1. Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]



Download 161 Kb.
bet2/5
Sana19.02.2022
Hajmi161 Kb.
#457274
1   2   3   4   5
T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Pul-kredit siyosati sohasida

1.

Pul-kredit siyosatining pul bozoridagi likvidlilik hajmi va foiz stavkalarini tartibga solish instrumentlarini takomillashtirish.

Pul-kredit operatsiyalarini joriy qilish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining qarori, jumladan:
Markaziy bankning overnayt depozitlari;
muddati 2 haftagacha bo‘lgan muntazam depozit auksionlari;
Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish;
Markaziy bankning davlat qimmatli qog‘ozlari va xorijiy valyuta garovi ostida overnayt kreditlari;
Markaziy bankning davlat qimmatli qog‘ozlari va xorijiy valyuta garovi ostida 2 haftagacha muddatda kredit auksionlari.

2020-yil yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

2.

Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha asosiy stavkasi va foiz koridorini o‘rnatish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvi qarori:
pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha asosiy mo‘ljal sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasini o‘rnatish;
pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz koridorini joriy etish.

2020-yil yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

3.

Foiz siyosati yuqori moslashuvchanligini ta’minlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvi qarori:
inflatsiya maqsadidan chetga chiqish xavflariga o‘z vaqtida javob qaytarish maqsadida asosiy stavka darajasini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishlar oralig‘ida qo‘shimcha yig‘ilishlarni joriy etish yo‘li bilan ko‘paytirish;
asosiy stavkani bir yilda kamida sakkiz marotaba e’lon qilish.

2020-yil yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

4.

Banklararo pul bozorini va davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish.

Pul bozorida davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish va g‘aznachilikning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirish uchun yagona platforma yaratishni nazarda tutuvchi tashkiliy choralar.

2020-yil fevral

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

Ekonometrik tahlil va prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda ularni asosiy stavkani o‘rnatishdan oldin muhokama qilish tizimini rivojlantirish.

Markaziy bank boshqaruvining makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimini (FPAS) amaliyotga to‘liq joriy qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qarori:
ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirish;
pul-kredit va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro aloqadorligini tizimli baholash;
o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasiga ta’sirlarini baholash;
bank tizimi likvidliligi va uning shakllanish omillarini prognoz qilishni takomillashtirish.

2020-yil aprel

Markaziy bank (Nurmuratov)

6.

Valyuta bozorini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvining qarori:
ayirboshlash kursini belgilashda banklarning faol ishtiroki orqali ularning bozordagi faolligini rag‘batlantirish;
derivativlar bozori, xedjirlash instrumentlari va market-meykerlar institutini rivojlantirish;
banklararo valyuta savdolarining joriy “fiksing” usulidan uzluksiz auksion savdolari “metching” usuliga o‘tish.

2020-yil davomida

Markaziy bank (Nurmuratov)

7.

Inflatsion targetlash rejimini muvaffaqiyatli joriy etish va inflatsiyaning maqsadli mo‘ljallariga erishish uchun xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb qilish.

1. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlariga texnik ko‘mak taqdim etish to‘g‘risida murojaatlar yuborish.

2019-yil dekabr

Markaziy bank (Nurmuratov)

2. Inflatsion targetlash bo‘yicha doimiy maslahatchini (ekspertni) tanlash va jalb qilish. Doimiy ekspert shartnomasi shartlari va mo�iyalashtirish manbalarini kelishish.

Donorlar bilan kelishishga qarab

8.

Har chorakda pul-kredit siyosati sharhlarini hamda inflatsion kutilmalar so‘rovlarini tayyorlash va e’lon qilish.

Pul-kredit siyosati sharhlarini hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning inflatsion kutilmalari so‘rovlarini tayyorlash va e’lon qilish.

Har chorakda

Markaziy bank (Nurmuratov)

9.

Pul va valyuta bozorlari ishtirokchilarining malakasini oshirish.

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash sohasida seminar va treninglar o‘tkazish.

Doimiy asosda

Markaziy bank (Nurmuratov), tijorat banklari

10.

Makroprudensial bank nazorati mexanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagilar orqali makroprudensial nazorat amaliyotini kuchaytirish:
Bazel qo‘mitasi talablarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
iqtisodiy o‘sish davrida kredit faolligi keskin o‘sib ketishining oldini olish maqsadida banklar kapitali kontrsiklik buferini kiritish;
muayyan ko‘rsatkichlarning kritik qiymatlaridan chetga chiqqan hollarda banklarning kapitali yetarliligi uchun qo‘shimcha talablar o‘rnatish.

2020-yil fevral

Markaziy bank (Nurmuratov)

11.

Markaziy bank kadrlari salohiyatini oshirish.

1. Mutaxassislar malakasini oshirish va xorijiy markaziy banklar tajribasini o‘rganish.
2. Istiqbolli yosh mutaxassislarni ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalarida magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha o‘qitishni tashkil qilish.
3. Markaziy bankning yosh mutaxassislarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va samarali rag‘batlantirish.

Doimiy asosda

Markaziy bank (Nurmuratov)

12.

Markaziy bankning kommunikatsion siyosatini takomillashtirish.

1. Inflatsion targetlash rejimi mohiyati va maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aholining keng qatlamiga xolis va aniq ko‘rinishda yetkazishni nazarda tutuvchi kommunikatsion siyosatning yangi strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Markaziy bankning pul-kredit siyosati sohasidagi operatsiyalari shaffofligini ta’minlash.

2020-yil fevral

Markaziy bank (Nurmuratov)

13.

Jamoatchilikka inflatsion targetlashning mohiyati va maqsadlarini yanada batafsil tushuntirish maqsadida press-brifing tashkillashtirish va press-relizlar chiqarish.

Markaziy bankning press-konferensiyasini o‘tkazish.
Press-reliz chiqarish.

bir hafta muddatda

Markaziy bank (Nurmuratov)


Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish