1. Yer resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari


Yer to’g’risidagi me'yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri



Download 172,21 Kb.
bet3/4
Sana16.05.2023
Hajmi172,21 Kb.
#939157
1   2   3   4
Bog'liq
QISHLОQ ХO`JАLIGIDА TАBIIY RЕSURSLАR VА ULАRDАN FОYDАLАNISH IQTISОDIY

3. Yer to’g’risidagi me'yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar natijasida bozor tamoyillariga asoslangan yer munosabatlari shakllanmoqda. Uning asosiy qoidalari qonunchilik hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Bosh qomusimiz hisoblangan O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” - deb belgilab qo’yilgan. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida yerdan foydalanish ijara usuliga asoslangan bo’lib, yer ijara mexanizmi orqali bozor munosabatlariga kiritiladi. Shuni ta’kidlash zarurki, agrar islohotlar jarayonida qishloqda turli toifadagi yerdan foydalanuvchilar soni keskin ko’paydi va bu hozir ham davom etmoqda. Shu bilan birga, har yili qishloq xo’jaligi yerlari noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun ajratilishi davom etmoqda. Ushbu vaziyatlarda davlatning yer resurslaridan foydalanishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Bunda rivojlangan xorij davlatlarida to’plangan tajribalarni hisobga olish samarali yo’llardan biridir.
1998-yil 30-aprelda O’zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi qabul qilingan. Ushbu Kodeks 14 bob, 91 moddadan iborat bo’lib, yer resursining toifalari va undan faydalanish bo’yicha barcha qoidalar yoritib berilgan. Ushbu Kodeksning 1-moddasida “Yer umummilliy boylikdir, O’zbekiston Respublikasi хalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi” - deb ta’kidlangan.
Respublikamizda ekin maydonlarining aholiga shaxsiy tomorqa xo’jaligi va turar joylarni qurish uchun, sanoat, sug’orish inshootlarini barpo etish uchun ajratilishi oqibatida ekin ekiladigan maydon kamaymoqda. Bu obyektiv jarayon kelajakda ham davom etadi. Shuning uchun mavjud yerlardan yil davomida oqilona, samarali foydalanish zarur. Respublikamizning jami ekin maydoni 2019-yilda 2016-yilga nisbatan 397,3 ming gektarga qisqargan. Shu davrda donli ekinlar maydoni 111,1 ming gektarga, shundan bug’doy maydoni 130,0 ming gektarga, g’o’za maydoni esa 214,5 ming gektarga kamaygan. Ayrim ekin turlari bo’yicha ekin maydonlari ko’payganini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, dukkakli don maydoni 25,5 ming gektarga, sabzavotlar ekin maydoni 14 ming gektarga ko’paygan. Shu davrda ozuqa ekinlari ekiladigan maydon esa 65,9 ming gektarga qisqargan. Ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi o’z navbatida almashlab ekish tizimining buzilishiga olib keldi hamda chorvachilikning mustahkam ozuqa bazasini barpo etishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu bois kelajakda yerdan foydalanish samaradorligini yuksaltirish uchun almashlab ekishni joriy etishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan to’liq ta’minlash, eksport hajmini oshirish, tarmoqda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash maqsadida qishloq xo’jaligidagi ekin maydonlarini optimallashtirishga e’tiborni kuchaytirmoqda.
2008-yil 20-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4041-sonli Farmoni e’lon qilindi va unga ko’ra mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish maqsadida paxta ekib kelinayotgan maydonlarning bir qismi g’alla va boshqa ekinlar uchun ajratib berildi. Ushbu farmon ijrosini ta’minlash bo’yicha Surxondaryo viloyati Hokimining 2008-yil 23-oktabrda 169-sonli qarori qabul qilingan va ushbu qarorda 2009-yil hosili uchun avval paxta ekib kelingan 3400 gektar yerning 3000 gektariga g’alla, 115 gektariga sabzavot, 30 gektariga kartoshka va 255 gektariga moyli ekinlar ekish rejalashtirilgan edi.
Ekinlar ekiladigan yerlardan to’liq va samarali foydalanishga barcha xo’jaliklar alohida e’tibor bermoqdalar. Bu harakat ijobiy natijalar bermoqda va so’nggi yillarda barcha turdagi ekinlarning hosildorlik darajasi ortib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligining suv resurslariga bo’lgan talabi so’nggi yillarda 49,4 mlrd. m3 ni tashkil etmoqda. Suv resurslaridan unumli foydalangan holda xo’jaliklar g’alla, paxta ekilgan maydonlardan yuqori hosil olib, yerdan samarali foydalanmoqdalar. Buning uchun ular ekin ekiladigan yerlarni vaqtida sifatli haydab, sara urug’larni yangi texnologiyalar asosida ekib, parvarishlashga aloqador boshqa tadbirlarni e’tibor bilan o’tkazmoqdalar. Ekinlarga agrotexnik muddatlarda suv, o’g’it berish, yetishtirilgan hosilni qisqa muddatda sifatli qilib yig’ishtirib olishga e’tibor bermoqdalar. Bu jarayonda xo’jalik rahbarlari, mutaxassislari barcha imkoniyatlardan to’liq va samarali foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda fermer va dehqon xo’jaliklarida yerlardan foydalanish samaradorligi yil sayin yaxshilanmoqda. Bunga asosan mulk va unga egalikning o’zgarishi, ya’ni manfaatdorlikning ortishi ta’sir ko’rsatgan. Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining oshishi yerdan foydalanish samaradorligi yuksalishini ta’minlaydi. Lekin erishilgan natijalar o’sib borayotgan talab darajasida emas. Yer va suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Xulosa
Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning, xizmat ko`rsatish tizimining nisbatan tez rivojlanib borishi tufayligina qishloq xo`jaligining ulushi kamaygan. Bu juda ijobiy jarayon hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti jadal o`sib borgan sari unda qishloq xo`jaligining ulushi kamayib boradi. Natijada rivojlangan sanoatlashgan, xizmat ko`rsatish sohalari taraqqiy topgan mamlakatga aylanishimiz ta`minlanadi.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan qishloq ho`jaligining rivojlanish darajasiga bog`liq. Chunki qishloq ho`jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan soha bo`lib, u quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • mamlakatmizni oziq ovqat fondini shakllantiradi;

  • yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini ta`minlaydi;

  • qishloq ho`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun hom ashyo yetkazib beradi;

  • aholini ish joylari bilan ta`minlaydi.

O`zbekiston Respublikasi qishloq ho`jaligi o`simlikchilik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat. O`simlikchilik tarmog`ida paxta, donli ekinlar (asosan bug`doy), kartoshka, sabzavot, poliz, tamaki, yem-xashak ekinlari, o`simlik yog`i beradigan ekinlar (masxar, kungaboqar), bog`dorchiik va uzumchilikdan iborat. Chorvachilikda qoramolchilik, qo`y va echkichilik, parrandachilik, otchilik (yilqichilik), kuyonchilik, tuyachilik, cho`chqachilik tarmoqlari shakllangan va rivojlangan. Bundan tashqari respublika qishloq xo`jaligida pillachilik, asalarichilik va baliqchilik sohalari ham yaxshi rivojlanib kelmoqda. Respublikada hozirda 6,2 mln. bosh qoramol, 11,1 mln. bosh qo`y va echkilar bor. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotiningtarkibi, (% da)O`ganilayotgan davrda qishloq xo`jaligi mahsulotlari tarkibida katta o`zgarishlar yuz bermagan. 2000 yilda o`simlikchilik tarmog`ining ulushi 52,6 foiz bo`lgan bo`lsa 2004 yilga kelib 53,7 foizni tashkil etgan yoki 1,1 punktga oshgan. Shu yillarda chorvachilik mahsulotlarining qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotdagi ulushi 47,4 foizdan 46,3 foizga tushib qolgan. Buning asosiy sababi 2004 yil qishloq xo`jaligi uchun juda qulay kelishi sababli o`simlikchilik tarmog`i yalpi mahsulotining chorvachilik yalpi mahsulotining o`sishidan tez sur`atlarda bo`lganligidadir. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi yer-suv, asosiy aktivlar (asosiy fondlar), mehnat resurslari va boshha ishlab chiqarishni tashkil etish va olib borish uchun zarur resurslarga ega. O`zbekiston Respublikasining yer fondi va uning foydalanuvchilar bo`yicha taqsimlanishi Jadvaldan ko`rinib turibdiki 2004 yil ma`lumotlariga qaraganda Respublika yer fondining asosiy qismi, 55,8 foizi qishloq xo`jaligi tarmog`iga berilgan. Agarda o`rmon xo`jaligi, qisman gidrotexnika va boshqa suv xo`jaligi tashkilotlari (oz miqdorda bo`lsada qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaradi) va mudofaa vazirligiga qarashli ayrim xo`jaliklarda ham qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishini hisobga olsak yuqoridagi raqam yanada kattaroq ulushni egallashini anglash mumkin. 2004 yilning yanvariga bo`lgan ma`lumotga ko`ra 3691, ming gektardan ko`proq sug`orilib haydaladigan yer, 230 ming gadan ortiqroq bog` va uzumzorlar bor.
Respublika qishloq xo`jaligining ishlab chiqarish tarkibida mustaqillik yillarida keskin o`zgarishlar yuz berdi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga jalb etilgan yer resurslari bugungi kun talabidan kelib chiqib asosan paxta va g`alla ekinlari uchun ajratilmoqda. O`zbekiston Respublikasida ekin maydonlari tarkibining o`zgarishi (barcha turdagi xo`jaliklar bo`yicha ming gektar) Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki Respublika ekin maydonlari yildan yilga qisqarib bormoqda va bu kamayish 2004 yilda 2003 yilga nisbatan 98,6 ming gektarga yoki 2,7 foizga kamaygan.


Download 172,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish