1-topshiriq: Nazorat savollariga Yozma javob bering? Izoh


Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning madaniy-ma’rifiy mohiyati



Download 166,42 Kb.
bet4/9
Sana23.04.2023
Hajmi166,42 Kb.
#931256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Madaniyat 12-ВАРИАНТ (1)

3. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning madaniy-ma’rifiy mohiyati.
Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: جديد jadīd — yangi) — 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,zmaʼrifiy harakat.[1] Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishgan.[2]
Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal, millatchilik harakati“ deb taʼrif berilgan.[3] Bu davrda asosan tanqid qilingan jadidchilik namoyandalari nomi SSRI parchalanib ketganidan keyin qayta tiklandi.
Insoniyat jamiyati taraqqiyotida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish ma‘rifatparvarlikdan boshlanib, zamonaning yetuk, ongli, bilimli kishilari ma‘naviyat va ma‘rifat tarqatadilar. Natijada ma‘rifatli kishilar ma‘naviy qaramlik, qo’rquv va xadiksirashni bartaraf etib, beqiyos kuch-qudrat, saloxiyat egasi bo’ladilar.
Ma‘rifatli kishilar millat va Vatan ozodligi, Xalqning ma‘rifiy o’yg’oqligi va ma‘rifati uchun ko’rashadilar. Aynan shu nuqtai nazardan bizning Xalqimiz hamisha ma‘rifatga intilib kelgan. Shu boisdan dunyoviy va diniy ilmlarni uyg’unlashtirib, jaxon sivilizatsiyasiga buyuk xissa qo’shib kelganlar. Ular Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Buxoriy, Moturudiy, Mirzo Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalardir. Shu nuqtai nazardan Turkiston ma‘rifatchilik maktabi boy o’tmish va ulkan merosga egadir. Masalan: Maxmudxuja Bexbudiy, Munavvar kori Abdurashidxon o’g’li, Abdukodir Shakuriy, Ashurali Zoxiriy, Saidrasul Said Aziziy, Axmad Donish, Chulpon, Avloniy, Tavallo, Ayniy kabilar XIX asrning ikkinchi yarmida, mamlakatni milliy zulm va qoloklikdan yagona qo’tqarishning yo’li Xalqni ma‘rifatga erishishtirish deb tushunib, shu yul orqali ozodlik uchun ko’rash olib bordilar. Ular dunyo mamkatlarini ko’rib kelib, mustamlaka zulmidan ilm-ma‘rifat chirogini yoqish bilangina ozod bo’lish mumkinligini tushunib yetdilar. Shuning uchun ham yangi maktablarda nazariy va amaliy ishlarni qildilar. Bularni jadidlar deb atadilar. Demak, jadidchilik millatni ma‘rifat va ma‘naviyatga erishtirishga qaratilgan o’z zamonasidagi harakatdir.
Jadidchilik - yangilanish, yangi zamonaviy maktab-maorifni targib kiluvchi g’oya bo’lib, u Turkistonni feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, millat va Vatanni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqib, milliy davlat barpo etish, Konstitutsiya, parlament va Prezident boshqaruvi asosida ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy armiya to’zish kabi maqsadlardan iborat edi. Demak, Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik harakati sifatida tarixga kirgan bo’lib, ular dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma‘rifat va taraqqiyotga erishish g’oyalari mavjud edi. Ular erkinlikka erishish yo’lida milliy ong va o’zlikni bilishni o’stirish zarur, deb ta‘kidlaganlar.XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston jamiyatida ma‘naviy inqiroz chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umumsoni qadriyatlardan baxramand bo’lmay, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymay, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga erishib bo’lmas edi. Shu sababli jadidlar millatning ma‘naviy kamoloti ma‘rifatga erishuvida deb to’shundilar. Buning uchun maktablarda dunyoviy bilimlar berish bilan isloh qilish zaruriyatini ta‘kidlab, milliy uyg’onish va milliy ong shaklanishida muhim rol uynaganlar.Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishidir. Shuning uchun biz bu o‘rinda masala bayonini ma’rifat va ma’rifatparvarlik tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik.Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’rifat so‘zining ko‘pchilikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida – tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani – bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya’ni ma’rifatning ma’lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma’lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, medisina va boshqalarning ham ma’lum yo‘nalishlarini egallaydilar.Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma’rifat - bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir.
Ma’rifat asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va o‘quv yurtlarida tarqatiladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo‘lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o‘z ichiga oladi.
Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma’rifatparvar – ma’rifat uchun ko’rashuvchi; ilm, bilim chirog‘ini yoquvchi; ma’rifat homiysi va tarafdori demakdir.Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. Ma’rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatninng, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g‘oyalarni ilgari suradilar, shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadisni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat bahsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb biladilar va ma’rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma’rifatga intilib yashagan. Bu o‘lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar yetishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar. Bunga 1998 yilda Ahmad al Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi keng nishonlanganligini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.O‘tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini egallab qolmay, uni - ya’ni ma’rifatni keng targ‘ib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.
Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tizim va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilm fan madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ilm chirog‘i bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etdilar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko‘rsatdilar.
Ko‘rinadiki, jadidchilik, ma’rifatchilik ham millatni ma’rifatli qilish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yo’zaga kelgan buyuk tarixiy harakatdir.
Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitusion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin to’zish va boshqalardan iborat.
Xullas, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyg‘onish va milliy ong yuksalishida katta rol o‘ynagan. Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo‘jayev, So‘fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g‘oyat og‘ir sharoitlarda targ‘ib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga urishga yo‘l qo‘ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma’rifatchi jadidchilar og‘ir moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to‘yg‘usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o‘z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o‘zlari dars berar, o‘quv qo‘llanmalari yozar, nashr etar va bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatar edilar. Bu yo‘lda hatto o‘z mablag‘larini ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik jamiyatini qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz. Bu ulug‘vor vazifalarni hal etish, Prezidentimiz Islom Karimov «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblari, ya’ni «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz»da: «Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu ulug‘vor va murakkab vazifalarni hal qilish, eng avvalo, ta’lim tarbiya, ma’rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, televideniye orqali odamlarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga homiylik, saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish zarur»[ -deb ta’kidlaganlarida yuqorida biz qalamga olgan fidoyi, saxiy, millatparvar insonlar kabi bo‘lishga bizni chorlayotgan bo‘lsalar, ne ajab!
Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning nazariy asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir (1879-1919).
Behbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqadi, hisob, xuquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi.
U haj ziyoratini ado etib, Makka va Madinaga boradi. Misr va Turkiya shaharlarida bo‘ladi. Peterburg, Minsk, qozon, Ufa va Orenburg kabi Rossiya shaharlarida bo‘lib yangi davr madaniyati bilan yaqindan tanishadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, bolalarga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi o‘quv yurtlariga yuborish kerak, degan masalani o‘rtaga tashladi. U quyidagi uch qoidani olg‘a surdi: 1) zamon talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish; 2) millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish; 3) milliy boqiylikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish. Asrimiz boshlarida ilgari surilgan bu qarashlar hozirgi davrimiz uchun mosligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning bunday ilg‘or fikrlari mustaqil Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Behbudiy orzu-umidlarining ruyobga chiqishi, deb qaramoq lozim. Behbudiy ma’rifatning ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif bo‘limida ishlayturg‘on musulmonlarning boshini silangiz... o‘rtadan niqobni ko‘taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar. Hammaga ozodlik yo‘lini ko‘rsatingizlar...»[2] Mahmudxo‘ja Behbudiy erksevarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari uchun ta’qib ostiga olindi va o‘ldirildi.
Jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan yana biri Munavvarqori Abdurashid o‘g‘li (1878-1931). U Toshkentda tug‘ilgan. Munavvarqori ham boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili deb xalqni savodli va ma’rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fikrdan kelib chiqib, Toshkentda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabni ochadi, unga rahbarlik qilib, musulmon bolalarni o‘qitadi. O‘z zamonasi uchun maqbul bo‘lgan «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Yer yo’zi» kabi darsliklar yozadi. U ko‘proq yetimlarni, beva-bechoralarning bolalarini o‘qitishga ahamiyat beradi.Munavvarqori ta’lim-tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko‘tarmay jamiyatda katta o‘zgarishlar qilish aslo mumkin emasligini tushunib yetadi.Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan g‘oyalari tufayli sobiq zo‘ravon Sho‘rolar hukumati uni ta’qib ostiga oldi. 1931 yil 25 aprelda esa otib tashlandi.Milliy uyg‘onishga chorlovchi g‘oyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma’naviy inqirozda bo‘lishini tanqid qildi, barchani savodli bo‘lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» degan g‘oyasi ma’rifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U ma’rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma’rifat ziyosidan bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko‘rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» kitobida ma’rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqyotida tutgan o‘rni haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o‘rganish – bugun o‘zligimizga qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu o‘rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik. «Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To‘g‘ri yo‘lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas’ul bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Bizlarni ilm jaholat qorong‘uligidan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur...Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur».Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq Sho‘rolar to’zumi davrida nihoyatda fojiali bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» degan tamg‘a bosilib, qatag‘on qilindi, jadidlar g‘oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga orqaga surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik g‘oyaning tazyiqida, keyinchalik esa iskanjasida bo‘lib, to‘la ravishda namoyon bo‘la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o‘rganishga intilganlar ham tazyiq ostiga olindi. Uni o‘rganishga intilganlar ham ta’qib qilindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik g‘oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Jadidlarning g‘oyalari o‘lmas g‘oyalar bo‘lgani uchun ham mustaqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib keldi.
2. Jadidchilarning ta‘lim berishni isloh qilish to’g’risidagi amaliy harakatlari va tarixiy ta`qdirlari to’g’risida.Jadidchilik g’oyalarini chuqur ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq qilganlardan Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, A.Kodiriy, A.Avloniy, Munavva qori, F.Xujaev, Sufizoda, Isokjon Ibrat va boshqalar millatimiz kamolotini yuksaltirish, qadr-qimmatini yerga urishga yul quymaslik uchun katta ishlar qilganlar. Ma‘rifatchi jadidlar juda og’ir sharoitlarda g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatimiz ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to’yg’usini, kuchaytirish birinchi darajali vazifa, deb bildilar. Ular Xalqimiz bolalari uchun maktablar ochar, o’quv qo’llanma, darsliklar yozar va dars berar edilar. Bu yo’lda xatto o’z shaxsiy mablag’larini ham ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik bizning xozirgi sharoitimiz uchun ham hayotiy zarurdir.
Shunday qilib, jadidchilik harakatidagi ma‘naviyat, birinchidan ozodlik va Mustaqillikka urushlar bilan emas, balki axolining savodini chiqarish, ularning ma‘rifatini ko’tarish orqali erishilishini, ikkinchidan milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikni vujudga keltirish, siyosiy taraqqiyotga olib boruvchi omilligini; uchinchidan jadidchilar ma‘rifatparvarlik g’oyalarini faqat ilgari surish yo’li bilan cheklanib qolmasdan, o’zlarining mablag’lari hisobiga ham maktablar ochdilar, kitoblar chiqardilar. Ular og’ir moddiy qiyinchiliklar, g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Mana shu ishlari bilan jadidchilik harakati milliy ma‘naviyatimiz rivojiga buyuk xissa qushdilar.
qadimda ota-bobolarimiz savob talab bo’lganlar. Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyondasi va nazariy asoschilaridan biri Maxmudxuja Bexbudiy (1879-1919) bo’lib, u Samarkand shaxrida ruxoniy oilada tugilgan. Yoshligidan fanlarga qiziqib, arab, fors tillarini urganadi. Xajga boradi, Turkiya, Misr va Rossiyani, Peterburg, Minsk, qozon kabi shaharlarini ko’radi. Bexbudiy Xalqimiz bolalariga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olishi uchun taraqqiy topgan chet mamlakatlarga o’qitish uchun yuborish lozimligini ta‘kidlaydi. U quyidagi uch qoidani olga suradi.
Turkistonda o'rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi, iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqnitalash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma'naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o'lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoat-chilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodiik uchun intilishini so'ndirolmadi, milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o'ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg'otish, milliy ongini oshirish, birlash-tirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi.
Sharq bilan G'arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya tasarrufiga olingan musnlmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi lsmoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo'lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo'q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko'tarilish harakatini boshlab berdi. lsmoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasini ko'tardi. U 1884—yilda qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi.
«Jadid» arabcha so'z bo'lib «yangi» degan ma'noni bildiradi. U o'zi tashkil etgan maktab o'quvchilari uchun o'quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o'quvchining savodini chiqarib, Lezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o'z g'oyalarini yoydi. 1888— yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo'ldosh» kitobini nashr etib, jadid m'aktablarining qurilishi, dars o'tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi.
lsmoil Gaspirali g'oyalari Turkistonga ham kirib keldi. 1893— yilda Turkistonga kelib, ilg'or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo'lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898— yilda qo'qonda Salohiddin domla, 1899— yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903— yilda Turkistonda 102 ta boshlang'ich va 2 ta o'rta jadid maktablari faoliyat ko'rsatdi.
Turkiston jadidlariga Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munawar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va
boshqa o'nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Ular dastlab maorifni isjoh qilish yo'lidan bordilar. «Usuli jadid» maktablari tarmog'i kengayib bordi, ularda diniy ta'limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa kabi dunyoviy bilimlar o'rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi.
Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o'rgatishga alohida e'tibor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg'otishga, jamiyatni etnik jjhatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M.Behbudiyning «O'z urug'i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul-manqurtdir» degan so'zlari talabalarni milliy o'zligini anglashga chaqirar edi. Munawar qorining «Adibi awal», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi», «Muxtasar tarixi islom», «Jug'rofrya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga ko'tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma'naviy yetuk, o'z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o'zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi.
Jadidlar yoshlarni chet ellarga o'qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg'or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab, mablag' bilan ko'maklashdilar. Ko'pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o'qishga yuborildi. 1910— yili Buxoroda mudarris Xoji Rafiy va boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911— yilda 15 ta, 1912— yilda 30 ta talabani Turkiyaga o'qishga jo'natdi. 1909— yilda Munawar qori tuzgan «Jamiyati xayriya» ham miskin va ojiz talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o'qishga yuborishga yordamlashar edi.
Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Munawar qori 1906— yilda «Xurshid» («quyosh») jurnalini tashkil etib, unga o'zi muharrirlik qildi. Jurnal xalqning o'z haq-huquqlarini tanishiga, milliy uyg'onishga xizmat qildi. Ammo mustamlakachi ma'murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. M.Behbudiy 1913— yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda miilat va ona yurt dardi, xalqni ma'rifatli qilish, erkinligini ta minlash masalalariga bag'ishlangan dolzarb maqolalar chop etiiardi. Ular Rossiya imperiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg'oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib yetardi.
Taraqqiyparvar o'zbek ziyolilarining yetakchisi Asadullaxo'ja o'g'li Ubaydullaxo'ja 1913^— yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914— yilda firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e'lon qilingan maqolatar ommani mustabid tuzumga qarshi qo'zg'atishga xizmat qildi.
Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munawar qori rahnamoligida 1913— yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914— yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o'zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. Munawar qori o'zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o'ynal-mag'onligi barchangizga ma'lumdir... Teatrning asl ma'nosi «ibratxona» yoki «ulug'lar maktabi» degan so'zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o'xshaydurki, unga har kim kirsa o'zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur». O'sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pyesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e'tiborini najot yo'li - maorif, maorifm esa «poklangan din» bera oladi, degan g'oyaga qaratadi. «To'y», «Zaharli hayot», «Juvonboz», «Baxtsiz kuyov» pyesalarida xotin-qizlaming huquqsizligi, ko'pxo-linlik, majburiy nikoh oqibatlari kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san'ati odamlarga millatda mavjud bo'lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo'lib xizmat qildi.
Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruxoniylarning poraxo'rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulomalarining nodonligi va poraxo'rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o'z mavqeyini suiiste'mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko'rsatdi. Jadidchi jurnalist va dramaturglar nashavandlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik kabi illatlarni qoralashdi.
Jadidlar, ijtimoiy va hududiy birlik to'g'risidagi masalalarni ko'tarib, xalqni milliy vadiniybirlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko'tarishga intildilar.
Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma'murlar qarshilik ko'rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko'targan barcha yangiliklarga qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni padarkushlar, maktabiari haqida esa: «Bu xil maktabda o'quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o'qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag'darib, turmaga tiqib qo'yishadi»,- der edilar. Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o'qitish be'manilik, dahriylik deb hisoblashdi. M.Behbudiy ularni fosh qilar ekan, «qur'oni ICarim» ham, Muhammad payg'ambarning hadislari ham tarixga daxldor ekanligini, «qur'oni Karim»ning chorak qismi tarixiy ma'lumotlardan iboratligini asoslab beradi.
Mustamlakachi ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash chora-larini ko'rdilar. Ular ustidan nazorat o'rnatilib, gazeta va jurnallari man etilar, nashriyotlari buzib tashlanar, kitob do'konlari, qiroat-xonalar yopib qo'yilar edi. Ayniqsa, 1905-1907—yillardagi Rossiya inqilobidan keyin qatag'on kuchaydi. Bu inqilobdan mahalliy burjuaziya va zamindorlarning bir qismi qo'rqib ketib mustamlakachi ma'murlar panohiga intildilar. Jadidlardan o'ng qanot ajralib chiqib, reaksiya lageriga qo'shildilar. qadimchilar deb atalgan bu guruh, Rossiyaning obro'si bizning obro'yimiz, xudodan qo'rq, podshohni hurmat qil, podshohning amri fuqarolar uchun vojibdur, deb chiqdilar. Ular islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi tartiblarni himoya qildilar. Ular panturkizm - turkiy xalqlarni Turkiya davlati qo'li ostida birlashtirish, panislomizm - islom dinidagi barcha xalqlarni birlashtirish g'oyalari soyasida qolib ketdilar.
Jadidlar tobora olg'a yurdilar. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo'llagan zo'ravonlik choralari, ularni ma'naviy-ma'rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko'rsatish darajasiga ko'tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va partiyalar vujudga keldi.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma'rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o'sib mustamlakachilarga qarshi ko'tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.

Download 166,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish