmani o‘lib, quvonib ravotiga qaytibdi. Qarasa, uyida
mehmonlar. Podshoh qizini izlab amaldorlari bilan kelib
qolgan ekan. Podshoh sevinib qizini to‘y-tomoshalar bilan
bolaga nikohlab beribdi, uni o‘z taxtiga o‘tqazibdi. Bir kuni
bolaning ota-onasi ham o‘g‘lini qidirib yurib shu ravotga
kelib qolibdi. Chol bilan kampir shunday baxtga erishgan
bolasini ko‘rib, vaqtlari chog‘ bo‘libdi, yaxshi kelin topib
murod-maqsadlariga yetibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: