1-modul. Moliyaning fundamental (tub) asoslari



Download 179,88 Kb.
bet8/34
Sana16.04.2022
Hajmi179,88 Kb.
#557137
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
1-modul. Moliyaning fundamental (tub) asoslari

Ikkinchidan, biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun, ko‘pincha, bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo‘ladi. Masalan, kam budjetli bo‘lsa-da, bitta film yaratishga millionlab mablag‘ sarflanadi, to‘liq metrajli film esa bir necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga tushadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning iqtisodiy samarali ko‘lami (masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha mulk-dorlarni birlashtiradigan tuzilma talab etiladi va qizig‘i shundaki, ularning ko‘pchiligi bunday biznesni boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi.
Uchinchidan, iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan mavhum (noaniq)lik sharoitida investor8lar mablag‘larni turli firmalarga tikish (joylash-tirish) orqali riskni taqsimlashga intiladilar. Mablag‘larni optimal diversifikatsiya qilish uchun investor portfelida turli qimmatli qog‘ozlar oz-oz miqdorda bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ajratmasdan turib, bunday taqsimotni amalga oshirish-ning iloji yo‘q.
Faraz qilaylik, investor ko‘ngil ochish sohasidagi ma’lum firmalar bir necha yil davomida daromad keltirishi mumkin degan xulosaga keldi va ularning aksiyalariga diversifikatsiyalangan kapital kiritishga ahd qildi. Agar, shu bilan birga, u aksiyalarini sotib olgan kompaniyalarni o‘zi boshqa-rishga ham qaror qiladigan bo‘lsa, u o‘z mablag‘larini ko‘plab kompaniyalar o‘rtasida taqsimlay olmaydi. Shunday qilib, aytish mumkinki, biznesni korporatsiya shaklida tashkil etish mulkdor investor o‘z mablag‘larini diversifikatsiya qilishi uchun ko‘proq mos keladi, chunki korporatsiya turli firmalar kapitalida nisbatan katta bo‘lmagan ulushga egalik qilish imkonini beradi.
To‘rtinchidan, mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Odatda, menejer-lar firmaning ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarish resurslari bahosi (qiymati) va mahsulotga bo‘lgan talab to‘g‘risida juda aniq va atroflicha ma’lumot to‘play oladilar. Kompaniya egalariga esa ishlab chiqarish texnologiyalari, firma faoliyatining samaradorlik darajasi va uning mahsulotiga talabning qandayligi to‘g‘risida umumiy yoki yuzaki tasavvurga ega bo‘lishning o‘zi kifoya.
Ko‘ngil ochish industriya9si bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir misolni ko‘rib chiqamiz. Kinofilmlar ishlab chiqarish va ularning prokat10i bilan shug‘ullanish uchun juda keng ma’lumot to‘plash kerak bo‘ladi. Avvalo, yangi filmda ishtirok etishga yollanishi mumkin bo‘lgan taniqli aktyorlar va rejissyorlar to‘g‘risida ma’lumotni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz qo‘lga kiritish mumkin. Ammo kinofilm ishlab chiqarish va uning prokatiga zarur boshqa resurslar to‘g‘risida so‘z boradigan bo‘lsa, buning uchun ko‘plab mablag‘ talab etilishi, tabiiy. Aktyorlar tanlash bo‘yicha mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish juda qimmatbaho jarayon va bu vazifani shu kasbga ixtisoslashgan professional ma’murlar hammadan a’lo darajada baja-radilar.

Download 179,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish