Rort = h yoki Rort = h(ρ – ρm) g , Pa Agar ρ >> ρm bo’lsa, unda tenglama quyidagicha yoziladi: Rort = h ρ g. Pa U–simon manometrlarda yana siyraklanish (vakuum) bosimini ham aniqlash mumkin. Bunda suyuqlik sathi vakuum o’lchanadigan tomonga ko’tariladi. Agar U-simon manometrni ikkala uchi bosimlari har xil bo’lgan idishlarga ulangan bo’lsa, unda suyuqlik sathlarini farqi bosimlar farqini ko’rsatadi. Bunda manometr differentsial manometr yoki difmanometr deyiladi. SUYuQLIK BILAN ISHLAYDIGAN ASBOBLAR CHashkali manometr. U–simon manometrini kamchi-ligi suyuqlikni ikkita sathi o’lchanib, keyin farqi olinishidir, bu kamchilik chashkali (bir naychali) manometrlarda yo’q (1.2-rasm). CHashkali manometrlarni U–simon manometrlardan farqi shundaki, chashkali manometrni bir uchi naychadan ikkinchi uchi esa chashkasimon idishdan iborat. Idishga suyuqlik (suv) shunday to’ldiriladiki, bunda suyuqlik sathi naychada 0 (nolь)da turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |