6
hissalarini qo’shdilar.
I BOB
GIGIENA FANINING O’RTA OSIYO RESPUBLIKALARIDA
RIVOJLANISHI
Tarixga murojaat qilinsa, O’rta Osiyo respublikasi ilgari Turkiston
viloyati deb yuritilgan. Bu viloyat tarkibiga hozirga Qozog’iston
respublikasining janubiy nohiyalari, Qirg’iziston, Tojikiston viloyati kirgan.
Demak, biz Turkiston viloyatlaridagi gigiena, ya’ni sog’lomlashtirish fanining
taraqqiyoti 1917 yilgacha qaysi ahvolda edi-yu, revolyuciyadan so’ng qanday
rivoj topdi, shu haqda o’quvchilarni xabardor qilmoqchimiz. Ilgari bo’lg’usi
vrachlar o’zi yashab turgan ko’hna Turkistonda bu fan qanday taraqqiy etgani
to’g’risidagi savollarga kichik-kichik risolalardan javob topishlari mumkin
edi. U vaqtda alohida darsliklar yo’q edi. Bo’lsa ham faqat Yevropa va
Rossiyadagi gigiena ilmi rivoji haqida to’xtalib o’tilardi, xolos. Vaholanki,
Turkiston viloyatida tozalik va orastalik masalalariga Muhammad
payg’ambar yashagan davrlarda ham katta ahamiyat byerilgan.
Qur’onda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, «Din — poklikdir»
deyiladi. Islom dini — kishi ma’naviy dunyosini insoniylikka nomunosib
bo’lgan barcha qaboxat va razolatlardan pok tutuvchi benazir vosita bo’lish
bilan birga, badan sog’liga uchun zarur bo’lgan tozalikka ham katta ahamiyat
byeradi. Unda ayniqsa turar joylarni supurib-sidirish, suv sepish, xullas, inson
uchun zarur iqlimni yaratish, axlatlarni yig’ib maxsus o’ralarga ko’mish kabi
gigienik maslahatlar ham byeriladi.
Gigiena fanining rivojiga qadimiy Turon o’lkasida yashab ijod qilgan,
tibbiyot ilmiga o’zining bebaho hissasini qo’shgan iste’dodli olimlar Abu Ali
Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy, Abu Rayhon Byeruniy, Umar CHag’miniy va
boshqalar ham o’z asarlari bilan katta hissa qo’shganlar va o’quvchilar undan
7
hozirgi vaqtda ham foydalanmoqdalar. Ular qoldirgan noyob kitoblar tibbiyot
ilmini boyitishda qadimdan xizmat qildi va tabiblar uchun qo’llanma bo’lib
keldi.
Feodal zulmi avjiga chiqqan X—XI asrlarda qisqa, ammo mazmunli
hayot kechirgan, salkam 500 ga yaqin asar yarata olgan buyuk alloma Ibn
Sinoning asarlari uni jahonga tanitdi.
Ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» kitobida gigiena ilmiga bag’ishlangan
ko’p masalalar echimini yozib qoldirgan. Jumladan u «agar havoda chang
va boshqa g’uborlar bo’lmaganda edi, inson hayoti anchagana cho’zilgan
bo’lardi» deb, atmosfera havosini ifloslanishdan holi qilishni uqtiradi.
Ayniqsa, u havo haroratiga, uning namligiga ahamiyat byeradi. Insonlar
yilning turli fasllarida sog’liqlarini saqlashning ehtiyot choralarini ko’rishlari
zarurligini uqtiradi. Ko’pgina kasalliklar namlik oshganda yoki issiqlik
darajasi haddan tashqari oshib ketganda zo’rayishini aytib o’tadi. U shunday
deydi: «shuni bilginkim, yil faslining turli iqlim sharoiti qandaydir kasallikni
keltirib chiqarishi mumkin, demak iqlimga qarab aql-zakovat bilan odamlarga
turli kun tartibini tavsiya qilish kerak».
«Tib qonunlari» kitobida, jumladan turar joylarni qurishda maydonning
sof tuprog’i, relyefi katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntiradi. SHuning
uchun ham, aholi yashashi uchun quriladigan maydonlar kungay, bahovo,
quruq tuproqli bo’lmog’i zarur deydi.
Ibn Sino inson salrmatligini, saqlashda tashqi muhitning ahamiyati katta
ekanligini «Tib qonunlari» kitobida alohida izohlaydi, unda suv, tuproq,
atmosfera havosining ahamiyatini talqin etadi.
O’rta Osiyo tibbiyot fanining eng ulug’ vakillaridan yana biri gigiena
faniga o’z hissasini qo’shgan olim Ismoil Jurjoniydir. Uning tug’ilgan vaqti
aniq emas, XII asr boshlarida Isfaxon shahrida tug’ilab, so’ng Xorazmga
keladi.
Ismoil Jurjoniy Xorazm shohligi davrida yashab ijod qilgan, tibbiyot fani
8
rivojiga o’z hissasini qo’shgan yirik olim. U Xorazm viloyatining iqlimi,
tuprog’i, havosi, geografik holati haqida yozibgina qolmay, ularni insonlar
sog’lig’iga ta’sirini o’rgandi va o’z asarlarida yozib qoldirdi.
Jurjoniyning fikricha, «kimki Xorazm viloyati havosidan nafas olsa,
undagi dorivor o’simliklardan, meva va rezavor o’simliklardan iste’mol qilsa,
uning sog’lig’i mustahkam bo’ladi», degan.
Jurjoniy tibbiyot olamida ikki bebaho durdona kitob qoldirdi, bular
«Xorazmshoh xazinasi» va «Xorazmshoh Karabadini».
«Xorazmshoh xazinasi» 9 kitobdan iborat bo’lib, tibbiyot fanining turli
sohalariga bag’ishlangan.
Jurjoniy kasallikning kelib chiqishiga olti xil omil sabab bo’ladi, deydi,
ya’ni havo (iqlim), oziq-ovqat va dori-darmon, uyqu va uyqusizlik, jismoniy
harakat va harakatsizlik, organizmga kiruvchi moddalar va ularning
organizmdan ajralishi, haddan tashqari xursandchilik va xafagarchilik.
Odamlarni davolaydigan tabib bularni bilib, har bir insonni kasallikdan
saqlashi va ogohlantirishi, uni dori-darmon bilan ta’minlashi zarur, deydi u.
Jurjoniy «Xorazmshoh xazinasi» nomli kitobida zax, namligi yuqori
bo’lgan joylarga, uy-joy qurganda poydevorini balandroq qurishni tavsiya
etadi. U ichimlik suvlarga to’xtalib, qish vaqtida yoqqan yomg’ir va erigan
qor suvi yoz vaqtida yohqaniga qaraganda tozaroq ekanligini uqtiradi, bu
holni atmosfera havosining yoz vaqtida iflosligi natijasidan deb to’g’ri
fikrlaydi. Tarkibida temir moddasi ko’p bo’lgan suv kishi organizmiga,
qolavyersa me’da-ichak, buyrak va jinsiy a’zolar faoliyatiga ijobiy ta’sir
ko’rsatishi to’g’risida ma’lumot byeradi. Sho’r suv qonni o’zgartiradi, ich
ketkazadi, buyrak, siydik qopida tosh hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Aksincha, toza tuproqdan fil’trlanib o’tgan buloq suvlari rangsiz,
mazasiz, hidi bo’lmaydigan toza suvdir, bunday suvlarda ovqat
tez pishadi
deydi.
Jurjoniy suvning tozaligani aniqlovchi ko’rsatkich deb uning rangani,
mazasini, hidini, tiniqligini aytadi. Bu ko’rsatkichlar hozirgi zamon Davlat
standartida ham keltiriladi.
1920 yilda Turkiston Davlat doryalfununi tashkil qilindi. Gigiena fani
9
tez sur’atlar bilan 1917 yildan so’ng rivoj topdi. Uning tibbiyot kulliyotida
ishlash uchun Moskva va boshqa shaharlardan P.P.Sitkovskiy, K.G.Xrushev,
A.N.Kryukov, E.P.SHlyaxtin, N.N.Markelov, S.A.Molchanov va boshqalar
taklif qilindi.
G.N. Pinegan gigiena kafedrasi mudiri vazifasida ishlab, uy-joy
gigienasini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgan olimlardan hisoblanadi.
1922 yilda Turkiston jumhuriyatida sanitariya vrachlarini kuzatuvchi
tashkilot mehnatni muhofaza qilish ishlarini uyushtira boshladi. Keyinchalik
sanitariya-ximiya, baktyeriologik laboratoriya, so’ngra epidemik kasalliklarga
qarshi kurashuvchi bo’limlar tashkil qilindi.
1924 yilda Buxoro shahrida tarqalgan rishta kasalligiga qarshi kurashish
va uni yo’q qilish maqsadida tropik tibbiy ilmiy-tekshirish ilmgohi ochildi.
Keyinchalik bu ilmgoh Samarqand shahriga ko’chirilib, Samarqand bezgak va
parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti nomini oldi. Bu institut aholiga
sanitariya va gigiena fanidan ta’lim byeruvchi maskanga aylandi.
1927 yili O’lka sanitariya-baktyeriologiya ilmgohi qoshida sanitariya-
gigiena bo’limi tashkil qilindi.
O’lka gigiena ilmining taraqqiyoti asosan 1934 yildaga O’zbekiston
ilmiy-tekshirish sanitariya, gigiena ilmgohi ochilishi bilan bog’liqdir.
Ilmgohdagi barcha ilmiy ishlar o’lkadagi juda ko’p masalalarni hal qilishga
qaratilgan. Bu ilmgohda professorlardan P.K. Ageev, P.D. Vinokurov, A.S.
Dixtyar va boshqalar ishlaganlar. Ular o’z faoliyatlarini jumhuriyatda
kommunal gigiena masalalarini o’rganishga bag’ishlaganlar.
Turkiston Davlat dorilfununidan keyinchalik Toshkent Davlat Tibbiyot
oliygohi alohida bo’lib ajralib chiqdi. Bu oliygoh qoshida sanitariya-gigiena
mutaxassislari tayyorlaydigan fakul’tet ochiladi, so’ngra fakul’tet qoshida
gigiena fanining turli sohalari bo’yicha kafedralar ochildi.
O’zbekiston Respublikasida tibbiy xodimlar tayyorlashga katta ahamiyat
berildi. Toshkent, Samarqand, Andijon tibbiyot oliy bilimgohlari, O’rta
Osiyoda bolalar vrachlari tayyorlaydigan tibbiyot oliy bilimgohi hamda
10
dorishunoslnk bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy bilimgoh tashkil
qilindi.
1990 yili Buxoro tibbiyot oliy bilimgohi ochildi. Bu oliygohlarning
hammasida gigiena kafedralari tashkil qilindi. Ko’rinib turibdiki, O’lka
gigiena ilmining har tomonlama taraqqiy etishiga davlatimiz katta yo’l ochib
bergan.
O’lkamizda umumiy gigiena va uning eng katta qismi bo’lgan
kommunal gigienani taraqqiy ettirishda professorlar A.Z. Zohidov, Q.S.
Zoirov, S.N. Bobojonov, Sh.T. Otaboev, T.I. Iskandarov, N.S. Tojiboeva,
R.U. Ubaydullaev, M.I. Il’inskiy va boshqalarning xizmati katta.
Petr Konstantinovich Ageev, tibbiyot fanlari doktori, professor, 1919 yili
Kiev tibbiyot oliygohini tamomlab, 1938—1947 yillarda O’zbekiston
sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmgohi direktori bo’lib ishladi, u bir
vaqtning o’zida O’zbekiston jumhuriyati sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi
sanitariya-gigiena bo’limining boshlig’i vazifasida ishladi. 1939—1940
yillarda Toshkent Davlat tibbiyot oliygohi qoshidagi kommunal gigiena
kafedrasining mudiri vazifasida ishladi.
O’zbekiston jumhuriyatida yashadi va o’z bilimi hamda faoliyatini
kommunal gigiena fanining rivojlanishiga sarf qildi.
P.K. Ageev 1940 yili «Ariq va yuza yer osti suv manbalarini sanitariya
muhofaza mintaqalarini loyihalash metodikasi» degan temada kandidatlik va
1946 yili «O’zbekiston shaharlarini irrigaciya suvlari bilan ta’minlashning
sanitariya va gigiena masalalari» to’g’risida doktorlik dissyertaciyalarini
yoqladi. U o’zining ishlarida O’zbekistonda aholini toza suv bilan ta’minlash
tadbir-choralarini ishlab chiqdi.
P.K. Ageevning kommunal gigienaga bag’ishlangan 45 ta ilmiy
maqolasi chop etildi. Bu borada u anchagina shogirdlar tayyorladi.
Petr Dmitrievich Vinokurov, gigienist olim, 1885 yilda tug’ilgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor. 1914 yili Saratov dorilfununining tibbiyot
kulliyotini bitirgan. Sog’liqni saqlash xalq komissarlari tomonidan unga
11
tibbiyot fanlari doktori darajasi byerilgan, 1935—1938 yillarda O’zbekiston
jumhuriyati Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli O’zbekiston sanitariya-
gigiena ilmiy-tekshirish ilmgohining direktori va ilmiy ishlar bo’yicha boshliq
lavozimida ishladi, bir vaqtning o’zida Toshkent Davlat tibbiyot oliygohida
kommunal gigiena kafedrasi mudiri vazifasini o’tadi.
Petr
Dmitrievich
to’rtta
tibbiyot
fanlari
nomzodi
tayyorladi, qirqqa yaqin ilmiy
maqola yozdi. U jumhuriyatda
kommunal gigiena fanining
taraqqiy etishiga o’z hissasini
qo’shgan olim hisoblanadi.
Uning ko’p ishlari suv va turar
joy gigienasiga bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |