32-variant
1. Ta’lim va pedagogik fikr tarixini o‘rganish jarayonida talabalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning pedagogik shartlari va dinamikasini aniqlang.
2. O‘qituvchilar ma’naviy kamolotining eng muhim manbalari bo‘lgan etnopedagogik omillarni aniqlang.
O‘qituvchilar ma’naviy kamo-lotining eng muhim manbalari bo‘lgan etnopedagogik omil-lari:
Pedagogik nazokat: Etnopeda-gogik tuyg‘ular, milliy qadri-yatlar, o‘zbekona tavoze va muomala madaniyati;
O‘qituvchi tashqi qiyofasining go‘zalligi, o‘quvchilarga demo-kratik talablar asosida dars o‘tishi;
Ixtisoslikka doir vijdon, adolat-parvarlik;
Har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilishi, pedagogik oriyat.
Pedagogik nazokat - о‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg 'usi yoki xulq va odob qoida-lariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o'qituvchi-ning o'quvchilar bilan o'zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasawur-larida mujassamlashgan shax-siy insoniy hislatlarining yig'indisidir.
Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan awalo yuksak in-soniy fazilatlarga ega bo'lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‘lib, u davlat siyo-satining ustuvor yo'nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo‘-ladigan bilimli, ma’rifatli yosh-lami tarbiyalab voyaga etkazish o'qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jami-yat o'qituvchisining o'zi awal barkamol inson bo'lishi, mu-kammal bilimlar sohibi, o'z kas-bining yetuk egasi bo'lishi za-rur. O'qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydi-gan jarayon emas, uning omil-lari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi.
Pedagogik nazokatning uzluk-sizligini ta’minlovchi omillar:
>pedagogik nazokat o'qituvchi-ning butun pedagogik faoliya-tida sayqallanib va takomilla-shib boruvchi jarayon;
>pedagogik nazokat odatda tu-gallangan shaklga ega bo’lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluk-siz boyib boradi;
>o‘qituvchi pedagogik nazokat-ning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o’zgartirishi mumkin;
>o'qituvchi pedagogik nazokat-ning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi;
3. “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” g‘oyasining mazmun-mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to‘rtinchi jildi o‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb – sayti ma’lumot tarqatdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra kitob to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlat rahbarining O‘zbekistonning siyosiy - ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan.
“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib o‘tamiz” deb nomlangan ikkinchi bo‘limdan esa koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan.
Kitobning “Do‘stona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi bo‘limining xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalardan iboratligi qayd etilgan.
Kitobning to‘rtinchi – “Tabrik va qutlovlar” bo‘limiga esa O‘zbekistonda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishning dolzarb masalalari” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyondalari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, manaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yuksak vatanparvarlik, istiqlolga sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori asosida qayta tashkil etildi. O‘tgan qisqa davr ichida mazkur sohani tubdan rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta Qarori, 1 ta Farmoni, 1 ta farmoyishi, 1 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Prezidentimizning “Rahbarlar xalqning xizmatkori bo‘lishi zarur”, “Asosiy maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi”, degan qat’iy talablari amalda o‘z ifodasini ko‘rsatdi. Bugungi kunda ana shu izlanishlar samarasi sifatida ko‘plab yangiliklar hayotga tatbiq etilmoqda.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, Prezidentning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, qator muammolar bilan birga, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasida ham ko‘plab yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi aniqlandi. Holbuki, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2003-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shahar, tuman hokimliklari huzurida maxsus inspeksiyalar tashkil etilgan. 2016-yildan esa ular negizida Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari ish olib borgan. Ammo ushbu sa’y-harakatlar ham aholining bugungi talab va ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emasligi ayon bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |