1. tabiat va inson



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

7. MOLEKULALAR 
Moddalar ayrim juda mayda zarrachalardan 
tuzilganligini inson qadimdan bilardi. Buni grek olimi 
D e m o k r i t bundan 2500 yil oldin aytgan. 
Agar qadim zamonlarda olimlar modda ayrim 
zarrachalardan tuzilgan deb faraz qilgan bo’lsalar, XX 
asrda esa bunday, zarrachalarning mavjud ekanligini fan 
isbot etdi. 
Ko’pgina moddalar tashkil topgan zarrachalar 
molekulalar deb ataladi. 
Moddaning molekulasi — shu moddaning juda mayda 
zarrachasidir. 
Suvning juda mayda zarrachasi — suv molekula-sidir, 
shakarning juda mayda zarrachasi — shakar 
molekulasidir va hokazo. 
Molekulalarning o’lchamlari qanday? 
Ma’lumki, qand bo’laginy juda mayda zarracha-larga 
maydalab bo’lish, bug’doyni un qilib yanchish mumkin. 
Suv yuziga yoyilib ketgan moy qalinligi odam sochining 
yo’g’onligidan 40 000 marta kichik bo’lgan parda hosil 
qiladi. Lekin un zarrasida ham, moy pardasi qalinligida 
ham bir emas balki ko’pgina molekula bor. 
M o l e k u l a — latincha so’z bo’lib, «kichik massa» 
degan ma’noni anglatadi. 
Demak bu moddalar molekulalarining o’lchamlari un 
zarrachalari va parda qalinligi o’lchamlaridan yana ham 
kichik. Quyidagicha taqqoslash mumkin: olmaning 
o’lchami yer sharidan necha marta kichik bo’lsa, 
molekula ham o’rtacha kattalikdagi olmadan shuncha 
marta kichikdir. 
Turli modda molekulalari bir-biridan o’lchamlari bilan 
farq qiladi, ammo ularning hammasi ham juda kichkina 
bo’ladi. Hozirgi zamon asboblari — elektron 
mikroskoplar ancha yirikroq molekulalarni ko’rish va 
rasmga olish imkonini beradi. Bu fotografiyalar 
molekulalar mavjud ekanligining yana bir dalilidir. 
Molekulalar juda kichkina bo’lganligi uchun har bir 
jismda juda ko’p molekula bor. 1 sm 
3
havoda shuncha 
molekula borki, agar shuncha qum donalari bir joyga 
to’plansa, katta tog’ hosil bo’ladi. 
Tabiatda hamma jismlar bir-biridan.biror narsa bilan 
bo’lsada, farq qiladi. Yuzi bir xil kishilar yo’q. Bir 
daraxtning o’zida o’sayotgan barglar orasida ikkita 
butunlay bir xil bo’lgan barg yo’q. Hatto bir uyum 
qumda bir xil qum zarrachalarini topa olmaymiz. 
Zavodda bir nuchaga qarab podshipniklar uchun bir xil 
o’lchamli millionlab sharchalar tayorlaydilar. So’ngra 
sharchalar ishlov berish vaqtida o’lchanganiga 
qaraganda yanada aniqroq o’lchansa, ular orasida ikkita 
bir xil sharcha topilmasligini ko’ramiz. 
Ayni bir moddaning molekulalari bir-biridan farq 
qilladimi? 
Ko’pgina murakkab tajribalar bir xil moddaning 
molekulalari butunlay bir xil bo’lishini ko’rsatdi. Har bir 
sof (toza) modda o’ziga tegishli bo’lgan bir xil 
molekulalardan tashkil topgan. Bu ajoyib faktdir. 
Masalan, shiradan yoki sutdan olingan suv dengiz suvini 
haydash yo’li bilan olingan suvdan farq qilmaydi, chunki 
suvning hamma molekulalari bir xil bo’lib, hech qanday 
boshqa modda xuddi shunday molekulalardan tashkil 
topmaydi. 
Molekulalar moddalarning juda ham mayda (kichik) 
zarrachalari bo’lsa-da, ular ham bo’linadi.. 
Molekulalarni tashkil qilgan zarrachalar atomlar deb 
ataladi. 
Masalan, kislorodning molekulasi ikkita bir xil 
atomdan tashkil topgan. Suvning molekulasi esa uchta 
atomdan — kislorodning bir atomi va vodorodning ikki 
atomidan tashkil topgan. Quyidagi rasmda suvning 
ikkita molekulasi tasvirlangan. 
Fanda molekulalarni shunday chematik tasvirlash qabul 



qilingan bo’lib, u molekula m o d e l i deb ataladi. 
Suvning ikkita molekulasi bo’linganda turtta vodorod 
atomi va ikkita kislorod atomi hosil bo’ladi. Har bir 
ikkita vodorod atomi birikib vodorod molekulasini, 
ikkita kislorod atomi birikib kislorod molekulasini hosil 
qiladi. U quyidagi rasmda chematik ko’rsatilgan. 
Atomlar ham bo’linmaydigan zarrachalar emas, ular 
yanada mayda zarrachalardan tuziladi. Ular elementar 
zarrachalar deb ataladi. 
1. Moddalar tarkib toptan zarrachalar nima deb ataladi? 
2. Molekulalarning kichik ekanligi qanday 
kuzatishlardan kelib chiqadi? 3. Bir xil moddalar-ning 
molekulalari to’g’risida nimalarni bilasiz? 4. Siz suv 
molekulasining tarkibi haqida nima bilasiz? 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish